Milliy iqtisodiyot muvozanati nima?
Talab va taklifning, ishlab chiqarish va iste’molning o‘zaro teng va barqaror holati.
Talab va taklif kesishgan nuqta nima deyiladi?
Bozor muvozanati.
“O‘zbek modeli” qaysi siyosiy arbob nomi bilan bog‘liq?
Islom Karimov
Fiskal siyosat nimaga qaratilgan?
Soliq va davlat xarajatlari orqali iqtisodiyotni tartibga solish.
Mutanosib rivojlanish deganda nimani tushunamiz?
Tarmoqlar va hududlar o‘rtasida uyg‘un va muvofiqlashtirilgan rivojlanish.
Inflyatsiya muvozanatga qanday ta’sir qiladi?
Narxlar o‘sishi orqali xarid qobiliyatini pasaytiradi va muvozanatni buzadi.
Iqtisodiy o‘sish va rivojlanish orasidagi farq nima?
Iqtisodiy o‘sish — yalpi ichki mahsulotning (YIM) ortishi, rivojlanish esa iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi.
Monetar siyosatni kim amalga oshiradi?
Markaziy bank.
Makroiqtisodiy muvozanat qanday ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi?
YAIM, inflyatsiya, bandlik, investitsiya, eksport-import balansi.
Keyns modeli” qaysi iqtisodchi nomi bilan bog‘liq?
John Maynard Keynes
"Iqtisodiy daromad" tushunchasi qanday aniqlanadi?
Iqtisodiy daromad — ishlab chiqarishning barcha xarajatlaridan keyin qoladigan sof foyda.
Ochiq bozor operatsiyalari nima?
Markaziy bank tomonidan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki sotish
Iqtisodiy krizis va inflyatsiya qanday bog‘liq?
Iqtisodiy krizis davrida inflyatsiya ko‘p holatlarda oshadi, chunki talabning pasayishi va ishlab chiqarishning qisqarishi narxlarni oshirishi mumkin.
Foyda va rentabellik o‘rtasidagi farqni tushuntirib bering.
Foyda — ishlab chiqarishdan olingan umumiy daromad, rentabellik esa foydaning sarflangan resurslarga nisbati.
Inson kapitali iqtisodiy rivojlanishga qanday ta’sir qiladi?
Inson kapitali (ta’lim, malaka, sog‘liq) yuqori bo‘lgan jamiyatda iqtisodiy o‘sish sur’atlari tez bo‘ladi.
Foyda va rentabellik o‘rtasidagi farqni tushuntirib bering.
Foyda — ishlab chiqarishdan olingan umumiy daromad, rentabellik esa foydaning sarflangan resurslarga nisbati.
Umumiy iqtisodiy muvozanat nazariyasini kim ishlab chiqqan?
Léon Walras
Multiplikator effekti nima?
Investitsiyalarning milliy daromadga ko‘paytiruvchi ta’siri.
Deflyatsiya nima va u iqtisodiy barqarorlikka qanday ta’sir qiladi?
Deflyatsiya — umumiy narxlar darajasining pasayishi, bu iqtisodiy faollikni susaytirishi va ishlab chiqarishni kamaytirishi mumkin.
O‘zbekistonning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi qanday nomlanadi?
O‘zbekiston – 2030 strategiyasi