Hinduizm va Vedizm
Buddiylik falsafasi
Asosiy falsafiy tushunchalar
Mifologiya va Ramzlar
Matnlar
100

Hind xalqlari madaniyatining eng qadimgi yozma yodgorligi nima?

Vedalar

100

 Buddiylik dinining asoschisi kim?

 Siddhartha Gautama (Budda)

100

Insonning keyingi hayoti uning qilgan amallariga bog‘liqligini ifodalovchi qonun qanday ataladi?

Karma

100

 Hinduizmdagi vayronkorlik va qayta tiklanish xudosi kim?

Shiva

100

 "Veda" so‘zi sanskrit tilidan tarjima qilinganda qanday ma’noni beradi?

 Bilim yoki muqaddas bilim

200

Hinduizmda "Trimurti" (uchlik) tushunchasiga ko‘ra dunyoni yaratuvchi xudo kim?

Brahma

200

Buddiylikda inson erishishi kerak bo‘lgan eng oliy holat, barcha azoblardan qutulish nima deyiladi?

Nirvana

200

 Hind falsafasida insonning ichki ma’naviy "Men"i yoki o‘lmas ruhi nima deyiladi?

Atman

200

 "Trimurti" so‘zi o‘zbek tilida qanday ma’noni anglatadi?

Uch qiyofa yoki uchlik

200

 Vedalarning eng qadimgi va eng muhim qismi qaysi?

Rigveda

300

Vedizmda koinot tartibi va suvlar ustidan hukmronlik qiluvchi xudo qanday ataladi?

Varuna


300

Budda ta’limotiga ko‘ra, inson hayotidagi azoblarning asosiy sababi nima?

 Insonning nafsi va dunyoviy xohish-istaklari

300

Dunyoning o‘tkinchi, aldamchi va illyuziya ekanligini anglatuvchi tushuncha qaysi?

Maya

300

Ming boshli ilon qiyofasidagi xudo ramzi nimani ifodalaydi?

Abadiy vaqtni

300

 Hind falsafasining sirlari va inson ruhi haqidagi chuqur falsafiy fikrlar jamlangan matnlar qanday ataladi?

Upanishadlar

400

Hinduizm va Vedizmda abadiy vaqt timsoli hamda barcha nagalarning (ilonlarning) shohi kim?

Ananta-shesha (yoki Shesha)

400

Budda o‘z ta’limotida qaysi ikki haddan tashqari holat o‘rtasidagi "O‘rta yo‘l"ni taklif qilgan?

Haddan tashqari hashamat va o‘ta qattiq zohidlik (asketizm)

400

Koinotning asosiy va cheksiz boshlang‘ich asosi, barcha mavjudotlar undan kelib chiqadigan "Absolyut" nima?

Brahman

400

Vedizmda "Rita" tushunchasi nimani anglatadi?

 Koinotdagi tabiiy va axloqiy tartib-qoidani

400

Qadimgi Hindistonda kasta (varna) tizimiga qarshi chiqqan asosiy diniy-falsafiy yo‘nalish qaysi?

Buddiylik

500

 Hinduizmda dunyoni asrovchi va himoya qiluvchi xudo sifatida kim tan olinadi?

Vishnu

500

Buddiylik falsafasida qayta tug‘ilishlar zanjiri qanday nomlanadi?

Sansara

500

Inson ruhi (Atman) koinot asosi (Brahman) bilan birlashib, qayta tug‘ilishlardan butkul ozod bo‘lishi qanday ataladi?

Moksha

500

Budda o‘zining birinchi va’zini qaysi shaharda o‘qigan deb hisoblanadi?

 Sarnath (yoki Varanasi yaqinida)

500

Buddiylikning muqaddas matnlari to‘plami qanday nomlanadi?

Tripitaka (Uch savat)