Ta’lim turlarini sanab bering.
maktabgacha ta’lim va tarbiya;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
maktabdan tashqari ta’lim.
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida qanday davlat xizmatlari joriy etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son hamda “Raqamli O‘zbekiston — 2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son farmonlarining ijrosini ta’minlash va xalq ta’limi tizimida davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Dual ta’lim nima?
Dual ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.
Dual ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ta’lim menejmentining asosiy maqsadi nimadan iborat?
Boshqaruv hokimiyati va san’ati;
-Resurslami boshqarish bo‘yicha alohida mohirlik va ma’muriy ko‘nikmalar, degan ma’nolarni anglatadi. Boshqacha aytganda, menejment — bu boshqaruv, ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, foyda miqdorini ko^paytirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv — bu o‘ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir.
Manfaatlar to‘qnashuvi nima? Manfaatlar to‘qnashuvining ko‘rinishlari?
Manfaatlar to‘qnashuvi davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning o‘z xizmat vakolatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatadigan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda fuqarolarning, jamiyatning yoki davlat organining shaxsiy manfaatdorligi va huquqlari, qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga keladigan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatdir.
Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, davlat fuqarolik xizmatchisi o‘zining rahbariga yoki yuqori turuvchi davlat organiga darhol yozma shaklda xabar qilishi kerak.
Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olgan davlat organining rahbari yoki yuqori turuvchi davlat organi ushbu to‘qnashuvni bartaraf etish yuzasidan o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shart.
Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va hal etish tartibi qonun bilan belgilanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim qanday bosqichlardan iborat?
boshlang‘ich ta’lim (I — IV sinflar);
tayanch o‘rta ta’lim (V — IX sinflar);
o‘rta ta’lim (X — XI sinflar).
Umumta’lim maktablarining Tayanch o‘quv rejasida umumta’lim fanlari qanaqa tartibda va yo‘nalishda taqsimlanadi?
Filologiya fanlari
Ijtimoiy fanlar
Aniq fanlar
Tabiiy va iqtisodiy fanlar
Amaliy fanlar
Mustaqil ta’lim nima?
Mustaqil ta’lim xodimlar tomonidan o‘z lavozimi va mutaxassisligi bo‘yicha yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni ta’lim oluvchi tomonidan tuzilgan uzluksiz kasbiy ta’lim trayektoriyasi asosida mustaqil o‘zlashtirishni nazarda tutadi
Ichki tartib qoidalari deganda nima tushuniladi?
-umumiy o‘rta ta’lim muassasasida xodimlar va o‘quvchilar tomonidan ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlarda va muassasa Ustavida belgilab qo‘yilgan ta’lim jarayonida rioya etilishi shart bo‘lgan tartib va qoidalar.
Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi qanday bosqichlardan iborat ?Javob;
birinchi bosqich — oilalarda (ikki davr asosida: birinchi davr — homila davri, ikkinchi davr — bola tug‘ilganidan 3 yoshgacha bo‘lgan davr); ikkinchi bosqich — maktabgacha ta’lim 3 — 6 (7) yoshgacha bo‘lgan davr; uchinchi bosqich — umumiy o‘rta ta’lim tizimida (ikki davr asosida: birinchi davr — 7 (6) — 10 yosh boshlang‘ich sinf, ikkinchi davr — 11 — 17 yosh o‘rta va yuqori sinflar);
to‘rtinchi bosqich — ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band bo‘lmagan yoshlar, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari tizimida (ikki davr asosida: birinchi davr — o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim bilan qamrab olinmagan, shuningdek, ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band bo‘lmagan yoshlar 17 - 30 yosh, ikkinchi davr — o‘rta maxsus kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalarining o‘quvchi-talabalari 15 -22 (24) yosh).
Ta’lim tashkilotining ustavi kim tomonidan tasdiqlanadi va qaerda ro‘yxatga olinadi
Ta’lim tashkilotining ustavi ta’lim tashkilotining mutaxasislari tomonidan tasdiqlanadi va hududiy tegishli tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Ta’lim tashkilotlari attestatsiyasi deb nimaga aytiladi?
ta’lim tashkilotlari attestatsiyasi — ta’lim tashkilotlarining faoliyatini baholash, davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda o‘quv dasturlariga muvofiq kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini aniqlash bo‘yicha davlat nazoratining asosiy shakli
Qayta tayyorlashning qanday asosiy turlari mavjud:
Javob;
Qayta tayyorlashning asosiy turlari:
1.pedagogik qayta tayyorlash;
2.kasbiy qayta tayyorlash.
