1
2
3
4
5
100

Kognitologiyaning «tug‘ilish» sanasi?  

1956- yilning 11-sentabr

100

Kognitiv tilshunoslik atamasining mazmuni

inglizcha «cognitive – bilishga oid» so‘zi bilan bog‘liq. (Qiyoslang: «cognize – bilmoq, anglamoq, tushunmoq», «cognition – bilish»).

100

Kognitiv tilshunoslikning rasmiy paydo bo‘lishi?

1989- yilning bahorida Ren Dirven tomonidan tashkil qilingan Duysburgda bo‘lib o‘tgan simpozium bilan bog‘lash mumkin

100

Kim kognitiv fanlar chorrahasida olti fan sohasi tutashishini va yagona bir ilmiy maqsad – tabiiy va sun’iy tizimlarda bilimning jamlanishi, qayta ishlanishi va qo‘llanishi muammolari yechimini izlash bilan band bo‘lishini qayd qilgan edi?

Amerikalik psixolog H. Gardner

100

Kognitiv tilshunoslik  qanday tushuncha bilan uzviy bog‘liq

kognitiv faoliyat tushunchasi bilan

200

Kognitiv tilshunoslikning tayanch tushunchalaridan biri – bu 

Konsept

200

Konsept so‘zi  qanday ma'noni ifodalaydi?

Konsept so‘zi aslida lotincha conceptus bo‘lib, “tushuncha” ma’nosini ifodalaydi

200

Konsept  tushunchasini izohlang

Konsept  bu – tushuncha, ammo  bu tushuncha ortida  ijtimoiy yoki subyektiv tarzda  anglanuvchi, inson hayotining muhim moddiy, aqliy, ruhiy tomonini aks ettiruvchi, o‘z tarixiy  ildizlariga ega bo‘lgan, xalqning umumiy tajribasini aks ettiradigan mazmun tushunilsdi.

200

Konsept tushunchasida qanday ma’no umumlashmasi yotadi?

Konsept ham tafakkur birligi va uning asosida tushuncha,obraz va lisoniy ma’no umumlashmasi yotadi.

200

kognitiv tilshunoslikka qanday fan sifatida qarash maqsadga mufoviq?

lisoniy qobiliyatning tarkib topishini tushuntiruvchi fan sifatida

300

Kim kognitiv tilshunoslikda til birliklarining ma’nosi turli konseptlar semantik reprezentatsiyasi sifatida qaralishini ta’kidlaydi?

V.I.Zabotkina

300

Kim bu sohaning asosiy vazifasini inson tomonidan tilni o‘zlashtirish mexanizmlari hamda bu mexanizmning tarkibini “tizimli tasvirlash va tushuntirishdan iborat” deb belgilagan edi?

V.Z.Demyankov

300

Kim kognitiv tilshunoslikning asosiy vazifasini inson tomonidan tilni o‘zlashtirish mexanizmlari hamda bu mexanizmlarning tarkibini «sistemaviy tasvirlash va tushuntirishdan iborat» deb ta’riflagan?

Rus olimi V.Z.Demyankov

300

Kosept  – mental tuzilma, u aqliy faoliyatning o‘ziga xos shaklimi?

Yo'q, Tushuncha

300

Kimning fikricha, kognisiya – kognitiv tilshunoslikning asosiy tushunchasi hisoblanadi. U bilim hamda tafakkurni o‘zida qamrab oladi va ularni tilda mujassamlashtiradi. Shuning uchun ham kognitsiya va kognitivizm tilshunoslik bilan chambarchas bog‘langan?

V.Z. Demyankovning

400

Kognitiv lingvistikaning bugungi kunda quyidagi asosiy yo‘nalishlari mavjud?

1. Bilishning biologik nazariyasi.

2. Bilishning biomadaniy nazariyasi.

3. Sun’iy intellekt yaratish nazariyasi.

4. Kognitiv semantika yo‘nalishi.

400

Kognitiv lingvistikaning asosiy maqsadi nima?

