Sudlovlilik atamasini tushuntirib bering.
Sudlovlilik bu -iqtisodiy sudlarga taalluqli boʻlgan ishlarni sud boʻgʻinlari doirasida taqsimlanishi.
Da'voning turlarini sanab bering.
1)undiruvga qaratilgan daʼvolar
2)tan olishga qaratilgan daʼvolar
Daʼvoning bahosini belgilashdan maqsad nima?
Qancha miqdorda davlat bojini toʻlashni aniqlash
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarni aytib bering.
IPKning 41-moddasi
Iqtisodiy sudning, fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, hakamlik sudining, arbitraj sudining ish yuritishida ayni bir shaxslar oʻrtasida, ayni bir predmet toʻgʻrisida va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa ishning oqibati nima boʻladi.
Da'vi arizasini ish yuritishga qabul qilish rad etiladi
Da'vo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar qaysilar?
IPKning 151-moddasi
Bitta daʼvo arizasida bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan oʻzaro bogʻliq boʻlmagan bir nechta talab birlashtirilgan boʻlsa ishning oqibati nima boʻladi?
Da'vo arizasi qaytariladi
Sud chiqimlariga nimalar kiradi?
Sud chiqimlari sud xabarnomalari va sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlaridan, sud tayinlagan ekspertizani oʻtkazish, guvohni chaqirish, dalillarni joyida koʻzdan kechirish, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlardan, shuningdek ishni koʻrish bilan bogʻliq boshqa xarajatlardan iboratdir.
Daʼvogarning talablari u sudga murojaat qilganidan soʻng javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda qanoatlantirilsa, sud xarajatlari kimning zimmasiga yuklatiladi?
Javobgarning
Sud topshiriqlari deganda nimani tushunasiz?
Ishni koʻrayotgan sud boshqa tuman yoki shahar hududidagi dalillarni olish zarur boʻlgan taqdirda, tegishli sudga muayyan protsessual harakatlarni bajarishni topshirishi.
Shartnoma boʻyicha vakil boʻla oladigan shaxslarni sanab bering.
1) advokatlar;
2) yuridik shaxslarning xodimlari — shu yuridik shaxslarning ishlari boʻyicha;
3) notijorat tashkilotlarining vakolatli vakillari — shu tashkilotlar aʼzolarining ishlari boʻyicha;
4) qonunda boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlarining vakolatli vakillari;
5) birgalikdagi protsessual ishtirokchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning topshirigʻi boʻyicha;
6) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosiga binoan sud tomonidan ruxsat berilgan boshqa shaxslar.
Protsessual huquqiy vorislikka qaysi hollarda yoʻl qoʻyiladi?
yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, talab qilish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish, qarzning boshqa shaxsga oʻtkazilishi, fuqaroning oʻlimi va majburiyatlardagi shaxslar oʻzgarishining boshqa hollarida
Qarshi da'vo qanday hollarda taqdim etiladi?
1) qarshi talab dastlabki talabni hisobga olishga qaratilgan boʻlsa;
2) qarshi daʼvoni qanoatlantirish dastlabki daʼvoni toʻliq yoki qisman qanoatlantirishni istisno qilsa;
3) qarshi daʼvo bilan dastlabki daʼvo oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik boʻlib, ularni birgalikda koʻrib chiqish nizoni oʻz vaqtida va toʻgʻri hal etishga olib kelsa.
Da'vo arizasini koʻrmasdan qoldirish tartibini tushuntirib bering.
Daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi.
Sud ajrimida ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi, davlat bojini budjetdan qaytarish haqidagi masalalar hal qilinishi mumkin.
Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Sudya qaysi hollarda ishni koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinishi lozim?
1) mazkur ish ilgari koʻrilganda sudya sifatida ishtirok etgan boʻlsa va ishni koʻrishda uning takroriy ishtirok etishiga ushbu Kodeks talablariga muvofiq yoʻl qoʻyilmasa;
2) mazkur ish ilgari koʻrilganda unda hakamlik sudi sudyasi, arbitr, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisi kotibi, vakil yoki guvoh sifatida ishtirok etgan boʻlsa;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ular vakillarining qarindoshi boʻlsa;
4) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning xolisligiga shubha tugʻdiruvchi boshqa holatlar mavjud boʻlsa;
5) ishni koʻrayotgan hayʼat tarkibidagi sudyaning qarindoshi boʻlsa.