1-USTUN
2-USTUN
3-USTUN
4-USTUN
5-USTUN
10

Men tirik emasman, lekin o'saman; Mening o'pkam yo'q, lekin menga havo kerak; Mening og'zim yo'q, lekin suv meni o'ldiradi. Men nimaman?

Olov

10

Bozorda ko‘rmaysiz, ko‘rsangiz ham olmaysiz, olsangiz ham kiymaysiz, kiysangiz ham ko‘rmaysiz. Bu nima?

Javob: kafan

10

Stolning 4 ta burchagi bor. Uning bir burchagini kesib yuborsak nechta burchak qoladi?

5 ta

10

Jeyms Kukda kichkina, Arnold Shvartsnegerda katta, Madonna va Kleopatrada umuman yo‘q, Rim papasida bor, lekin ishlatmaydi. Gap nima haqida ketyapti?

Javob: Familiya

10

L.N. Tolstoy aytgan: “Maishiy turmushga bag‘ishlangan barcha asarlarda voqealar rivojlanib borib u bilan tugaydi. Ammo hayotda esa hamma voqealar undan keyin boshlanadi”. Tolstoy nimani nazarda tutgan?

👉 Javob: To‘y

20

 Kim o’tirgan holda yuradi?

Shaxmatchi.

20

Ikki ota va ikki farzand ketishayotgandi. Do’kondan uchta olma xarid qilishdi. Bo’lmadilar, kesmadilar, teng qilib bo’lib olishdi. Qanday qilib?

Ketayotganlar boto, ota va bola bo’lib, har biri bittadan olma olishgan.

20

Yengil yoki og’ir bo’lishi mumkin. Lekin vaznga ega emas.
Tez va asta bo’ladi, ammo yugurishga, uchishga, suzishga ham qodir emas.
U nima?

Musiqa

20

Counter Strike o’yinida M harfining bosilishi qanday funksiyani bajaradi?


J:O’yinchi tomonini o’zgartirish (kontrdan terrorga masalan)

20

Bu taomni nomni olishiga mashhur “adashining” aloqasi yo‘q. Shunchaki AQSHda mustaqillik kunini nishonlash jarayonida gazak yetishmasligi natijasida bosh oshpaz buni noilojlikdan yaratgan ekan. Ushbu taomning nomi nima?


J: Sezar salati (Sezar Kardani tomonidan topilgan)

30

Yerdan osonlikcha ko’tarish mumkin, lekin uni uzoqqa otib bo’lmaydi. Bu nima?

Qush pati

30

Erkak kishi o’zining bevasining singlisiga uylanishi mumkinmi?

Yo’q, o’zi vafot etgan kishi hech kimga uylana olmaydi.

30

Bu dinda olov, tuproq, suv va havo muqaddas sanalgan. Bu qaysi din ?


J: Zardushtiylik

30

 Itning bo’yniga 3 metr keladigan arqon bog’langan edi, lekin it to’g’ri yo’nalish bilan 5 metr yura oldi. U bunga qanday erishdi?

Arqonning ikkinchi uchi hech qayerga bog’lanmagan edi.

30

Qadimgi Misrda qaysi daryo mamlaka ning asosiy hayo  manbai bo‘lgan?

J: Nil daryosi

40

Zardushtiylik dinining muqaddas kitobining nomi nima?

J: Avesto

40

"Sening qalbing-hamisha ozod. Hech qachon uning ortidan ergashishga qo‘rqma. Agar ozod bo‘lmasang, nimaiki qilsang xam hech narsaga arzimaydi." Ushbu so'zlar qaysi mashxur filmdan olingan?


J: Sheryurak

40

Eng tili uzun xayvon shu bo‘lib, tilining uzunligi 60 sm. U qaysi hayvon?

J; Jirafa

40

Bu sayyora arabchada Mush ariy deb a aladi. U quyosh sis emasidagi eng ka a sayyora bo’lib hozirgacha 80  a yo’ldo’sh aniqlangan. Qaysi sayyora?

J: Yupiter.

40

Ushbu italiyalik superkar brendi o‘z logotpida tizzalangan ot tasvirini ishlatadi. U qaysi brend?

Javob: Ferrari

50

Har yili millionlab odamlar Haj amalini bajaradi. Makka shahrida xavfsizlik, xizmatkorlar, taksistlar bilan birga Turkiyadan yana bir kasb vakillaridan 30 minglab odamlar chaqiriladi. Ular kim?

Javob: Qassoblar – ular qurbonlik uchun mo‘ljallangan qo‘ylarni so‘yadilar.

50

Sport saytlari 2000-yillar oxirida Krishtianu Ronaldo nihoyat Undan qutilganini aytgan. 2000 yil so'ngilarida Krishtianu Ronaldo undan foydalanmay qo'ygan. Uni lotincha so`z bilan yozib bering.


Javob: Initsial

Izoh: Braziliyalik Ronaldo faoliyatini yakunlaguncha C. Ronaldo ko`rinishida yozib yurishga majbur bo`lgan, hozirda Ronaldo

50

1-b, 2-i, 3-u, 4-t, 5-b. Qolgan beshta harfni yozing.

👉 Javob: 6-o, 7-y, 8-s, 9-t, 10-o’. (Izoh: bu raqamlarning birinchi harflari)

50

O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asari bosh qahramoni bo’lgan, afg’on urushida qatnashgan personaj ismini ayting.


J: Rustam

50

Ushbu avtomobil brendi 1989-yilda "Lexus" nomi bilan premium avtomobillar ishlab chiqarishni boshlagan.

Javob:Toyoto