Geometriya nazariy
Geometrik masalalar
Algebra nazariy
Algebraik misollar
100

Kesma o‘rta perpendikulyari deb nimaga aytiladi?

Kesmaning o‘rtasidan o‘tib, unga perpendikulyar bo‘lgan to‘g‘ri chiziq. 

100

Teng yonli uchburchakning perimetri 44 sm. Agar uning asosi yon tomonidan 4 sm ga ortiq bo‘lsa, uchburchakning tomonlarini toping.

12 sm, 12 sm, 16 sm

100

ax=b  ko‘rinishidagi tenglamada qanday holda tenglama bitta yechimga ega bo‘ladi?

Agar a no'lga teng emas  bo‘lsa, tenglama bitta yechimga ega

100

Soddalashtiring 

(15x⁴y³) : (3x²y)

5x²y²

200

Parallel to‘g‘ri chiziqlar ta’rifini bering. Tekislikda ikki to‘g‘ri chiziq parallel bo‘lishi uchun qanday shart bajarilishi kerak?

Tekislikda yotgan va o‘zaro kesishmaydigan ikki to‘g‘ri chiziq.

200

To‘g‘ri burchakli uchburchakning o‘tkir burchaklaridan biri ikkinchisidan 20 ga kichik. O‘tkir burchaklarni toping. 

35 va 55

200

Ko‘phadning darajasi qanday aniqlanadi?

Ko‘phad tarkibidagi standart shakldagi birhadlarning eng katta darajasi ko‘phad darajasi deyiladi.

200

Hisoblang 101² - 99² = ? 

400

300

Aksioma va teorema orasidagi farqni tushuntirib bering.

Aksioma — isbotsiz qabul qilinadigan haqiqat. Teorema — mantiqiy mulohazalar va aksiomalar yordamida isbotlanishi talab etiladigan tasdiq.

300

Uchburchak burchaklari 3:4:5 nisbatda. Bu qanday turdagi uchburchak (o‘tkir, to‘g‘ri yoki o‘tmas burchakli)?

O‘tkir burchakli.

300

Asoslari bir xil bo‘lgan darajalarni ko‘paytirganda daraja ko'rsatkichlari nima qilinadi?

Daraja ko‘rsatkichlari qo‘shiladi

300

tenglamani yeching 4(x - 3) - 2(x + 5) = 12

x = 17

400

Teng yonli uchburchak 1-xossasini ayting

Teng yonli uchburchakda asosiga tushirilgan bissektrisa ham mediana, ham balandlik bo‘ladi. Shuningdek, asosidagi burchaklari tengdir.

400

Ikki to‘g‘ri chiziq kesishishidan hosil bo‘lgan uchta burchak yig‘indisi 250 ga teng. To‘rtinchi burchakni va qolgan barcha burchaklarni aniqlang. 


70,110,70,110

400

Birhad deb nimaga aytiladi? Uning standart shakli qanday bo‘ladi?

Sonli va harfiy ko‘paytuvchilar hamda ularning natural darajalari ko‘paytmasidan iborat ifoda. Standart shaklda faqat bitta sonli ko‘paytuvchi (koeffitsiyent) birinchi yoziladi.

400

(2a + 3)(a - 4) - 2a² = ?

 -5a - 12

500

Uchburchaklar tengligining 1-alomati teoremasini ayting

Bir uchburchakning ikki tomon va ular orasidagi burchak ikkinchi uchburchakning ikki tomoni va ular orasidagi burchagiga teng bo'lsa bu uchburchaklar teng uchburchaklar bo'ladi.

500

Uchburchakning ikki tomoni 5 sm va 12 sm ga teng. Uning uchinchi tomoni eng kamida va eng ko‘pida necha santimetr (butun son) bo‘lishi mumkin?

8 sm dan 16 sm gacha

500

"Kvadratlar ayirmasi" va "Yig‘indining kvadrati" formulalarini ayting.




a² - b² = (a - b)(a + b) va (a + b)² = a² + 2ab + b²

500

(x + 4)² = x² + 40

x = 3