Talab va taklif modeli qaysi sharoitda bozorni tahlil qilish uchun ishlatiladi?
Raqobatli bozor sharoitida narx va miqdorni tushuntirish uchun.
Talab elastikligini o‘lchashda qaysi ikki ko‘rsatkich solishtiriladi?
Talab miqdori va narx
Monopoliya nima?
Bozorda bitta sotuvchi bo‘lgan holat.
Oligopoliya nima?
Bozorda bir nechta yirik firmalar hukmron bo‘lgan holat.
Ishlab chiqarish omillari bozori nimani o‘z ichiga oladi?
Mehnat, yer, kapital va tadbirkorlik xizmatlarini.
Talab egri chizig‘ining siljishiga qaysi omillar sabab bo‘ladi?
Daromad, did, aholi soni, o‘rinbosar va to‘ldiruvchi tovarlar narxi.
|Ed| = 1 bo‘lsa, talab qanday?
Birlik elastik
Monopsoniya nima?
Bozorda bitta xaridor bo'lishi
Oligopoliyada firmalar mahsulotlari qanday bo‘lishi mumkin?
Bir xil (homogen) yoki farqlangan (differentsiyalangan).
Mehnat bozori qanday asosiy ikki turga bo‘linadi?
Ishchi kuchi bozori va professional xizmatlar bozori.
Narx o‘zgarmagan holda talab miqdori o‘zgarishi nimani anglatadi?
Talab egri chizig‘i bo‘ylab harakatini.
Noelastik talabga ega tovarlarning misolini ayting.
misol uchun: Oziq-ovqat, dori-darmon
Monopolist narxni qanday belgilaydi?
MR = MC bo‘lgan joyda ishlab chiqarib, talab egri chizig‘idan narxni oladi.
Oligopoliya qaysi bozor turiga kiradi?
Nomukammal raqobat bozoriga.
Agar ishchi kuchiga talab oshsa, ish haqi odatda qanday o‘zgaradi?
Ish haqi oshadi
Taklif egri chizig‘ining o‘ngga siljishi nimani bildiradi?
Har bir narxda ishlab chiqarish hajmi oshganini
Narx oshganda umumiy daromad qachon kamayadi?
Talab elastik bo‘lsa.
Monopoliyada nega narx yuqoriroq bo‘ladi?
Raqobat yo‘qligi sababli.
Oligopoliya bozoriga xos bo‘lgan asosiy to‘siq nima?
Bozorga kirishdagi yuqori to‘siqlar.
Kapital bozorida narxlar qanday belgilanadi?
Foiz stavkasi orqali
Agar talab kamayib, taklif bir vaqtda oshsa, muvozanat narxi va miqdori qanday o‘zgaradi?
Narx kamayadi, miqdorning o‘zgarishi aniq emas.
Qisqa muddatda talab nega kamroq elastik bo‘ladi?
Iste’molchilar alternativalarni tez topa olmagani uchun.
Monopsoniyada ish haqi nega past bo‘lishi mumkin?
Bitta xaridor mehnat bozorini nazorat qilgani uchun.
Kurno modeli?
Икки рақобатлашувчи фирма ўртасидаги муносабатларни дуополия шароитида 1938 йилда биринчи бўлиб ўрганган француз иқтисодчиси O.Kurno ҳисобланади.
Ishlab chiqarish omillari bozorida monopsoniya qanday holatni bildiradi?
Faqat bitta xaridor bo‘lgan holat.