Konstitutsiyaviy sud qanday organ hisoblanadi?
Konstitutsiyaviy sud doimiy faoliyat yurituvchi sud hokimiyati organi boʻlib, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻradi
Konstitutsiyaviy sud tarkibi necha kishidan iborat?
9ta
Konstitutsiyaviy sud sudyalari kim tomonidan saylanadi?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Senat tomonidan saylanadi.
bonus
+200ball
Sudyalikka nomzodlar kimlar orasidan tavsiya etiladi?
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan mutaxassislar orasidan saylanadi.
Konstitutsiyaviy sud qonun loyihalarini qayerga kiritadi?
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga.
Double point
2x
Sudya qanday faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin?
Faqat ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyat bilan (haq toʻlanadigan boshqa faoliyat taqiqlangan)
Sudyaga nisbatan jinoyat ishini kim qoʻzgʻatishi mumkin?
Faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori
Sudyalarga Oliy malaka darajasini kim beradi?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti.
Sudya vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida kim qaror qabul qiladi?
Oliy Majlis Senati
Sudya qasamyodini buzsa nima boʻladi?
Uning vakolatlari Senat qarori bilan muddatidan ilgari tugatiladi.
Konstitutsiyaviy sud sudyasiga guvohnoma kim tomonidan beriladi?
Prezident
Sudning majlislar zalida, konstitutsiyaviy sud raisining xizmat xonasida nimalar joylashtirilishi kerak?
(javob to'liq holda inobatga olinadi)
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining rasmiy nashri
Devonning tuzilmasi va shtat birligi ajratilgan mablagʻlar kim tomonidan tasdiqlanadi?
Konstitutsiyaviy sud raisi
Konstitutsiyaviy sud majlislarida "Sudya alohida fikrga ega boʻlishi" huquqi qanday rasmiylashtiriladi va u qarorga qanday taʼsir qiladi?
Qarorga qoʻshilmagan sudya oʻz fikrini yozma ravishda bayon qiladi. Bu fikr sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyiladi, biroq u ochiq eʼlon qilinmaydi va sud qarorining yuridik kuchiga taʼsir koʻrsatmaydi.
Konstitutsiyaviy sud sudyasining vakolatlari qaysi hollarda Konstitutsiyaviy sudning qarori bilan emas, balki bevosita Oliy Majlis Senati tomonidan muddatidan ilgari tugatiladi?
Sudya qasamyodini buzganida, sudya lavozimiga mos kelmaydigan xatti-harakatlar sodir etganida yoki sudya oʻz vakolatlarini muntazam ravishda bajarmay kelganida Senat tomonidan muddatidan ilgari tugatiladi.
fail
-300
Konstitutsiyaviy sud sudyaligiga nomzod koʻrsatishda Sudyalar oliy kengashining roli qanday?
Sudyalar oliy kengashi sudyalik lavozimiga nomzodlar boʻyicha xulosa beradi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun tavsiya etadi. Yaʼni, nomzodlar dastlab Kengash filtri va tavsiyasidan oʻtishi shart.
Konstitutsiyaviy sud har yili kimlarga axborot taqdim etadi?
Oliy Majlis palatalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylik holati toʻgʻrisida
Sud majlisiga taraflar (taraf) yoki ularning vakillari kelmagan taqdirda nima bo'ladi?
Konstitutsiyaviy sud ishni koʻrib chiqish yoki uni keyinga qoldirish mumkinligi toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi.
Konstitutsiyaviy sudning qarorini qabul qilish tartibi qanday?
Konstitutsiyaviy sudning qarori ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Ovoz berish Konstitutsiyaviy sudning sudyalaridan birma-bir soʻrab chiqish orqali oʻtkaziladi
Konstitutsiyaviy sudning qarori qanday hollarda oʻz tashabbusi bilan qaytadan koʻrib chiqilishi mumkin?
qaror chiqarilgan paytda Konstitutsiyaviy sudga nomaʼlum boʻlgan yangi ochilgan holatlar munosabati bilan;
qaror qabul qilinishiga asos boʻlgan konstitutsiyaviy norma oʻzgargan taqdirda;
Konstitutsiyaviy sud mazkur qarorni konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritishning belgilangan tartibi buzilgan holda qabul qilingan deb topgan taqdirda.
Konstitutsiyaviy sudning qarori qaysi hollarda oʻz tashabbusi bilan qaytadan koʻrib chiqilishi mumkin?
qaror chiqarilgan paytda Konstitutsiyaviy sudga nomaʼlum boʻlgan yangi ochilgan holatlar munosabati bilan;
qaror qabul qilinishiga asos boʻlgan konstitutsiyaviy norma oʻzgargan taqdirda;
Konstitutsiyaviy sud mazkur qarorni konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritishning belgilangan tartibi buzilgan holda qabul qilingan deb topgan taqdirda.
bonus
2x ball