“tilni tadqiq qilish orqali bilimlarning turli strukturalariga kirib borish hamda til va ular o‘rtasidagi bog‘liqliklarni tavsiflash”dan iboratdir.

400

Nutqiy birliklarning hosil bo‘lishi va ularning tushunilishi aqliy faoliyat natijasidir. Bu faoliyatning bajarilishi bevosita  nima bilan bog‘liq&

lisoniy bilimga ega bo‘lish sharti bilan

400

Kognitiv lingvistikaning asosiy vazifasini ayting

•tilda aks etgan bilimlar kognitiv lingvistikaning asosiy tizimini,

•bilimlarni uzatish, saqlash, tashkil qilish, xotirada tiklash va bilimlarga ta’sir etishning til shakllarini o‘rganishdir.

400

Kim kognitiv tilshunoslikning vazifasi – axborot qabul qilish jarayoni, kategorizatsiya, klassifikatsiya va olamni idrok etishdan iboratligi hamda bilim qanday egallanishi, axborotni qabul qilish va tahlil qilishda qanday tizim ta’minlab berishini ko‘rsatib berishdan iboratligini ta’kidlaydi?

V.A. Maslova

500

“Kognitiv tilshunoslik” ilmiy jurnali bosh muharriri Dirk Gerets jurnalning birinchi sonida kognitiv tilshunoslik yo‘nalishining bosh vazifasini ayting

“insondagi bilim, uning idrok qilinishi, xotirada saqlanishi va uni uzatishning til orqali qanday ifodalanishini tadqiq qilishdan iborat”

500

Kim kognitiv tilshunoslikning asosiy predmetini lisoniy ma’no tashkil etishini, shu bois ham kognitiv semantika va kognitiv tilshunoslik sinonimik qatorda qo‘llanishini ta’kidlaydi?

T.G. Skrepsova

500

Kognitiv lingvistikaning shakllanishida tilshunoslikdagi qaysi yo‘nalishlar nazariy asos sifatida xizmat qildi?

1) semasiologik nazariya (Y.D.Apresyan, N.V.Nikitin va b.);  2) semasiologik grammatika nazariyasi (Y.S.Stepanov);   3) tilni mantiqiy analiz qilish nazariyasi ( N.D.Arutyunova);   4) nutqiy tafakkur nazariyasi (S.D.Katsnelson);   5) nominatsiya nazariyasi yoki onomasiologik nazariya (E.S.Kubryakova);   6) germenevtika (G.I.Bogin);   7) nutqiy faoliyatning psixologik konseptsiyalari (A.R.Luriya, A.A.Leontyev)

500

1989- yilning bahorida Ren Dirven tomonidan tashkil qilingan Duysburgda bo‘lib o‘tgan simpoziumning maqsadi nimadan iborat edi?

Asosiy maqsadi “Xalqaro kognitiv tilshunoslik assosiatsiyasi”ni hamda “Kognitiv tilshunoslik” (Cognitive Linguistics) va “Kognitiv tilshunoslik tadqiqi” (Cognitive Linguistic Research) ilmiy jurnallarini tashkil qilishdan iborat edi.

500

Qaysi ma’ruzalarda kognitiv tadqiqotlarni yagona bir fan doirasida biriktirish fikri olg‘a surildi?

Massachuset texnologiya institutida o‘tkazilgan simpoziumda uch ma’ruza tinglandi. Birinchi ma’ruzaning («7+2 sehrli soni») muallifi psixolog Jorj Miller (ha, aynan eslab qolish qobiliyatini 7+2 me’yorida belgilovchi Miller qonunining muallifi) edi. «Tilning uch modeli» deb nomlangan ikkinchi ma’ruza tilshunos Noim Xomskiy tomonidan taqdim etildi. Uchinchi ma’ruza «Logic Theory Machine» («Logik nazariyotchi») sun’iy intellekt sohasi bo‘yicha mutaxassis Alen Nyuell va bo‘lg‘usi Nobel mukofoti sohibi, iqtisodchi Herbert Saymonlar hammuallifligida bitilgan edi.