Psixologlarning fikricha qaysi oy eng shirin oy hisoblanadi?
Asal oyi
Nima uchun inson orqasiga qaraydi?
Chunki, orqasida ko’zi yo’q.
Koreys tiliga poytaxt so’zini tarjima qiling.
Seul
Nimaning 5 ta barmog’i bor, tirnoqlari yo’q?
Qo’lqop
Tuyaga qushning tuxumini bostirsa nima bo’ladi?
Isrof bo'ladi
Bozorda ko’rmaysiz, ko’rsangiz ham olmaysiz, olsangiz ham kiymaysiz, kiysangiz ham ko’rmaysiz. U – ?
Kafan
Ukraina, Xitoy, Turkiya, Kanada kabi davlatlarda u 2 ta, O’zbekistоn, Rоssiya, Frantsiya, Italiya kabi davlatlarda – 3 ta, Efiоpiya, Surinam, Quvayt, Suriyada – 4 ta. Savоl: Lixtenshteyn va Liviyada u nechta?
1
*davlat bayrog’idagi ranglar soni
Qaysi qizning otasi yo’q, onasi yo’q – bobosi bor?
Qorqiz
U eng arzon va eng qimmat mulk. Undan to’g’ri foydalanilsa dahoga aylanish mumkin. U nima?
Vaqt
Bir kishining 7 ta qizi bor. Qizlarning har birini bittadan akasi bor. Savol: u kishining nechta farzandi bor?
U kishining 8 ta farzandi bor. Kattasi o’g’il 7 ta qizga aka bo’ladi.
U Geyms Kukda kichkina, Arnold Shvartsnegrda katta, Madonna va Kleopatrada umuman yo’q, Rim papasida bor, lekin uni ishlatmaydi. Gap nima haqida ketyapti?
Familiya
Qiziq savol: XIX asrlarda yevropada velosiped minish juda ommalashib ketadi. Velosiped bahona ayollarning azaliy orzularining ushalishi tezlashib ketadi. Savol: velosiped bahona ayollar qanday orzularini amalgam oshirib olishdi?
Shim kiyib yurish
Tseylonda har bir oilaniki alohida o’z hovlisida joylashgan, bizning yerlarda esa hammaniki umumiy. Savol: nima haqida gap ketmoqda?
Qabriston
u ikki aka uka bir joyda tug’ilgan. Yosh orasi ham uncha uzoq emas. Akasi 4 yil yashagan, ukasi akasidan 2 yil ko’proq yashagan. Bu g’alati mashhur aka ukalar nimalar?
I va II jahon urushi
Uganda, Ekvador, Kolumbiya, Indoneziya, Somali, Kenya, Braziliya, Kongo. Bu davlatlarni bir narsa birlashtirib turadi. U nima?
Bu mamlakatlar ekvatorda joylashgan.
Har yili millionlab odamlar haj amalini bajarishadi. Makka shahriga bu tadbirni o’tkazish uchun xavfsizlik masalalarida, xizmatkorlar, taksistlar va boshqa yollanma ishchilar jalb etiladi. Turkiya davlatidan bir kasb vakillaridan 30 minglab kishilar chaqiriladi. Savol: bu qaysi kasb vakillari va ular qanday ishni bajarishadi?
Qassoblar, ular qurbonlikka atalgan qo’ylarni so’yadilar.
L.N.Tolstoy maishiy turmushga bag’ishlangan barcha asarlar, roman bo’ladimi, film bo’ladimi, qissa afsona bo’ladimi voqealar rivojlanib borib u bilan tugaydi, hayotda esa aksincha hamma voqealar undan keyin boshlanadi degan. Mantiqiy o’ylab aytingchi, L.N.Tolstoy nimani nazarda tutgan?
To'y
Eng birinchi uning yorug’ligi ko’rinadi, so’ng ovozi eshitiladi, so’ng shamolini his qilasiz, ana undan keyingina o’zi kirib keladi. Gap nima haqida ketmoqda?
Metroning bekatga kirib kelishi.
U qush o’z qanotlari yordamida suv tagida suza oladi. Tezligi esa 10 m/s. Eng qizig’I, u qush shuncha tez suzsa ham ucha olmaydi. Bu qaysi qush?
Pingvin
Sarkarda Iskandar Zulqarnaynning qo’shinlari orasida maxsus 700 kishilik saralangan jangchilari bor edi. Ularning bir xislati tufayli raqib qo’shinlari ular bilan jang qilishga qiynalishar edi. Savol: saralangan jangchilarning qanday xislati bor edi?
Ular chapaqay edi.
Qadimgi Sparta ayollari erlari qabriga borganda o’z vafodorliklarini belgisi sifatida bir kichkina idishda hech qayerda sotilmaydigan suyuqlik quyib kelishar ekan. Savol: qanday suyuqlik haqida gap ketmoqda?
Ko’zyosh
Suaxili tilini bilmaysiz, lekin u tildagi bir so’zni mashhur multfilmdan ko’p eshitganmiz va ishlatganmiz. Bu so’zning ma’nosi havotirsiz yaxshi yashash degani. Bu qaysi so’z?
Akuna matata
Nurotada bu narsa juda ham ko’p. Bu narsaga quyidagicha nomlar ham qo’yilgan: Mastak, Zuli, Zulfiqor, Mozor, Begli, Tayla, Maston. Nurotadagi bu nomlar nima narsaga qo’yilgan?
Buloqlarga
Odatda odamning yuragi 1 ta bo’ladi. Mantiqan o’ylab aytingchi, qanday odamda yurak 2 ta bo’ladi?
Homiladorayollarda
Choyga shaker solib qaysi qo’l bilan aralashtirgan ma’qul?
Qo’l bilan emas, choyqoshiq bilan aralashtirgan ma’qul.