YaIM nima?
mamlakat rezidentlari tomonidan ma’lum muddat davomida ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarining umumiy yig‘indisidan iborat.
Iqtisodiy davr nima?
iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin-ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib,o‘zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tushuniladi.
Inflyatsiya nima?
ma’lum davr mobaynida mamlakatda baholar o‘rtacha (umumiy) darajasining barqaror o‘sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi
Jamg'arma bu?
bu mamlakat yoki firmalar ixtiyoridagi turli majburiy to'lovlar chegirib tashlangandan qolgan daromadning bir qismi.
Pulning asosiy nechta vazifasi mavjud va ular qaysilar?
4ta:
1. Qiymat о‘lchovi.
2. Ayirboshlash vositasi.
3. Xazina to‘plash va jamg‘arish vositasi.
4. To‘lov vositasi.
YalM necha xil usul bilan hisoblanadi va ular qaysilar?
uch xil usul bilan hisoblanadi:
1) ishlab chiqarish usuli;
2) xarajatlar usuli;
3) daromadlar usuli.
Iqtisodiy davrlar nechta bosqichni o‘z ichiga oladi va ular qaysilar?
4ta:
1.Cho'qqi(Yuksalish)
2.Pasayish
3.Inqiroz
4.Jonlanish
Qaysi usul narxlarning barqaror o‘sishi sharoitida inflyatsiya darajasi necha yilda ikki baravarga oshishini aniqlash imkonini beradi
«70-miqdor qoidasi»
Iste'mol funsiyasini yozing.
C = a + b Yd
Rivojlangan mamlakatlarda pul massasini aniqlashda nechta pul agregatlaridan foydalaniladi?
4ta:M0; M1; M2; M3
YaIM = S + I + G + Xp quyidagi formula YaIM ni qaysi usul bilan hisoblash formulasi?
YaIMni xarajatlar orqali hisoblash formulasi
Iqtisodiy davrning qaysi bosqichida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta sekin oshib, ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish va to‘liq bandlik darajasiga erishiladi.
Jonlanish
Fillips egri chizig‘i nimani tasvirlaydi?
Fillips egri chizig‘i ishsizlik va inflyatsiya darajalari o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni tasvirlaydi.
Jamg'arish funsiyasini yozing.
S = -a + (1 -b) Yd
M0 – pul agregatiga tarkibiga qanday pullar kiradi?
muomaladagi naqd pullar;
Sof ichki mahsulot nimaga teng?
YaIMdan amortizatsiya summasi ayrilganiga
Juglar siklining davomiyligi qancha?
7-12 yil
Talab inflyatsiyasi qanday sharoitda paydo bo'ladi?
Talab inflyatsiyasi iqtisodiyotda talab keskin oshibflcetishi va uni ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirish mumkin bo‘lmay qolgan sharoitlarda kelib chiqadi
Iste’molga va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik yig‘indisi necha teng?
100% ga yoki 1ga teng
Pul-kredit siyosati bu?
Pul-kredit siyosati deganda, to‘liq bandlik sharoitida jami mahsulotni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o‘zgartirish tushuniladi
YalM 6000 pul birligiga, iste’mol xarajatlari 4200 pul birligiga,davlat xarajatlari 900 pul birligiga, sofeksport esa 120 pul birligiga teng.Sof investitsiya hajmini toping.
J:580
Yechilishi:
1.I = YalM - S - G - X
2.Sof investitsiyalar = Yalpi investitsiyalar - amortizatsiya
"Unga ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan ta’minlanishni kutayotgan ishchi kuchlari kiradi." Qausi ishsizlik turiga tarif berilgan?
Friksion ishsizlik
Aksilinflyatsiya siyosati nima?
Aksilinflyatsiya siyosati-baholar umumiy darajasini barqarorlashlirish, inflyatsion keskinlikni yumshatishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy siyosat
I = e - dR
Qaysi funksiyani formulasi?
Avtonom investitsiya funksiyasi
Pul talabini izohlashda Kembridj tenglamasi yozing.
М = к X PY