...log...
Bayramlar
Filmlar
...net...
Biologiya
20

Matematikada "darajani topish" bolan bajariladigan maxsus amal nima deyiladi?

Logorifm

20

Xalqaro π soni kuni qachon nishonlanadi.

3.14 yoki 14-mart

20

Hozirda 4 ta film "Oskar" haykalchasini 11 marta qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan.

Ben Gur

Uzuklar hukmdori, Qirolning qaytishi 

Vestsayd tarixi

Qaysi dramatik film qolib ketdi.

Titanik 

20

Irsiyat haqidagi fan.

Genetika

20

Hujayra ichidagi suyuqlik?

Sitoplazma

40

Nutqdagi nuqsonlarni bartaraf etish bilan shugʻullanuvchi kasb egalari?

Logoped

40

31-oktyabrda G'arb madaniyatiga xos, biroz qoʻrqinchli boʻlgan bayram nishonlanadi. Bu qaysi bayram?

Hellowen

40

Terminator 

Avatar 

Titanik 

Rembo

Bu filmlarning qanday bogʻliqligi bor.?

Ularning rejissyorlari bitta. James Kameron

40

OʻZGA SAVOL


Zamonlar osha filmida Qirolning hizmatkori Jakuy aynan shu loʻli ayolni sevib qolishi juda ham qiziq epizodlardan biri. Aynan oʻsha ayolning ismini ayting, qoʻshiqchi Miykl Jeksonning singlisi ham aynan shunday ismda.

Janet

40

Irsiyatda kuchlilik qiluvchi belgilar qanday belgilar deyiladi?

Dominant belgilar

60

Xalqlar orasida toʻqimalar asosida afsonaga aylangan asarlar va qahramonlar adabiyotning qaysi boʻlimga  mansub?

Mifologiya

60

KIM OSHDI AUKSION SAVOLI


Bu bayram bahor kelishi, tabiatning uyg‘onishi va ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasi ramzidir. Bunda insonlar tabiatning rang barangligidan ilhomlanishi aytiladi. U har yili fevral oxiri yoki mart oyining boshlarida (hind taqvimi bo‘yicha to‘lin oy paytida) nishonlanadi. 2026-yilda bu bayram taxminan 3-mart kunlariga to‘g‘ri keldi. 

Holi bayrami

60

Bu filmga 2003-yildan beri Osman Sinav, Serdar Akar, Zubeyr Şaşmazar rejissyorlik qilgan. Bu filmning voqealari bois Germaniya, Isroil va AQSh davlatlarida koʻrish mutlaqo taqiqlangan. Diqqat savol bu qaysi film.

Qashqirlar makoni 

60

Internetning qorongʻu tomoni va juda ham koʻplab jinoyatlar sodir boʻladigan, qurol yaroq, narkotik va odam savdosi bilan shugʻullaniladigan qismi aynan shu nom bilan ataladi

Darknet

60

Bolg‘acha, Sandoncha va Uzangicha bu insonning qaysi qismida uchraydigan narsalar.

Quloqda (yaʼni quloq ichida )

80

Kuchuklarni mahsus qoʻlga oʻrgatib, ular bilan maxsus harbiy operatsiyalar oʻtkazuvchi kasb egalari?

Kinolog

80

"17-noyabr" hammaga ham tegishli bayram emas, umuman nishonlamay oʻtib ketadiganlar ham bor. Nishonlaganlar 4 marta yoki 5 marta, Tibbiyotning oliy maʼlumotli shifokorlari 7 marta nishonlashgani aniq. Savol bu qaysi bayram.

Xalqaro talabalar kuni.

80

Eng koʻp daromad keltirgan film.

Avatar - $2.923B

80

1997-yil 29-avgustda AQShning Kaliforniya shtatida tashkil etilgan. Dunyodagi eng mashhur film va seriallar platformasi

Netflix

80

Insonning eng qalin terisi qayerda joylashgan?

Tovonida

100

Hyu Jekman komikslar olamida qoʻllaridan temir tigʻlar chiquvchi Wolverine ismli qahramonni gavdalantiradi. Lekin filmda bu qahramonning asli ismi boshqa boʻladi. Bizga oʻsha ismni ayting.

Logan

100

Kanada mamlakatida yanvar oyining oʻrtalaridan boshlab bugʻularning asosiy ozuqasi insonlar tomonidan tashlab yuborilgan ...... lar hisoblanar ekan. Buning sababi esa bayramga borib taqaladi. Diqqat savol bugʻular yanvarning oʻrtalaridan boshlab nima bilan oziqlanadi.

Archa 

100

Dunyodagi eng koʻp mavsum ishlab chiqarilgan, va hozirgi zamonda koʻplab boʻlayotgan voqealarni ancha oldin oʻz lavhalarida koʻrsatib oʻtgani aytiladigan mashhur multserial

1989 (35+ mavsum) Simpsonlar oilasi

100

KIM OSHDI AUKSION SAVOLI 

Mahsulotning idishsiz, sof og'irligi.

Netto

100

OʻZGA SAVOL


Inson tanasidagi eng chidamli to‘qima qayerda joylashgan 

Tish emali (qabul-TISH)(Ogʻiz varianti qabul qilinmaydi)