1
2
3
4
5
100

Sizningcha, ramzlar til va madaniyat orasidagi bog‘liqlikni qanday aks ettiradi?

Ramzlar til orqali madaniy qadriyatlarni ifodalaydi. Masalan, “ko‘k” rangi o‘zbeklarda osmon, erkinlik, poklik ramzi bo‘lsa, boshqa madaniyatlarda boshqa ma’nolarda talqin qilinishi mumkin. Bu esa til orqali ramzlarning madaniy mazmun kasb etishini ko‘rsatadi.

100

O‘zbek madaniyatidagi mashhur ramzlardan birini tanlab, uning ma’nosini tushuntirib bera olasizmi? Masalan, "do'ppi'

“Do‘ppi” — o‘zbek xalqining milliy bosh kiyimi bo‘lib, u ramziy ma’noga ega. Har bir naqsh, shakl va bezak ma’lum hududga xos bo‘lib, milliylik, erkaklik yoki ayollik timsoli sifatida talqin qilinadi.

100

Turli xalqlarda bir xil ramzlar turlicha talqin qilinishi mumkin. Bunga misol keltira olasizmi?

Masalan, “qora rang”. G‘arb madaniyatida bu ko‘pincha motam, g‘am-g‘ussa ramzi sifatida qabul qilinadi, lekin Sharq xalqlarida, xususan, Xitoyda qora kuch va hokimiyat timsolidir.

100

Tilimizdagi qanday ramziy iboralar sizga eng ta’sirli ko‘rinadi? Nega?

“Ko‘ngil ko‘zi ochiq” degan ibora juda ta’sirli ko‘rinadi. Chunki bu ibora odamning donishmandligi, ichki dunyosining boyligini ifodalaydi. Bu so‘zlar orqali tilimiz ramzlarni mahorat bilan ifodalay oladi.

100

Qaysi ramzlar xalq og‘zaki ijodida ko‘p uchraydi? Ularning vazifasi nimada?

Qushlar (masalan, bulbul, qaldirg‘och), tabiat unsurlari (oy, quyosh, shamol) xalq og‘zaki ijodida ramziy ma’noda ishlatiladi. Bulbul — sevgi, qaldirg‘och — sadoqat, shamol — yangilik keltiruvchi sifatida tasvirlanadi. Ularning vazifasi — fikrni obrazli yetkazish.

200

Stereotip nima va u lingvokulturologiyada qanday o‘rin tutadi?

Stereotip — bu biror xalq yoki guruhga nisbatan umumlashtirilgan, odatda soddalashtirilgan qarashdir. Lingvokulturologiyada stereotiplar milliy xarakter, turmush tarzi va madaniy qadriyatlarni qanday qabul qilinishini ko‘rsatadi.

200

Siz eshitgan yoki duch kelgan milliy stereotiplardan birini misol qilib, uni tahlil qiling

Masalan, “o‘zbeklar mehmondo‘st” degan stereotip mavjud. Bu stereotip ijobiy bo‘lib, xalqning odob-axloqiy qadriyatlariga asoslangan. Ammo ba’zida bu stereotip odamlar o‘zini doimo ochiq tutishga majbur qilgandek taassurot qoldirishi mumkin.

200

Til stereotiplarni shakllantirishda qanday vosita bo‘lib xizmat qiladi?

Til orqali stereotiplar turli iboralar va maqollar orqali mustahkamlanadi. Masalan, “Qozoq — erkin, ot minar”, yoki “Nemis — tartibli” kabi iboralar til vositasida shakllanib, avloddan-avlodga o‘tadi.

200

Madaniyatlararo muloqotda stereotiplar muammoga olib kelishi mumkinmi? Misol keltiring.

Ba’zi g‘arbiy kishilar sharqiy xalqlarni faqat diniy yoki konservativ deb o‘ylashadi. Bu esa noto‘g‘ri tushunish va madaniy xatoliklarga olib keladi. Stereotiplar turlicha madaniyatlarni to‘g‘ri anglashga to‘sqinlik qiladi.

200

tereotiplardan qutulish yoki ularni yengish uchun qanday vositalar mavjud, deb o‘ylaysiz?

Eng samarali yo‘l — ta’lim va madaniyatlararo muloqotni kuchaytirish. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali turli xalqlarning haqiqatini ko‘rsatish ham stereotiplarni yengishda muhim rol o‘ynaydi.

300

Ramz va stereotip orasida qanday farq bor? Ularning o‘xshash jihatlari nimalarda?

