Davlatning asosiy vazifalaridan biri bu iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi va davlat bunga qaysi yo'l bilan erishadi?
Monetar (pul-kredit) va fiskal (budjet-soliq) siyosatini qo'llash orqali.
Pul bozori nimani anglatadi?
Osonlik bilan naqdga aylatirilishi mumkin bo'lgan likvidli va qisqa muddatli aktivlar savdosi uchun moliyaviy segmentni anglatadi.
Pul-kredit siyosati nima?
Markaziy bank tomonidan pul massasini va foiz stavkalarini nazorat qilish orqali iqtisodiyotni boshqarish uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar.
IS-LM what it stands for?
2. LM - liquidity preference and money supply
Iqtisodiy o'sish?
Real YAIMning uzoq vaqt davomida to'liq bandlik sharoitidagi o'sib borish tendensiyasi.
Budjet-soliq siyosati deganda nima tushiniladi?
Noinflatsion YAIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to'liq bandlilikni, to'lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o'sishni ta'minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o'zgartishni o'z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi
Moliya bozori va uning turlari?
Moliya bozori – bu moliyaviy aktivlar (aksiyalar, obligatsiyalar, valyuta, kreditlar va boshqalar) sotiladi va xarid qilinadigan bozorlar majmuasidir.
Turlari:
1. Kapital bozori
2. Pul bozori
3. Valyuta bozori
4. Derivativlar bozori
5. Fond bozori
Monetar siyosat turlari? Ularning amalga oshirilishi?
1.Ekpansion pul-kredit siyosati:
*Foiz stavkalarini pasaytirish
*Iqtisodiy faollikni rag'batlantirish uchun pul massasini ko'paytirish
2.Qisqartirilgan pul-kredit siyosati
*Foiz stavkasini oshirish
*Inflyatsiyani nazorat qilish uchun pul massasisini kamaytirish.
I=e-dR bu nimani beradi?
Investitsiyalar funksiyasini
Iqtisodiy o'sish muammolari?
2) Atrof-muhitga ta'siri
3) Globallashuv: mahalliy iqtisodiyot va mehnat bozorlariga ta'siri
Hukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflatsiya su'ratlari va to'lov balansi holatini o'zgartirishga yo'naltirilgan, maxsus qarorlarni qabul qilishi natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat budjeti qoldig'íni o'zgartirilishi ... deyiladi?
Pulning qanday vazifalari bor?
1. Muomala vositasi
2. Qiymat o'lchovi
3. Jamg'arma vositasi
Foiz stavkasi?
Bu iqtisodiy faoliyatga ta'sir qilish uchun markaziy bank tomonidan o'rnatilgan qarzga olingan pul xarajatlari yoki jamgármalarning daromadliligi.
M/P=kY-hR bu nimani beradi?
Pulga bo'lgan talab funksiyasini
Iqtisodiy o'sish omillari ikkinchi guruhi qanday omillar hisoblanadi?
Talab va taqsimot omillari ( bilvosita omillar)
Nodiskret fiskal siyosat o'rnatilgan barqarorlashtirgichlarga asoslanadi. Rivojlangan malakatlarda o'rnatilgan barqarorlashtirgichlar rolini nimalar o'ýnaydi.?
Progressiv soliq tizimi, davlat transferlar tizimi va foydada ishtirok etish tizimlari.
Pulga bo'lgan talab nimani bildiradi?
Uy xo'jaliklari va korxonalarining naqd pul yoki likvidli aktivlarni investitsiya qilishdan ko'ra ushlab turish istagini bildiradi.
Multiplikator miqdoriga ta'sir etuvchi ko'rsatkichlar?
1. Depotentlash koeffitsiyenti
2. Majburiy zaxiralar
3. Zaxira koeffitsiyenti
4. Ortiqcha zaxiralar
Siqib chiqarish ?
Bu iqtisodiy hodisada davlat xarajatlarining o'sishi xususiy ivestitsiyalar va sof eksportni siqib chiqaradi
E.Domar modeli qanday model?
E.Domar investitsiyalarni ham talab ham taklif omili deb qaraydi. Ya’ni investitsiyalar nafaqat multiplikativ ta’sir ko‘rsatib yalpi talabni oshiradi, balki ishlab chiqarish quvvatlarini yuzaga keltirib, ishlab chiqarishni rivojlantiradi, tovarllar taklifini oshiradi.
Berilgan masalani yeching:
Davlat xarajatlari 40 birlik ortgan.
b=0.8 t=0.25
YAIM qancha birlik ortgan?
1) m=1/1-b*(1-t)
2) 'Y='G*m
Javob: 'Y=100
Pulga bo'lgan talabning asosiy omilli klassik nazariyada nima deb ko'rsatiladi?
Real daromad
Pul-kredit siyosatining uzatma mexanizmlarini ketma-ketlikda sanang.
* Markaziy bank
* Pul bozori
* Tovor bozori
* YAIM o'sishi
Likvidlilik tuzog'i qachon yuzaga keladi?
Monetar siyosat yalpi talab va milliy daromadni rag'batlantirish vositasi sifatida kutilgan samarani keltirib chiqarmaganda.
Endogen o'sish nazariyasi asosiy ishtirokchilari kimlar?
Pol Romer, Robert Lukas