Kiberjinoyatchilikka qarshi xalqaro shartnoma — eng muhim xalqaro norma qaysi
Budapesht konvensiyasi
shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishga qaratilgan xalqaro AKT
GDPR
Kiber huquqining ildizlari qaysi davrga borib taqaladi?
1960-yillarga, kompyuter texnologiyalari rivojlana boshlagan davrga.
kiber huquqi nima
bu zamonaviy axborot texnologiyalari, internet va raqamli resurslar bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq sohasi.
Kiber huquqining obyektlarini sanang
raqamli aktivlar (masalan, domen nomlari, kriptovalyutalar)
elektron axborot va ma’lumotlar (shaxsiy ma’lumotlar, tijorat sirlar)
axborot‑kommunikatsiya texnologiyalari (tarmoqlar, dasturiy ta’minot, serverlar)
raqamli xizmatlar va platformalar (internet servislar, onlayn xizmatlar)
elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgarishlar natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik mavjud emasligini aniqlash va elektron raqamli imzo kalitining egasini identifikatsiya qilish imkonini beradigan imzo;
elektron raqamli imzo
Elektron hujjatning yuridik kuchi
Elektron hujjat qogʻoz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega boʻladi.
Kiber huquq predmeti
kibermakonda yuzaga keladigan va huquqiy tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar yig‘indisi;
shaxslar, tashkilotlar, davlat va boshqa subyektlarning raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq huquq‑majburiyatlarini o‘zaro amalga oshirish jarayoni;
elektron tijorat, ma’lumotlarni himoya qilish, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash, kiberjinoyatlar, elektron shartnomalar kabi bo‘limlardagi munosabatlar
axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori
axborot resurslariga yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs
Kiber huquqining obyekti
bu raqamli makonda yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi va himoya qilinadigan barcha raqamli resurslar va tizimlar.
Axborotlashtirish sohasini kimlar tomonidan tartibga solinadi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ
elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qoʻyuvchi shaxsning oʻziga maʼlum boʻlgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun moʻljallangan belgilar ketma-ketligi;
elektron raqamli imzoning yopiq kaliti
kiberjinoyatchilik nima
axborotni egallash, uni oʻzgartirish, yoʻq qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy taʼminot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yigʻindisi;
Kiber huquq bilan tartibga solinadigan munosabatlar sub’ektlari
1) jismoniy shaxslar (foydalanuvchilar, provayderlar); 2) yuridik shaxslar (foydalanuvchilar, provayderlar);
3) davlat.
kiber jinoyatlarga aniq misollar keltiring
Phishing,
carding,
skimming,
Identity Theft
elektron raqamli imzoning ochiq kaliti elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga muvofiqligini tasdiqlaydigan elektron hujjat;
elektron raqamli imzo kalitining sertifikati
insonning bilim va koʻnikmalariga taqlid qilish, shu jumladan mustaqil ravishda oʻrganish va yechimlarni izlash hamda aniq vazifalarni bajarishda inson aqliy faoliyati natijalari bilan taqqoslanadigan natijalarni olish imkonini beradigan texnologik yechimlar majmui.
sunʼiy intellekt
kiber huquq tizimidagi munosabatlar turlari.
xususiy huquqiy munosabatlar,
ommaviy huquqiy munosabatlar,
tashkiliy-huquqiy munosabatlar.
elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega boʻlgan axborot.
elektron hujjat
axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, maʼlumotlar banki, maʼlumotlar bazasi, shu jumladan axborot tizimlarida ochiq shaklda joylashtiriladigan yoxud eʼlon qilinadigan audio-, video-, grafik va matnli axborot;
axborot resursi
Kiber huquqning asosiy tamoyillari
Axborot xavfsizligi – foydalanuvchilar va tizimlarni himoya qilish;
Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish – ma’lumotlar maxfiyligini ta’minlash;
Raqamli mulk huquqlari – dasturiy ta’minot, sayt va boshqa raqamli resurslar;
Mas’uliyat va qonuniylik – internet faoliyati qonuniy doirada bo‘lishi.
Kiberxavfsizlikni taʼminlashning asosiy prinsiplari
qonuniylik;
kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishning ustuvorligi;
kiberxavfsizlik sohasini tartibga solishga nisbatan yagona yondashuv;
kiberxavfsizlik tizimini yaratishda mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokining ustuvorligi;
Oʻzbekiston Respublikasining kiberxavfsizlikni taʼminlashda xalqaro hamkorlik uchun ochiqligi.
Elektron hujjatning majburiy rekvizitlari
elektron raqamli imzo;
elektron hujjatni joʻnatuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjatni joʻnatuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
elektron hujjatni joʻnatuvchining pochta va elektron manzili;
hujjat yaratilgan sana.
axborotni toʻplash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.
axborot tizimi
yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni;
axborotlashtirish