Moliya nima?
Pul mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar.
Davlat byudjeti nima?
Davlat daromadlari va xarajatlari rejasi
Bank nima?
Pul mablag‘larini jalb qiluvchi va joylashtiruvchi moliyaviy institut.
Soliq nima?
Davlat foydasiga majburiy to‘lov
Moliyaviy reja nima?
Kelajakdagi daromad va xarajatlar rejasi
Moliya qaysi darajalarda mavjud bo‘ladi?
Davlat moliyasi, korxona moliyasi, uy xo‘jaligi moliyasi.
Davlat byudjetining asosiy daromad manbai nima?
Soliqlar.
Kredit deganda nimani tushunasiz?
Qaytarish sharti bilan beriladigan pul mablag‘i.
Bonus+
300 ball
Kelajakdagi pul oqimlarining hozirgi qiymatini baholab, investitsiya qarorini qabul qilish uchun ishlatiladigan moliyaviy vosita?
NPV (agar toʻgʻri topgan boʻlsangiz +500ball)
Moliya va pul tushunchalari o‘rtasidagi farq nimada?
Pul — vosita, moliya — pul munosabatlari tizimi.
Byudjet taqchilligi nima?
Xarajatlar daromaddan oshib ketishi.
Kreditning asosiy tamoyillari qaysilar?
Qaytarish, muddatlilik, foizlilik.
Soliqlarning asosiy vazifasi nima?
Davlat daromadini shakllantirish.
Diversifikatsiya nimani anglatadi?
Riskni kamaytirish uchun mablag‘ni bo‘lish.
Moliya fanining asosiy vazifasi nima?
Moliyaviy resurslarni samarali boshqarishni o‘rganish.
Davlat moliyasi qanday vazifalarni bajaradi?
Taqsimlash, qayta taqsimlash va nazorat
Markaziy bankning asosiy vazifasi nima?
Pul-kredit siyosatini yuritish.
Rag‘batlantiruvchi soliq siyosati nimani anglatadi?
Iqtisodiy faollikni oshirishni
Sug‘urta nima maqsadda qo‘llaniladi?
Risklarni kamaytirish uchun.
Moliya iqtisodiyotga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Rivojlanishni tezlashtiradi, resurslarni qayta taqsimlaydi.
Byudjet profitsiti nimani anglatadi?
Daromadlar xarajatlardan ko‘p bo‘lishi.
Tijorat banklari daromadini asosan nimadan oladi?
Foizlar farqidan
Foiz stavkalarining asosiy turlari?
Erkin oʻzgaruvchan va fiksirlangan
Moliyaviy barqarorlik deganda nimani tushunasiz?
Majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish qobiliyati.