Enter Category Name
Enter Category Name
Enter Category Name
Enter Category Name
Enter Category Name
100

 Jinoyat kodeksining 17-moddasiga muvofiq: "Jinoyat sodir etgunga qadar __ yoshga toʻlgan, ____ ____, ________ shaxslar javobgarlikka tortiladilar."

16, aqli raso, jismoniy

100

Yuridik shaxslar jinoyatning subyekti boʻla oladimi? Javobingizni asoslang.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 17-moddasiga koʻra faqat jismoniy shaxslar jinoyatning subyekti boʻlishi mumkin. Yuridik shaxs (tashkilot, muassasa, korxona va hakoza) lar jinoyat subyekti boʻla olmaydi.

100

Inson tomonidan oʻrgatilgan hayvon buyruq berilishi natijasida inson sogʻliga yoki jamiyat manfaatlariga zarar yetkazsa, yetkazilgan zararga kim javobgar boʻladi?

Uning egasi javobgar boʻladi.

100

Inson tomonidan oʻrgatilgan hayvon buyruq berilishi natijasida inson sogʻliga yoki jamiyat manfaatlariga zarar yetkazsa, yetkazilgan zararga kim javobgar boʻladi?

Hech kim.

100

Jinoyat qonunida jinoyat subyektining umumiy belgilaridan tashqari qoʻshimcha va maxsus belgilari mavjud. Jinoyatning maxsus subyektiga misol keltiring.

Yosh va aqli rasolikdan tashqari belgilangan tartibda mansabdor shaxs maxsus subyekt boʻlishi mumkin. Misol uchun JK 302-moddasida (Xizmatga sovuqqonlik bilan qarash) maxsus subyekt harbiy mansabdorlar boʻladi.

200

Jinoyat qonunida Aqli raso shaxslar deb kimlar topiladi?

Jinoyat sodir etish vaqtida oʻz qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va oʻz harakatlarini boshqara olgan shaxs aqli raso deb topiladi.

200

Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxs aqli noraso boʻlsa va u sud tomonidan ham aqli noraso deb topilgan boʻlsa unga qanday chora koʻriladi?

Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari

200

1)JK 17-moddasiga koʻra subyekt yoshining nechta darajasi mavjud?

2)Jinoyatning umumiy subyekt yoshi nechi yosh deb belgilangan?

1) uchta darajasi mavjud 14 yosh, 16 yosh, va 18 yosh.

2) Jinoyatning umumiy subyekt yoshi 16 yosh qilib belgilangan.

200

Shaxsni maʼlum bir yoshga toʻlgan deb topish uchun uning yoshi qaysi kundan boshlab hisoblanadi?

U tugʻilgan kunidan keyingi kundan boshlab hisoblanadi.

200

Agar shaxsning yoshi haqida aniq maʼlumot boʻlmagan boʻlsa va u tugʻilgan vaqt sud tibbiyot ekspertizasi orqali aniqlansa shaxsining tugʻilgan kuni deb qaysi sana olinadi?

Eng minimal yoshdan chiqib aniqlangan yilning 31-dekabridan olinadi.

300

Aqli norasalik qaysi mezonlar bilan ifodalanadi? Har bitta mezonga taʼrif bering.

Yuridik va tibbiy mezonlar bilan ifodalanadi.

Yuridik mezon: -tafakkuriy (shaxs sodir qilgan ijtimoiy xavfli qilmishining xavflilik xususiyatini anglamaslik);

-irodaviy (oʻz harakatlarini boshqara olmaslik)

Tibbiy mezon: shaxs ruhiy holati buzilganligining belgilarini ifodalaydi.

-ruhiy holatning surunkali buzilishi;

-ruhiy holatning vaqtinchalik buzilishi;

-ruhiy holatning boshqacha tarzda buzilganligi;

-aqli zaiflik;

300

Jinoyatning maxsus subyekti belgilari qanday tasniflanadi?

1) fuqaroligi; 2) demografik belgilari (jinsi, yoshi); 3)mansabi; 4) harbiy xizmatga aloqadorligi; 5) bajarayotgan ishi; 6) kasbiy majburiyati; 7) shaxsiy majburiyatlari 8) subyektining asosiy holatlari ( retsidivist, xavfli retsidivist).


300

Tug‘ma yoki orttirilgan aqli zaiflik og‘irlik darajasiga ko‘ra, nechi turga bo‘linadi?

uchga:

-debillik (yengil shakli);

– imbetsillik (o‘rta shakli);

– idiotiya (og‘ir shakli).

300

Mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki odamning aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida jinoyat sodir etgan shaxs aqli noraso deb topiladimi?

Bunday holat shaxsni aqli noraso deb topish uchun asos bo‘lmaydi.

300

Patologik mastlik nima? Patalogik mast shaxs jinoyat qilgan shaxs aqli raso paytida jinoyat sodir qilgan bo'ladimi yoki aqli noraso paytida?

Patologik mastlik – o‘tkir qisqa muddatli o‘tadigan ruhiy buzilishlar guruhiga taalluqli bo‘lib, ongning g‘ira-shira buzilishlari, alahsirash va o‘rab turgan olamni buzib qabul qilish bilan tavsiflanadi. Bu holat bir necha minutdan bir necha soatgacha davom etishi mumkin va oddiy alkogolli mastlikdan farq qiladi. Odatda, bu alkogolli intoksikatsiya (xumor) paytida kelib chiqadi.

Patologik mastlik aqli norasolikka kirib, ruhiyatning vaqtinchalik buzilishining istisnoli holatlariga kiradi.

