Birinchi prezidentlik saylovi qachon bo‘lib o‘tgan?
1991-yil 29-dekabrda.
Rossiya imperiyasi tomonidan Turkistonning bosib olinishi qaysi yillarda amalga oshirilgan?
1865–1884-yillar oralig‘ida.
1980-yillarning oxirlarida SSSRda boshlangan islohotlar qanday nom bilan mashhur bo‘lgan?
Qayta qurish
“Yangi O‘zbekiston strategiyasi”da nechta ustuvor yo‘nalish belgilangan?
7 ta
Konstitutsiyaviy komissiyaga kim rahbarlik qilgan?
Islom Karimov.
O'rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish qaysi yilda bo'lgan?
1924-yil
SSSR parchalanganda Rossiya prezidenti kim edi?
Boris Yeltsin.
“Qayta qurish” siyosatini kim ilgari surgan?
Mixail Gorbachyov
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?
1992-yil 8-dekabrda.
Konstitutsiyaga ko‘ra hokimiyat tarmoqlari qanday bo‘linadi?
Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga
Mustaqillik e’lon qilingan sessiyani kim boshqargan?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov.
Chor Rossiyasining Turkistondagi birinchi general-gubernatori kim bo‘lgan?
Konstantin Petrovich Kaufman.
1989-yilda O‘zbekiston SSRda qanday muhim siyosiy qaror qabul qilindi?
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va mamlakatni modernizatsiyalash jarayonini yanada chuqurlashtirish bosqichi qaysi davirlarni o'z ichiga oladi?
2010-2016-yillar
Konstitutsiyaga ko‘ra Prezident necha muddatga saylanadi va bu tartib qachon o‘zgargan?
7 yil muddatga, 2023-yilgi Konstitutsiya o‘zgarishi bilan.
Mustaqillikdan so‘ng birinchi marta Prezident saylovi qachon bo‘lib o‘tgan?
1991-yil 29-dekabrda.
Turkiston general-gubernatorligi markazi sifatida qaysi shahar tanlangan edi?
Toshkent
“O‘zbekiston xalq fronti” harakati qachon tuzilgan?
1989-yilda.
O‘zbekiston SSRning birinchi rahbari (Birinchi kotibi) kim bo‘lgan?
Akmal Ikromov.
Konstitutsiyani ishlab chiqishda nechta komissiya a’zosi ishtirok etgan?
64 nafar a’zo.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan davlat qaysi?
Turkiya Respublikasi.
Turkistonda sovet hokimiyati qachon o‘rnatilgan deb hisoblanadi?
Javob: 1917-yil dekabrda Toshkentda.
O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi qachon bo‘lib o‘tgan?
1938-yil 8-yanvarda.
Islom Karimovning “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” asari qachon nashr etilgan?
1992-yil
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi nechanchi sessiyada qabul qilingan?
Oliy Kengashning XI sessiyasida.