Tashkilotga tovarlar yetkazib berilgan, lekin hali puli to'lanmagan shaxslar yoki korxonalar nima deb ataladi?
Kreditorlar
Mijozga to'lovni muddatidan oldin amalga oshirgani uchun beriladigan chegirma nima deb ataladi?
Skonto
Nima uchun korxonalar o'z qarzlarini oxirgi muddatda to'lashga harakat qilishadi?
Pulni biznes aylanmasida uzoqroq ushlab turish uchun
Debitorlik qarzi 100 mln, yillik tushum 1200 mln bo'lsa, qarz bir yilda necha marta aylanadi?
12 marta
Sotuvlar hajmi oshib, lekin bankda naqd pul kamayib borsa, muammo nimada bo'lishi mumkin?
Debitorlik qarzlari ko'payib ketgan
Korxonaga hali to'lanmagan, lekin u ko'rsatgan xizmati yoki sotgan tovari uchun olishi kerak bo'lgan mablag'lar nima?
Debitorlik qarzi
Qarzlarni 0-30, 31-60, 61-90 kunlik guruhlarga bo'lib tahlil qilish hisoboti.
Aging Report yoki Qarzlar yoshi tahlili
Yetkazib beruvchidan olingan tovar uchun to'lov muddatini uzaytirish bo'yicha muzokara natijasi.
Kechiktirib to'lash muddati / Credit term
DSO (Days Sales Outstanding) ko'rsatkichi nimani anglatadi?
Qarzni yig'ib olish uchun ketadigan o'rtacha kunlar soni
Qaysi biri yaxshi: DSO ning o'sishimi yoki kamayishimi?
Kamayishi - pul tezroq qaytmoqda
Aktivlarning naqd pulga aylanish tezligi qanday ataladi?
Likvidlik
Yangi mijozga qarzga tovar berishdan oldin uning to'lov qobiliyatini tekshirish jarayoni.
Kredit skoringi yoki Kredit tahlili
Eng muhim yetkazib beruvchilarni aniqlash va ularga to'lovda ustuvorlik berish uchun ishlatiladigan tahlil turi.
ABC usuli
Agar DSO 45 kun bo'lsa, korxona o'z pullarini yig'ishga qancha vaqt sarflaydi?
45kun
Inflyatsiya yuqori bo'lgan paytda qarzni tezroq qaytarish foydalimi yoki kechroq?
Kechroq - chunki pulning qiymati tushib boradi
Debitorlik qarzini bank yoki maxsus kompaniyaga sotish orqali darhol naqd pul olish amaliyoti nima?
Faktoring
To'lov kechikkan har bir kun uchun hisoblanadigan jarima turi.
Peni
Ikkita korxona bir-biridan qarzdor bo'lgan holatda qarzni naqd pulsiz yopish usuli.
O'zaro hisob-kitob yoki Vzaimozachet
Sof aylanma mablag' (Net Working Capital) formulasini ayting.
Joriy aktivlar - Joriy majburiyatlar
Kassa uzilishi" (Cash gap) nima?
Pul tushishi va to'lovlar vaqti o'rtasidagi vaqtinchalik farq
Shartnomada ko'rsatilgan to'lov muddati o'tib ketgan, lekin hali undirilmagan qarzning holati
Muddati o'tgan qarz
Qarzni undirishning imkoni qolmaganda, uni balansdan chiqarib yuborish amaliyoti.
Qarzni hisobdan chiqarish / Write-off
Kreditorlik qarzlarining haddan tashqari ko'payib ketishi natijasida yuzaga keladigan moliyaviy xavf.
Bankrotlik yoki To'lovga qobiliyatsizlik
"2/10, net 30" sharti nimani anglatadi?
10 kunda to'lasang 2% chegirma, bo'lmasa 30 kunda to'liq to'la
Korxona foyda ko'rib turib ham qarzlarini to'lay olmasligi mumkinmi?
Ha, agar foyda faqat debitorlik qarzida (qog'ozda) bo'lsa