Nazariy asoslar
O’zbekiston hududlari xaritasi
Hududiy siyosat vositalari
Rivojlanish istiqbollari
Tahlil va xalqaro tajriba
100

Hududiy (mintaqaviy) siyosat nima?

Davlatning hududlar o’rtasidagi tafovutlarni kamaytirish va ularni muvozanatli rivojlantirishga qaratilgan faoliyati.

100

Toshkent nima? 

O’zbekistonning poytaxti, respublika ahamiyatiga ega shahar.

100

Dotatsiya (subvensiya) nima?

Markaz tomonidan kam ta’minlangan hududlarga beriladigan moliyaviy yordam.

100

Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi nima?(+YILLARNI AYTING)

2022–2026 yillarga mo’ljallangan, mamlakat va hududlarning ustuvor vazifalarini belgilab beruvchi strategiya.

100

Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot (YaHM) nima?

Hududlarning iqtisodiy rivojlanish darajasini solishtirishda ishlatiladigan, aholi jon boshiga hisoblangan ko’rsatkich.

200

Hududiy nomutanosiblik (disproporsiya) nima?

Bir hudud boy, boshqasi esa qoloq bo’lsa, bu holat hududiy ... deb ataladi.

200

Qoraqalpog’iston Respublikasi nima?

Markazi Nukus shahrida joylashgan, O’zbekiston tarkibidagi respublika. 


200

Erkin iqtisodiy zona nima?

Soliq va bojxona imtiyozlari beriladigan maxsus hudud, masalan, Navoiy industrial zonasi.

200

Dengizning qurishi oqibatida ekologik va ijtimoiy jihatdan eng ko’p zarar ko’rgan hudud (qaysi qismi)?

Orolbo'yi

200

Daromadlar tengsizligini 0 dan 1 gacha bo’lgan qiymat bilan o’lchaydigan koeffitsient.

jini koeffisenti

300

O’sish qutblari nima?

bu iqtisodiy o‘sish va innovatsiyalarning asosi hisoblangan, atrofdagi hududlarning rivojlanishiga kuchli turtki beradigan yetakchi tarmoqlar, korxonalar yoki geografik markazlar (shaharlar) majmuasidir.


300

O‘zbekiston tarkibida nechta birinchi darajali ma’muriy-hududiy birlik bor?

14 TA


300

Kichik sanoat zonalari nima?

Tadbirkorlarga tayyor infratuzilma bilan taqdim etiladigan va hududlarda ish o’rinlari yaratishga xizmat qiladigan sanoat maydonlari. 

300

Samarqand, Buxoro va Xiva «Buyuk Ipak yo’li» shaharlari sifatida qaysi tarmoqning rivojlanishi uchun katta imkoniyatga ega?

Turizm

300

Aqlli ixtisoslashuv (smart specialization) nima?

Yevropa Ittifoqida hududlarga o’zining kuchli tomonlariga tayanib innovatsion yo’nalishni tanlashga yordam beradigan yondashuv.

400

Kumulyativ (o’zaro kuchayib boruvchi) sabablar tamoyili nima?

Shved iqtisodchisi Gunnar Myrdal fikricha, boy markaz kambag’al hududlardan kapital va mehnat resurslarini o’ziga tortadi, natijada tafovut yanada kuchayadi.

400

Ikki karra yopiq (dengizga chiqish imkoni yo’q) davlat nima? MISOL KELTIRING

O’zbekiston va Lixtenshteyn dunyodagi yagona davlatlar bo’lib, ularning har biri dengizga chiqishi yo’q davlatlar bilan o’ralgan.

400

Mahalla nima?

Aholi bilan eng quyi darajada ishlaydigan, O’zbekistonga xos o’zini o’zi boshqarish instituti.

400

Barqaror rivojlanish tamoyilining uch ustuni: iqtisodiy, ijtimoiy va ...

ekologik


400

BONUSSS BO"LSIIIN :)

400 ball

500

Teskari U shaklidagi egri chiziq nima?

Uilyamson gipotezasiga ko’ra, iqtisodiy o’sish boshida hududiy tengsizlikni oshiradi, keyin esa kamaytiradi.

500
BONUSSSSS!

500 BALL

500

Detsentralizatsiya nima?

Vakolat va resurslarni markazdan quyi hokimiyat darajalariga o’tkazish jarayoni.

500

Aglomeratsiya nima?

Yirik shahar va uning atrofidagi aholi punktlarining yagona iqtisodiy va ijtimoiy makonga birlashishi.

500

Mintaqaviy iqtisodiy siyosatda desentralizatsiyaning (vakolatlarni markazdan hududlarga o'tkazishning) asosiy afzalligi qaysi biri?

A) Davlat byudjeti xarajatlarini mutlaq qisqartirish va soliqlarni butunlay yo'q qilish.

B) Hududlar o'rtasidagi iqtisodiy raqobatni to'xtatish va yagona narx siyosatini o'rnatish.
C) Mahalliy ehtiyojlar va xususiyatlarni inobatga olgan holda tezkor va samarali qarorlar qabul qilish.

D) Markaziy hukumatning boshqaruvdagi rolini mutlaqo yo'q qilish.

 

C