Biznes-reja asoslari va maqsadi
Biznes-rejaning boʻlimlari va tarkibi
Moliyaviy koʻrsatkichlar va iqtisodiy tahlil
100

Biznes-reja tuzishning muddati boʻyicha chegarasi necha yilni tashkil etadi?

1-5 yil

100

Biznes-rejaning qaysi boʻlimida korxonaning mulk shakli, huquqiy statusi va investorlarning huquqlari koʻrsatiladi?


Korxonaning tashkiliy-reja shakli boʻlimida.

100

Zaxiralarning aylanma (aylanuvchanlik) koeffitsientining normadagi qiymati qanchaga teng?

3.5

200

Biznes-reja asosan kimlar uchun tuziladi? (Kamida 2 tasini ayting)

Hujalik faoliyati yurituvchilar, mulkdorlar yoki sarmoyadorlar (investorlar) uchun. 

200

Doimiy va oʻzgaruvchan xarajatlar oʻrtasidagi farqni ajratuvchi hamda korxona xarajatlarini butunlay qoplashga erishiladigan minimal nuqta nima deyiladi?

Zararsizlik nuqtasi (rentabellik chegaraviy nuqtasi).

200

Qoplash koeffitsientining normadagi qiymati nechaga teng va u nimani koʻrsatadi?

Normadagi qiymati — 2. U joriy majburiyatlarning 1 soʻmini qoplash uchun joriy aktivlarning necha soʻmi toʻgʻri kelishini koʻrsatadi.

300

Biznes-rejaning bosh maqsadi nimadan iborat?

Firmaning koʻzlagan maqsadiga erishishi, tadbirkorlar va sarmoyadorlarga tanlangan yoʻlning maqsadga muvofiqligini koʻrsatib berish. 

300

Doimiy xarajatlarga 3 ta va oʻzgaruvchan xarajatlarga 2 ta misol keltiring.

Doimiy: maosh, amortizatsiya, soliqlar, reklama, kommunal, sugʻurta. Oʻzgaruvchan: xomashyo, mukofotlar, ishbay ish haqi, texnik xizmat.

300

Absolyut likvidlilik va Tezkor likvidlilik koeffitsientlarining normativ qiymatlari qancha?


Absolyut likvidlilik — 0,2; Tezkor likvidlilik — 1.

400

Biznes-rejaning hajmi va boʻlimlar soni standart boʻyicha qancha oraliqda boʻladi?

5 tadan 18 tagacha boʻlim va 7–10 betdan 50 betgacha hajmda.

400

Marketing strategiyasi boʻlimida qanday asosiy jarayonlar va elementlar ishlab chiqiladi?

Maqsadli bozorni va bozorga kirish usullarini tanlash, bozor segmentatsiyasi va marketing elementlarini (tovar, sotish joyi, narx, siljitish) belgilash.

400

Korxona asosiy faoliyatining rentabelligi va sotuv rentabelligi qanday aniqlanadi?

Asosiy faoliyat rentabelligi = Yalpi foyda / Mahsulot tannarxi. Sotuv rentabelligi = Sof foyda / Sotuvdan tushgan tushum

500

Biznes-rejaning «Rezyume» boʻlimida qanday asosiy maʼlumotlar juda qisqa tarzda yoritiladi? (Kamida 3 tasini ayting)

Loyihaning mazmuni/maqsadi, moliyalashtirish manbalari, potensial foydalar (sotuv hajmi, xarajatlar, qoplash vaqti) va loyihani kim amalga oshirishi. 

500

Biznes-rejaning «Ishlab chiqarish dasturi» va «Ishlab chiqarishni tashkil etish» boʻlimlari bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?

 Ishlab chiqarish dasturi — quvvatlar, investitsiyalar, xomashyo va texnologiyani qamrab oladi; Ishlab chiqarishni tashkil etish — tashkiliy va texnologik chizmalar, kadrlar, malaka hamda ish haqi shakllarini aks ettiradi.

500

Debitor qarzdorlikni qoplash muddati (kunlarda) va aktivlarning aylanma koeffitsienti normasi qanday hisoblanadi?

Debitor qarzdorlikni qoplash muddati = 360 / DQAK. Aktivlarning aylanma koeffitsienti normadagi qiymati — 1,5–2.