I
II
III
IV
V
100

"Mavzu' hadis" atamasi lug'aviy va istilohiy jihatdan qanday ma'nolarni anglatadi?

Lug'atda "mavzu'"' so'zi qo'yilgan, tashlangan, tark etilgan, soxta ma'nolarini bildiradi. Istilohda esa u Payg'ambar (s.a.v.)ga nisbat berilib to'qilgan yolg'on so'zlarni anglatadi.

100

Ba'zi olimlar mavzu' hadislarni zaif hadislar turkumidan alohida ko'rishining sababi nima?

Chunki mavzu' hadislar mutlaqo to'qilgan bo'lib, ularni zaif hadislar bilan bir qatorda baholash mumkin emas. Zaif hadisda oz bo'lsa ham haqiqatga yaqinlik bo'lishi mumkin, mavzu'da esa yo'q.

100

Imom Muslim rivoyat qilgan hadisga ko'ra, yolg'on rivoyatni bilgan odamning uni rivoyat gilishi qanday hukm qilinadi?

U ham yolg 'onchi hisoblanadi, chunki yolg'onligini bilib turib uni tarqatish jinoyat sanaladi.

100

Olimlar nima sababdan mavzu' hadislarni ilmiy maqsadda rivoyat qilishga ruxsat berganlar?

Chunki ularni rivoyat qilish orqali hadisning yolg'on ekanini fosh etish va odamlarni ogohlantirish mumkin.

100

"Mavzu' hadis" atamasini ishlatish borasida olimlar o'rtasida qanday ikki qarash mavjud?

Birinchi qarash bo'yicha "hadis" so'zini faqat sahih rivoyatlarga nisbatan qo'llash kerak, mavzu'ga nisbatan emas. Ikkinchi qarash esa lug'aviy ma'noda "so'z" degan ma'noda qo'llash mumkin, deydi.

200

Qaysi mashhur muhaddislar mavzu' hadislarni to'plagan asarlar yozgan?

Ibn Javziy, Suyutiy va Aliy Qoriy kabi olimlar soxta hadislarni jamlagan mashhur muhaddislardandir.

200

Payg'ambar vafotidan keyin dastlabki xalifalar hadis rivoyatini nima uchun cheklaganlar?

Chunki Payg'ambar nomidan noto'g'ri gapirish, mish-mish va soxta hadislar tarqalishini oldini olish zarur edi

200

Podshohlar va hokimlarni maqtash uchun hadis to'qigan roviylardan biriga misol keltiring.

G'iyos ibn Ibrohim Kufiy xalifa Mahdiy huzurida kaptarga oid hadisga "qanotlilar" lafzini qo'shib, soxta rivoyat qilgan.

200

Shialik oqimida mavzu' hadislarning ko'plab tarqalishiga nima sabab bo'lgan?

Alining tirikligi va payg'ambarligi haqidagi noto'g'ri e'tiqodlari ularni ko'plab yolg'on hadislar to'qishga undagan.

200

Mavzu' hadislarni jamlagan eng qadimgi va birinchi tasnif qilingan manbalardan biri?

Ibn Javziyning "Kitobul mavzu'otil kubro" asari

300

Nima uchun ulamolar Ibn Javziyni tanqid qilganlar?

Chunki u hadislarni "mavzu'" deb hukm qilishda haddan tashqari yengillik qilgan va ba'zi sahih hadislarni ham noto'g'ri ravishda mavzu' deb baholagan.

300

Ibn Javziyning "Kitobul mavzu'otil kubro" asariga kimlar tabliq va talxis yozgan?

Ko'plab ulamolar bu asarni o'rganib tabliq va talxis yozganlar, ular orasida Imom Suyutiy, Ibn Qayyim va boshqalar bor.

300

Javziyning asarida sahih hadislar ham noto'g'ri ravishda mavzu' deb chiqarib yuborilganini tanqid qilgan olim?

Xofiz Ibn Hajar

300

Ibn Hajar nechta hadisni Ibn Javziy noto'g'ri baholaganini isbotlagan?

U yigirma to'rtta hadisni mavzu' emasligini isbotlab, alohida kitob yozgan.

300

Ibn Hajar noto'g'ri baholangan hadislarni qaysi manbadan jamlagan?

Imom Ahmad ibn Hanbalning

"Musnad" asaridan jamlagan.

400

Ibn Hajar "Kitobul mavzu'otil kubro"da qanday atoni topib tanqid qilgan?

Imom Muslimning "Sahih" ida kelgan bir hadis ham mavzu' deb noto'g'ri baholanganini topgan.

400

Ibn Javziyning "Kitobul mavzu'otil kubro"sini kimlar muhtasar qilgan? 

Amr ibn Badr Musiliy, Ferozobodiy va Shamsuddin Ibn Qayyim Javziy kabi olimlar.

400

Imom Suyutiy "Al-qavlul hasan fiz-zabbi anis-sunan" asarida nechta hadisni himoya qilgan?

U Imom Ahmadning "Musnad"ida kelgan 14 ta hadisni noto'g'ri ravishda mavzu' deb baholanganini isbotlagan.

400

Suyutiy umumiy hisobda nechta hadisni mavzu' emasligini isbotlagan?

Bir yuz yigirmadan ortiq hadisni mavzu' emasligini ko'rsatgan.

400

Ibn Iroq Kinaniyning mavzu' hadislar bo'yicha mashhur asari qaysi?

"Tanzihu ash-shari'atil-marfu'a anil ahadisis-shani'atil mavzu'a" asari.

500

Abu Abdulloh Husayn ibn Ibrohim Javzakiy qaysi asarni yozgan?

U "Kitobul abotil" asarini yozgan.


500

Qozixon Abdulloh Muhammad ibn Ali Shavkoniy qaysi mavzu' hadislar kitobini yozgan?

d

500

Imom Ahmadning "Musnad" ini himoya qilish uchun kim alohida kitob yozgan?

Xofiz Ibn Hajar.

500

JImom Ahmad yolg‘on rivoyatchini qanday sinovdan o‘tkazdi?


 O‘zi va sherigi nomidan hadis rivoyat qilayotganini ko‘rib, o‘zini tanitdi.


500

Qissachilardan mashhurlaridan biri kim bo‘lgan?


Abu Sa’id Madaniy.