400

157-modda. Davlatga xoinlik qilish"Davlatga xoinlik qilish, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi tomonidan josuslik, chet el davlatiga, chet el tashkilotiga yoki ularning vakillariga davlat sirlarini yetkazish yoxud O‘zbekiston Respublikasiga qarshi dushmanlik faoliyati olib borishda boshqacha yordam ko‘rsatish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasining suverenitetiga, hududiy daxlsizligiga, xavfsizligiga, mudofaa salohiyatiga, iqtisodiyotiga zarar yetkazishga qaratilgan qasddan sodir etilgan qilmish "- ushbu moddadagi jinoyat subyekti qaysi mezondagi guruhga tegishli va belgisini aniqlang.

Huquqiy maqomiga ko'ra,fuqaroviy holatiga qarab

400

238-modda. Yolg‘on guvohlik berish "Yolg‘on guvohlik berish, ya’ni surishtiruv olib borish, dastlabki tergov chog‘ida yoki sudda guvohning yoki jabrlanuvchining bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berishi yoxud ekspertning bila turib yolg‘on xulosa berishi, xuddi shuningdek tarjimonning bir tildan ikkinchi tilga bila turib noto‘g‘ri tarjima qilishi" —

ushbu moddadagi jinoyat subyekti qaysi mezondagi guruhga kiradi va belgisini aniqlang.

Huquqiy maqomiga ko'ra:

jinoyat protsessi ishtirokchilari: ayblanuvchi, gumonlanuvchi, guvoh, tarjimon, ekspert va boshqalar

400

122-modda. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash "Moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,"

ushbu moddadagi jinoyat subyekti qaysi mezondagi guruhga kiradi va belgisini aniqlang.

Demografik belgilariga qarab:– oilaviy, qarindoshlik aloqalariga qarab – ota-ona, ularning o‘rnini bosuvchilar yoki farzandlar

400

230-modda. Dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish)"Isbotlashni amalga oshirayotgan shaxslar yoki isbotlashda ishtirok etish uchun jalb qilinayotgan shaxslar tomonidan dalillarning tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ishlari materiallari bo‘yicha dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash chog‘ida g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda hujjatlarga yoxud ashyolarga bila turib yolg‘on ma’lumotlarni kiritishda va o‘zga buzib ko‘rsatishlarda namoyon bo‘ladigan soxtalashtirilishi (qalbakilashtirilishi), 

ushbu moddadagi jinoyat subyekti qaysi mezondagi guruhga kiradi va belgisini aniqlang.

Mansabdorlik holatiga qarab:huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya

400

114-modda. Jinoiy ravishda homila tushirish (abort) "Shifokor akusher yoki ginekolog tomonidan davolash muassasalaridan tashqari joylarda yoki tibbiy nuqtai nazardan mumkin bo‘lmagan holda sun’iy ravishda homila tushirish" 

ushbu moddadagi jinoyat subyekti qaysi mezondagi guruhga kiradi va belgisini aniqlang.

Kasbiy majburiyatiga qarab: vrach yoki boshqa tibbiyot yoki farmatsevtika sohasi xodimlari

500

220-modda. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqaruvchi harakatlar "Ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan shaxsning mahkumlarni terror qilish yoki ma’muriyat vakillariga hujum qilishda, shuningdek, bunday maqsadlarda jinoiy guruhlar tashkil qilish yoki shunday guruhlar faoliyatida faol qatnashishda ifodalanadigan ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasasining ishini izdan chiqaruvchi harakatlari"

ushbu moddadagi jinoyat subyekti qaysi mezondagi guruhga kiradi va belgisini aniqlang.

Jinoyat sodir qilayotgan shaxsning jinoyat bilan maxsus holatdaligi: jazoni o‘tash joylaridagi mahkum, oldin sudlangan shaxs, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyati uchun sudlanganlar

500

113-modda. Tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish "Bila turib, boshqa shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirish" 

ushbu moddadagi jinoyat subyekti qaysi mezondagi guruhga kiradi va belgisini aniqlang.

Jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun boshqa zarur mezonlarga qarab,sog‘lig‘iga qarab – shaxsda OITS-infeksiyasining mavjudligi

500

281-modda. Boshliqqa qarshilik ko‘rsatish yoki uni xizmat vazifalarini buzishga majbur qilish "Boshliqqa, shuningdek harbiy xizmat yuzasidan o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan boshqa shaxsga qarshilik ko‘rsatish yoki uni mazkur vazifalarni buzishga majbur etish "

ushbu moddadagi jinoyat subyekti qaysi mezondagi guruhga kiradi va belgisini aniqlang.

Huquqiy maqomiga ko‘ra:– harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatga majburlar

500

127-modda. Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish "Voyaga yetmagan shaxsni spirtli ichimliklar iste’mol qilishga, giyovandlik vositalari va ularning analoglari yoki psixotrop hisoblanmagan, lekin kishining aql-idrokiga ta’sir qiladigan vosita va moddalarni iste’mol etishga jalb qilish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa"

ushbu moddadagi jinoyat subyekti qaysi mezondagi guruhga kiradi va belgisini aniqlang.

Demografik belgilariga qarab:

– yoshiga qarab – voyaga yetmagan

500

144-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish, ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta’minlamaganlik yoki murojaat munosabati bilan ma’lum bo‘lib qolgan jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi yoxud yuridik shaxslarning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish, xuddi shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni boshqacha tarzda buzish jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlariga, erkinliklariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo'lsa"

ushbu moddadagi jinoyat subyekti qaysi mezondagi guruhga kiradi va belgisini aniqlang.

Mansabdorlik holatiga qarab:

– mansabdor shaxs