1
2
3
4
5
100

1936-yilda “Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” asarini yozib, makroiqtisodiyotga to‘liq talqin bergan olim ismini keltiring.

John Maynard Keynes.


100

Agregatlash usuli nima?

Milliy iqtisodiyotdagi jarayonlarni yagona ko‘rsatkichlar orqali umumlashtirishga asoslangan usul.

100

Fiziokratlar maktabi nima?

Yer, mehnat va kapital asosiy ishlab chiqarish omillari sifatida qaraladigan maktab.

100

Adam Smitning eng mashhur nazariyasi?

“Bozorning ko‘rinmas qo‘l" nazariyasin

100

YaIMni xarajatlar usuli bilan hisoblashda uy xo‘jaliklari xarajatlari qaysi guruhni tashkil qiladi?

Iste’mol xarajatlari (C).

200

Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyotning asosiy farqi nimada?

Mikroiqtisodiyot alohida firmalar va uy xo‘jaliklarini o‘rganadi, makroiqtisodiyot esa butun iqtisodiyot miqyosidagi jarayonlarni (YaIM, inflyatsiya, ishsizlik) o‘rganadi.

200

Ishsizlik turlaridan asosiy 3 tasini sanab bering.

Friksion ishsizlik, Strukturaviy ishsizlik, Tsiklik ishsizlik

200

Friksion ishsizlikning mavjudligi iqtisodiyot yomon ishlayotganidan dalolat beradimi?

Yo‘q. Friksion ishsizlik — mehnat bozorida sog‘lom harakat belgisi (odamlar yaxshi ish qidiryapti).

200

Ishsizlik darajasini hisoblash formulasi qanday?

(Ishsizlar soni/Mehnat kuchi)× 100%.


200

Agar inflyatsiya bo‘lsa, nominal va real YaIMdan qaysi biri tezroq o‘sadi?

Nominal YaIM tezroq o‘sadi, chunki u narxlarning oshishini ham aks ettiradi, real YaIM esa faqat hajm o‘zgarishini ko‘rsatadi.

300

Davlat byudjeti taqchilligi AD-AS modelida qaysi egri chiziqqa ko‘proq ta’sir qiladi?

Asosan Yalpi talab (AD)ga ta’sir qiladi (davlat xarajatlari kamayadi yoki soliqlar oshiriladi).

300

Makroiqtisodiy siyosatning ikki asosiy turi qaysilar?

Fiskal siyosat va monetar (pul-kredit) siyosat.

300

YaIM deflatori nimani o‘lchaydi?


Nominal va real YAIM o‘rtasidagi narx darajasining umumiy o‘zgarishini.



300

Ouken qonuni

Ishsizlik tabiiy darajasidan 1% ga farq qilishi YaIMni 2.5%ga o'zgartiradi

300

Makroiqtisodiyotning asosiy o‘rganish obyekti nima?

YaIM, inflyatsiya, ishsizlik, iqtisodiy o‘sish, tashqi savdo.

400

To‘liq bandlik iqtisodiyoti deganda nimani tushunamiz?

Tsiklik ishsizlik bo‘lmagan, faqat tabiiy ishsizlik (friksion + strukturaviy) mavjud bo‘lgan holat.


400

Har bir iqtisodiy pasayishdan keyin tiklanish bo‘lishi shartmi?

Ha, uzoq muddatda iqtisodiyot doim tiklanadi, chunki bozor mexanizmlari va davlat siyosati ishlab chiqarishni yana potensial darajaga qaytaradi.

400

Bonus

400 ball

400

YaIMni hisoblashda oraliq mahsulotni qo‘shib yuborish qanday xatoga olib keladi?

Takroriy hisobga olib keladi va YaIM sun’iy ravishda kattalashtiriladi.

400

Strukturaviy ishsizlik vaqt o‘tishi bilan friksion ishsizlikka aylanishi mumkinmi? Nega?

Ha, agar ishchilar yangi malaka hosil qilib, vaqtinchalik ish izlash bosqichiga o‘tsa.

500

Fiskal siyosat” va “Pul-kredit siyosati” o‘rtasidagi asosiy farq nimada?

Fiskal siyosat — davlat byudjeti orqali soliqlar va xarajatlarni boshqarish; Monetar siyosat — pul massasi va foiz stavkalarini boshqarish.

500

Agar ishsizlik darajasi tabiiy darajadan past bo‘lsa, bu iqtisodiyot uchun qanday xavfni tug‘diradi?

Ishchi kuchi yetishmasligi sababli inflyatsion bosim ortadi va ishlab chiqarish xarajatlari ko‘tariladi.


500

Agar davlatning eksporti ham, importi ham oshsa, bu YaIMga qanday ta’sir qiladi?

YaIM sof eksport (Xn = eksport – import) orqali hisoblanadi. Agar eksport va import bir xil darajada oshsa, sof eksport o‘zgarmaydi, demak YaIM ham o‘zgarmaydi.


500

Deflyatsiya hisoblanganda Nominal YaIM real YaIMdan kichik chiqishi mumkinmi? Nima uchun?

Ha, agar hisoblash davrida narx darajasi bazis yilga nisbatan pasaygan bo‘lsa (deflyatsiya sharoitida).



500

Makroiqtisodiy tahlilda ko‘pincha qaysi ko‘rsatkich iqtisodiy o‘sishni baholash uchun ishlatiladi?

Yalpi ichki mahsulot (YaIM).