YAIM nima?
bu muayyan davr (odatda 1 yil) davomida mamlakat hududida ishlab chiqarilgan barcha yakuniy tovarlar va xizmatlarning bozor qiymati.
Ishsiz deb kim hisoblanadi?
Ishga layoqatli (odatda 16+ yosh)
Hozirda ishga ega emas
Faol ravishda ish izlayotgan
Ishlashga tayyor
Inflyatsiya so'zining lug'aviy ma'nosi
Shishish, bo'rtish
Pul-kredit tizimining “yuragi” nima?
Markaziy bank, chunki u iqtisodiy tizimga foiz stavkasi va pul massasini boshqarish orqali “ritm” beradi.
Amerikadagi Ozodlik haykali qo'lida nimani ushlab turibdi?
mash'ala
YAIM qanday usullar orqali hisoblanadi?
YAIM 3 ta asosiy usul orqali hisoblanadi:
Ishlab chiqarish usuli
Xarajatlar usuli
Daromadlar usuli
Sanoat rivojlangan sari qaysi turdagi ishsizlik ortadi?
Strukturaviy ishsizlik — yangi texnologiyalar eski kasblarni yo‘q qiladi.
Deflyatsiya nima?
Narxlarning pasayishi. Yaxshi ko‘rinishi mumkin, lekin iqtisodda talab pasayishi va inqirozga olib kelishi mumkin.
Zaxira normasi pasaysa, iqtisodiy ta’siri qanday bo‘ladi?
Banklar ko‘proq kredit bera oladi → iqtisodiy faollik oshadi.
Bo’lajak graf Monte-kristo bo’lmish Edmon Dantes qallig’ining ismi nima bo’lgan?
Mersedes
YAIM tarkibiga nimalar kirmaydi?
Uy bekalari mehnati
Noqonuniy iqtisodiyot
Ikkilamchi bozor operatsiyalari (mashina qayta sotilishi)
Transfer to‘lovlari (pensiya, stipendiya)
Ishsizlik darajasi 0% bo‘lishi mumkinmi?
Yo‘q. Chunki friksion va strukturaviy ishsizlik har doim mavjud bo‘ladi. To‘liq bandlik hatto eng rivojlangan davlatlarda ham 3–5% atrofida.
Inflyatsiya davrida qaysi tovarlarga talab oshadi?
Ko‘chmas mulk, oltin, yer, avtomobil, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar.
Markaziy bank “ochiq bozor operatsiyalari”da nima sotadi?
Davlat qimmatli qog‘ozlari. Ularni sotsa – pulni bozorga kirita oladi, sotib olsa – pulni qaytarib oladi.
U juda qiyinchilik chog’ida dunyoga keladi. Yoshlik chog’idayoq uydan chiqib ketadi. Tirik qolish uchun qo’shiq aytib kun ko’radi va o’z konserti vaqtida joniga qasd qilishadi. Ushbu qahramon va qotilni toping.
tulki va bug`irsoq
YAIMning eng katta tarkibiy qismi odatda qaysi?
Iste’mol (C) – aksariyat mamlakatlarda YAIMning 55–70% qismini tashkil etadi.
Nima uchun ayrim davlatlarda ishsizlik rasmiy ko‘rsatkichdan ancha yuqori bo‘ladi?
Yashirin ishsizlik
Norasmiy sektorning kengligi
Migratsiya
Ish qidirishni tark etganlar statistikaga kiritilmasligi
Barcha jamoalarga bonus
100
Markaziy bankning asosiy quroli nima — pulmi yoki foizmi?
Foiz stavkasi. Pulni bosib chiqarish mumkin, lekin iqtisodga ta’sir qiluvchi eng kuchli “tugma” – bu hisob stavkasi.
19 — Sherlok Xolms ko’chada sayr qilib yurgan edi. To’satdan u yerda jonsiz yotgan ayol tanasiga ko’zi tushdi. Aftidan qotillikka o’xshardi. U ayolning yoniga kelib, uning sumkasini ochdi va uning telefonini oldi. Telefonda uning turmush o’rtog’i raqamini topib, unga qo’ng’iroq qildi va shunday dedi:
– Tezda yetib keling. Sizning ayolingiz jonsiz topildi.
Bir necha daqiqadan keyin ayolning turmush o’rtog’i yetib kelib: “Azizam, senga nima bo’ldi, nega?”, – deya yig’lab yubordi. Shundan so’ng politsiya yetib kelgach, Sherlok barmog’i bilan ayolning turmush o’rtog’iga ko’rsatib: “Bu odamni hibsga oling, u o’z ayolining qotili”, – deb aytdi. Savol: Sherlok nega bunday qarorga keldi?
herlok Xolms erkakka qotillik sodir bo’lgan manzilni aytmagan edi.
Qaysi mamlakatda YAIM jon boshiga eng yuqori, lekin umumiy YAIM past?
Lyuksemburg — aholisi kam, jon boshiga YAIM yuqori, lekin umumiy YAIM AQSh yoki Xitoy bilan solishtirganda juda kichik.
Qaysi ishsizlik turi iqtisodiyotga eng ko‘p zarar qiladi?
Siklik ishsizlik — korxonalar ishlab chiqarishni qisqartiradi, talab pasayadi va iqtisodiyot spiralda pastlaydi.
Qaysi turdagi inflyatsiya odamlarni “yarim tunda ham do‘konga yugurtiradi” deyishgan?
Giperinflyatsiya — narxlar kuniga o‘nlab foizga oshadigan davr. Masalan, Zimbabveda odamlar nonni ertalab olmasalar, kechga borib uning narxi ikki baravar bo‘lib ketardi.
Markaziy bank nega doimo banklarga qarz berib turadi?
Chunki banklar iqtisodning “qon tomirlari”, markaziy bank esa “yurak”. Yurak qon yubormasa — tizim ishlamaydi.
Birdan keyin yuzta nolning nomi nima?
gugol