Ramzlar — ko‘proq ijobiy, chuqur ma’naviy mazmunga ega bo‘lsa, stereotiplar — ba’zan asossiz va yuzaki umumlashtirish bo‘lishi mumkin. Ikkalasi ham madaniyat va til orqali uzatiladi, ya’ni o‘xshash tomoni — ular madaniy axborotni ifodalaydi.

300

Qaysi biri jamiyatga ko‘proq ta’sir qiladi — ramzmi yoki stereotipmi? Fikringizni asoslang.

Ijobiy jihatdan ramzlar kuchliroq ta’sir qiladi, chunki ular madaniyatni boyitadi va birlikni mustahkamlaydi. Ammo stereotiplar salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, chunki ular noto‘g‘ri tushunchalarni kuchaytiradi.

300

Milliy o‘zlikni shakllantirishda ramz va stereotiplarning roli qanday?

Ramzlar milliy o‘zlikni ifodalashda asosiy vosita hisoblanadi. Stereotiplar esa ba’zida bu o‘zlikni noto‘g‘ri talqin qilishga olib keladi. Shuning uchun ularni ehtiyotkorlik bilan baholash lozim.

300

Globalizatsiya bu ikki tushunchaga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?

Globalizatsiya ba’zi ramzlarni umumlashtirmoqda, masalan, emoji yoki brend logotiplari kabi. Stereotiplar esa internet orqali tez tarqalmoqda, ba’zida bu yomon oqibatlarga olib keladi. Shu bilan birga, xalqaro muloqot ham ularni yo‘qotishga yordam bermoqda.

300

Ramz va stereotiplar til o‘rganishda qanday muhim ahamiyatga ega?

Ramzlar orqali til o‘rganuvchi madaniyatni chuqurroq anglaydi, stereotiplar esa ogohlantiruvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi — til o‘rganuvchi noto‘g‘ri tushunchalardan qochishi uchun.

400

Lingvokulturologik tadqiqotlarda, asosan, qaysi masalalarni tadqiq etilganini ko‘rish mumkin?

1) muayyan nutqiy janrning lingvokulturologik xususiyatlari. 

2) muayyan uslubda yozilgan asardagi lingvomadaniy konseptning ifodalanishi tadqiqi. 

 3) qiyosiy yo‘nalishdagi tadqiqotlar. 

4) lingvokulturologiyaning pedagogika fani bilan bog‘liq jihatlari.

400

O'zbek tilshunosligida kimning nomzodlik ishida o‘zbek va ingliz tillaridagi sentensiya, ya’ni axloqiy-ta’limiy xarakterdagi matnlarning milliy-madaniy xususiyatlari yoritilgan?

Z.I.Soliyevaning

400

V. N. Teliyaga ko‘ra, lingvokulturologiya nimalarni o'rganadi?

lingvokulturologiya, avvalo, jonli kommunikativ jarayonlarni va ularda qo‘llaniladigan til ifodalarining sinxron harakatdagi xalq mentaliteti bilan aloqasini tadqiq qiladi

400

Lingvokulturologiyaning predmeti nimadan iborat?

Lingvokulturologiya tilni madaniyat fenomeni sifatida o‘rganuvchi fan bo‘lib, o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan til va madaniyat uning predmetini tashkil qiladi.

400

"...lingvokulturologiya tilshunoslik va madaniyatshunoslik bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, u sintezlovchi xususiyatga ega" Fikr muallifi kim?

N. Alefirenko

500

Kim lingvokulturologiya rivojlanishini quyidagi uch davrga ajratadi:

1) fanning shakllanishiga asos bo‘lgan dastlabki tadqiqotlarning yaratilishi (V. Gumboldt, E.Benvenist, L.Vaysgerber, A. A. Potebnya va E. Sepir kabi tilshunoslarning asarlari);

2) lingvokulturologiyaning alohida tadqiqot sohasi sifatida shakllanishi;

3) lingvokulturologiyaning fundamental, mustaqil fan sifatida vujudga kelishi

V.A.Maslova

500

Nechanchi asrning boshlariga kelib lingvokulturologiya jahon tilshunosligidagi yetakchi yo‘nalishlardan biriga aylandi?

XXI asr

500

Kimning ishida “Matnning antroposentrik tadqiqi” nomli monografiyasining alohida bobi o‘zbek tilidagi matnlarning lingvokulturologik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan?

D. Xudoyberganovaning

500

N. Mahmudovning “Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab...” nomli maqolasida lingvokulturologiyaning qaysi masalalari yoritlgan?

lingvokulturologiyaning mohiyati va bu sohadagi muammolar ko‘rsatib berilgan

500

XX asrning oxiriga kelib Moskvada nechta lingvokulturologik maktab yuzaga keldi?

4