Pedagogik qayta tayyorlash — oliy ta’lim muassasalarining nopedagogik yo‘nalishlarini bitirgan mutaxassislarning bazaviy kasbiy ma’lumotini ta’limning tegishli turi Davlat ta’lim standarti (Davlat ta’lim talablari) bilan belgilanadigan
Odob-axloq qoidalari deganda nima tushuniladi
Odob-axloq qoidalari - umumiy o‘rta ta’lim muassasasida milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida xodimlar, o‘quvchilar va ota-onalar uchun belgilangan xulq-atvor me’yorlari.
Normativ-huquqiy hujjat turlari ?
Javob; Normativ-huquqiy hujjat qonunchilikka muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
Vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari;
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
Umumta’lim muassasasida Pedagogik kengash faoliyati nimalardan iborat
Pedagogik kengash umumta’lim muassasasi faoliyatiga doir asosiy masalalar kollegial muhokama qilinadigan, ta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, uning faoliyati bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha doimiy faoliyat yuritadigan oliy organ hisoblanadi. Pedagogik kengashning faoliyati jamoatchilik asosida tashkil etiladi.
Davlat akkreditatsiyasi deb qanday jarayonga aytiladi?
davlat akkreditatsiyasi — davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek nodavlat ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari deb yuritiladi) faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda ularning bitiruvchilariga ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirish huquqining taqdim etilishidan iborat jarayon;
Yuridik shaxs tushunchasi va turlari?
O‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi.
Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak.
Yuridik shaxslarning turlari
Foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi bo‘lmagan tashkilot) yuridik shaxs bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun maqsadi nimalardan iborat? Korrupsiya o‘zi nima?
2017 yil 3 yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi yaratildi. Uning asosiy maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasida asosiy tushunchalar berilgan bo‘lib, unda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik va manfaatlar to‘qnashuviga doir tushunchalarga ta’rif berilgan, ya’ni korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini, yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir
Har qanday murakkab ijtimoiy hodisa singari, korrupsiya tushunchasining ham umume’tirof etilgan yagona ta’rifi mavjud emas. Uning eng ko‘p tan olingan ta’rifi quyidagicha: (lot. corruptio — aynish, poraga sotilish) — mansabdor shaxsning o‘z mansabi bo‘yicha berilgan xuquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiiste’mol qilishidan iborat amaliyot. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham korrupsiya deyiladi.
. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi nechta yo‘nalishdan iborat ?
eng jamoatchilik muhokamasi natijasida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Taraqqiyot strategiyasi) va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — Davlat dasturi) 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin:
inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;
adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;
milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;
mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.
Maktab direktori o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash va ishdan bo‘shatish kimning vakolatida?
2023-yil 1-sentabrdan boshlab:
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlariga o‘z o‘rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish, ajratilgan umumiy soatlar doirasida o‘quv rejalariga 15 foizgacha o‘zgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi berildi
Uzluksiz kasbiy rivojlantirishda ta’lim olishning qanday shakllaridan foydalaniladi?
Uzluksiz kasbiy rivojlantirishda ta’lim olishning quyidagi shakllaridan foydalaniladi: ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish, masofaviy ta’lim, dual ta’lim, mustaqil ta’lim, malaka oshirishning muqobil shakllari
Jamoa shartnomasi qanday hujjat
Jamoa shartnomasi — korxonada ish beruvchi bilan xodimlar oʻrtasidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soladigan meʼyoriy hujjat
Korrupsiyaning kelib chiqish sabablari?
Tadqiqotchilar korrupsiya rivojlanishining to‘rtta asosiy sababini aniqlashdi.
Huquqiy sabablari. Korrupsiyaning rivojlanishi qonunlar sifatiga bog‘liqdir. Ba’zi qonunlar ishlamaydi va ayrim uddaburonlar bundan ustalik bilan foydalanadilar.
Institutsional sabablar. Birinchi o‘rinda davlat tomonidan tartibga solish tizimining kamchiliklari turadi. Shuningdek, demokratik institutlarning ojizligi, hukumat faoliyatining yaqinligi yoki bu tadbirlarning fuqarolik nazoratidan uzoqligi kiradi.
Ijtimoiy sabablar yoki ijtimoiy muhit. Bu omillarga aholining huquqiy bilim darajasi, madaniyat darajasi, ma’naviyati, jamiyat faoliyatining barcha javbhalarida sustligi kiradi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida Ichki audit xizmati qaysi qaror asosida qachon tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida Ichki audit xizmati 2023-yil 1-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PQ-224-sonli qarori (“O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”) asosida tashkil etilgan.
Mazkur qarorda Ichki audit xizmatining tashkil etilishi ta’lim tizimidagi moliyaviy va boshqaruv jarayonlarining shaffofligi, samaradorligi va qonunchilikka muvofiqligini ta’minlash maqsadida nazarda tutilgan. Shu bilan birga, Ichki audit xizmati vazirlikning ichki nazorat va tahlil bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtirishda ham ishtirok etadi