To'lov balansi
Iqtisodiy davr. Ishsizlik
Inflyatsiya
Iste'mol, jamg'arish va investitsiya funksiyasi.
Davlat byudjeti,soliqlar
100

Toʻlov balansi nima? 

Bu hujjat mamlakatning chetdan kelgan tushumlari va chetga to‘lovlarini yig‘indisi.

100

Iqtisodiy davr nima? 

iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin-ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib,o‘zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tushuniladi. 

100

Inflyatsiyaning turlari 

Mo'tadil,yuguruvchi,giperinflyatsiya

100

Iste'mol funksiyasidagi a va b harflar nimani anglatadi

a avtonom iste'mol, b iste'molga me'yoriy moyillik

100

Davlat byudjeti nechta qismdan iborat

2 ta:daromadlar va xarajatlar
200

Tovarlar va xizmatlar eksporti bilan bog‘liq yozuv toʻlov balansida qanday belgi bilan ko‘rsatiladi?  

Kredit

200

Iqtisodiy davrlar nechta bosqichni o‘z ichiga oladi va ular qaysilar? 

4ta:

1.Cho'qqi(Yuksalish) 

2.Pasayish 

3.Inqiroz 

4.Jonlanish 

200

Qaysi usul narxlarning barqaror o‘sishi sharoitida inflyatsiya darajasi necha yilda ikki baravarga oshishini aniqlash imkonini beradi

«70-miqdor qoidasi»

200

Iste'mol funsiyasini yozing. 

C = a + b Yd  

200

Byudjet profitsiti va defitsitiga ta'rif bering

Byudjet profitsiti-daromadlarning xarajatlardan ko'p,byudjet defitsiti-xarajatlarning daromadlardan ko'p bo'lgan holati

300

Joriy operatsiyalar qaysi toifalarni o‘z ichiga oladi?

Tovarlar, xizmatlar, daromadlar va pul o‘tkazmalari

300

Iqtisodiy davrning qaysi bosqichida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta sekin oshib, ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish va to‘liq bandlik darajasiga erishiladi.

Jonlanish

300

Fillips egri chizig‘i nimani tasvirlaydi? 

Fillips egri chizig‘i ishsizlik va inflyatsiya darajalari o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni tasvirlaydi.

300

Jamg'arish funsiyasini yozing. 

S = -a + (1 -b) Yd

300

Umumdavlat soliqlariga qanday soliq turlari kiradi?

 Yuridik va jismoniy shaxslar daromadiga soliq,qo'shilgan qiymat solig'i,aksiz solig'i,bojxona va davlat boji

400

Agar eksport daromadi import xarajatidan kam bo‘lsa, joriy hisob qanday holatga keladi va uni qanday yo‘l bilan qoplash mumkin?

Joriy hisob taqchilligi — uni rasmiy rezervlar yoki tashqi qarz orqali qoplash mumkin

400

Ishsizlikni qaysi formula orqali aniqlaymiz 

Ishsizlar soni/Ishchi kuchi*100%

400

Talab inflyatsiyasi qanday sharoitda paydo bo'ladi? 

Talab inflyatsiyasi iqtisodiyotda talab keskin oshibflcetishi va uni ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirish mumkin bo‘lmay qolgan sharoitlarda kelib chiqadi

400

Iste’molga va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik yig‘indisi necha teng? 

100% ga yoki 1ga teng

400

Bilvosita soliqlarga misollar bering

Qo'shilgan qiymat solig'i,aksiz solig'i,bojxona bojlari,Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq 

500

Erkin suzib yuruvchi kurs qanday shakllanadi?

Bozor talab va taklifi asosida erkin o‘zgaradi


500

"Unga ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan ta’minlanishni kutayotgan ishchi kuchlari kiradi." Qausi ishsizlik turiga tarif berilgan? 

Friksion ishsizlik

500

Aksilinflyatsiya siyosati nima? 

Aksilinflyatsiya siyosati-baholar umumiy darajasini barqarorlashlirish, inflyatsion keskinlikni yumshatishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy siyosat

500

Break-even daromad nima?

Tasarrufdagi daromad va iste'mol teng bo'lgandagi daromad

500

Laffer egri chizig'i nima? 

soliq stavkasi va soliq miqdori o'rtasidagi bog'liqlikni ifodalab beruvchi egri chiziq