Xitoy moʻgʻullar hukmdorligi
ostida
Imperya hududining kengayishi va boshqarish usullari
Dehqonlar aholining ogʻirlashuvi va imperyaning inqirozga uchrashi
Islohotlar
Imperyaning tashqi siyosiy faoliyati
100

Moʻgʻullar Xitoyda qaysi sulolani tashkil etgan?

Yuan sulolasini

100

Xubilayxon qaysi sulolani tugatib, yangi sulolaga asos solgan?

Xubilayxon Sun (Song) sulolasini tugatib, Yuan sulolasiga asos solgan.

100

Yuan sulolasi davrida dehqonlar kimlarga qaram bo‘lib qolgan?

Dehqonlar mo‘g‘ul zodagonlariga qaram bo‘lib qolgan.

100

Min sulolasiga kim asos solgan?

Min sulolasiga Chu Yuan Chjan asos solgan.

100

1421-yildan boshlab shahar qanday nom bilan atala boshlangan?

1421-yildan boshlab shahar Beyszin (Pekin) deb atalgan va imperiyaning poytaxtiga aylangan.

200

Moʻgʻullar Xitoyni qaysi asrda bosib olgan?

Moʻgʻullar Xitoyni XIII asrda bosib olgan.

200

Xubilayxon davrida imperiya hududi qaysi davlatlar hisobiga kengaygan?

Imperiya hududi Birma, Kambodja, Koreya va Vyetnam hisobiga kengaygan.

200

Yuan sulolasi davrida dehqonlar ahvolining og‘irlashuvi davlat boshqaruviga qanday ta’sir ko‘rsatgan?

Dehqonlar noroziligi kuchayib, qo‘zg‘olonlar ko‘paygan. Natijada markaziy hokimiyat zaiflashib, davlat boshqaruvida beqarorlik yuzaga kelgan.

200

Pekin shahri mo‘g‘ullar bosqiniga qadar qaysi davlatning poytaxti bo‘lgan?

Mo‘g‘ullar bosqiniga qadar Pekin Xitoy shimolidagi Szin (Jin) davlatining poytaxti bo‘lgan va Dasin (Chjundu) deb atalgan.

200

Nechanchi yil pekin egalandi

1900-yilda

300

 Moʻgʻullar davrida Xitoy poytaxti qaysi shahar bo‘lgan?

Pekin (Dadu) shahri bo‘lgan.

300

Xitoyning pul birligi qanday?

Yuan

300

Dehqonlar noroziligining kuchayishiga nima sabab bo‘lgan?

Og‘ir soliqlar, majburiy mehnat va yerlarning zodagonlar qo‘liga o‘tishi sabab bo‘lgan.

300

Min sulolasi davrida ta’lim sohasida qanday islohotlar amalga oshirilgan?

Uch bosqichli imtihon tizimi qayta tiklanib, maktablar va bilim yurtlari ochilgan.

300

Chjan Xe Ning asl ismi ?

Mahmud

400

Moʻgʻullar hukmronligi davrida jamiyatda qanday ijtimoiy tengsizlik mavjud edi?

Moʻgʻullar eng yuqori tabaqa bo‘lib, xitoyliklar va boshqa xalqlar past huquqlarga ega edi.

400

Xubilayxon imperiya hududini samarali boshqarish uchun qanday choralarni ko‘rgan?

Xubilayxon imperiyani viloyatlarga bo‘lib boshqargan, markaziy hokimiyatni kuchaytirgan va mahalliy boshqaruvda xitoy an’analaridan foydalangan. Shu orqali keng hududni nazorat qilishga harakat qilgan.

400

Yuan sulolasi davrida yer munosabatlaridagi o‘zgarishlar dehqonlar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatgan?

Yerlarning katta qismi mo‘g‘ul zodagonlari va amaldorlar qo‘liga o‘tib ketgani sababli dehqonlar yer egaligidan mahrum bo‘ldi, ijaraga ishlashga majbur bo‘ldi va ularning iqtisodiy ahvoli yanada yomonlashdi.

400

Qizil peshonabogʻlilarni yillari?..

1351-1368 yillar 

400

Nechanchi yillarda moʻgʻullarning asosiy harbiy kuchlari yanchib tashlandi?

1387-1388 yillarda

500

Nechanchi yilda, Tuluxonning oʻgʻli kim xoqon deb èlon qilingach, bosqinchilik urushlari orqali Moʻgʻullar imperyasining hududlarini kengaytirib bordi

1260-yilda, Xubilay

500

Xubilayxon tomonidan imperiya hududining kengaytirilishi va markazlashgan boshqaruv tizimining joriy etilishi Yuan sulolasining uzoq muddatli barqarorligiga nega xizmat qilmadi?

Imperiya hududi kengaygani bilan, uni boshqarish juda murakkablashdi. Og‘ir soliqlar, mahalliy aholi manfaatlarining yetarli hisobga olinmasligi, mo‘g‘ul amaldorlariga berilgan imtiyozlar va qimmat harbiy yurishlar davlat moliyasini zaiflashtirdi. Natijada dehqonlar noroziligi kuchaydi, qo‘zg‘olonlar avj oldi va bu Yuan sulolasining barqarorligini izdan chiqardi.

500

Dehqonlar ahvolining og‘irlashuvi Yuan sulolasi inqiroziga qanday mexanizm orqali olib keldi?

Dehqonlar ustiga solingan og‘ir soliqlar va majburiy mehnat ommaviy norozilikni kuchaytirdi. Tabiiy ofatlar bilan birga bu holat qo‘zg‘olonlarga sabab bo‘ldi, markaziy hokimiyat zaiflashdi va natijada Yuan sulolasi inqirozga yuz tutdi.

500

Min sulolasi davrida qishloq xo‘jaligi va soliq tizimidagi islohotlar davlat moliyasini qanday mustahkamladi va bu jarayon imperiyaning tashqi xavfsizligiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

Sug‘orish tizimining yaxshilanishi va dehqonlar uchun soliq sharoitlarining tartibga solinishi hosildorlikni oshirdi hamda davlat g‘aznasiga tushumlarni ko‘paytirdi. Kuchli moliyaviy baza armiya va mudofaa inshootlarini rivojlantirishga imkon yaratdi, natijada imperiya tashqi dushmanlarga qarshi samarali himoya qila oldi.

500

Nechanchi yillar oraligʻida qancha amaldor va qancha jangchidan iborat ekspeditsiya qayerlarga yurishlar qildi?

1405-1433 yillar oraligʻida,  70ta amaldor, 30 ming jangchi, 

Janubiy-Sharqiy Osiyo , Seylon, Hindiston va Hatto Fors koʻrfasigacha yurishlar qildi