Moliyaga oid
Eng-Eng
Bank ishiga oid
CEO ismlari
Iqtisodiyotga oid
100

Bugungi bir dollar ertangi bir dollar bilan teng bo'lmasligining asosiy sababi nima?

Inflyatsiya

100

Bugungi kundagi dunyoning eng boy odami kim?

Elon Musk

100

Omonat qo'yganingizda bank sizga to'laydigan yoki kredit olganingizda siz bankka to'laydigan ustama nima deyiladi?

Foiz stavkasi

100

Meta (Facebook) asoschisi va bosh direktori kim?

Mark Sukerberg

100

Bozorda tovarning narxi oshgan sari, xaridorlarning unga bo'lgan ehtiyoji kamayishi qonuni bu ...

Talab qonuni

200

Kelajakda narxi oshib ketmasligi uchun mahsulotni (masalan, bug'doyni) bugundan kelishilgan narxda sotib olish shartnomasi qaysi?

Fyuchers shartnomasi

200

Bozor qiymati bo'yicha dunyodagi eng qimmat kompaniya(lar) qaysi?

NVIDIA yoki Apple

200

Kredit qaytarilishini ta'minlash uchun bankka vaqtincha garovga qo'yiladigan mulk nima deb ataladi?

Zalog (Garov)

200

Apple kompaniyasini Stiv Jobsdan keyin boshqarib kelayotgan rahbar kim?

Tim Kuk

200

Davlatning bir yil davomida ishlab chiqargan barcha yakuniy tovar va xizmatlarining umumiy bozor qiymati bu ...

YaIM (GDP)

300

Xavfni (riskni) kamaytirish uchun pulni turli xil aktivlarga (masalan, aksiyalar, obligatsiyalar va oltin) bo'lib investitsiya qilish bu ...

Investitsion portfel

300

Aholi jon boshiga YaIM bo'yicha dunyodagi eng boy davlat qaysi?

Lyuksemburg

300

Dunyodagi eng katta va asosiy markaziy bank qaysi? 

AQSHning Federal rezerv tizimi

300

Google (Alphabet) kompaniyasining bosh direktori kim?

Sundar Pichai

300

Bozorda faqat bitta sotuvchining bo'lishi va raqobatning yo'qligi holati bu ...

Monopoliya

400

Kelajakdagi pul tushumlarini bugungi qiymatga keltirish (qisqartirish) jarayoni nima deb ataladi?

Diskontlash

400

Dunyodagi eng katta fond birjasi qaysi?

Nyu-York fond birjasi

400

Bankning o'z majburiyatlarini vaqtida bajarish va aktivlarini tezda naqd pulga aylantirish qobiliyati nima deb ataladi?

Likvidlilik

400

Hozirgi kunda eng qimmat kompaniyaga aylangan NVIDIA asoschisi va rahbari kim?

Jensen Xuang

400

Insonning yashashi uchun zarur bo'lgan eng muhim oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va xizmatlarning minimal to'plami bu ...

Iste'mol savatchasi

500

Loyihaning kelajakdagi barcha foydalarini bugungi qiymatga keltirib, undan xarajatlarni ayirgandagi yakuniy natija nima deyiladi?

NPV (yoki Sof keltirilgan qiymat)

500

Tashqi qarzi eng ko'p bo'lgan davlatlar ro'yxatida AQSHdan keyingi 2-o'rindagi davlat qaysi?

Buyuk Britaniya

500

Bankning markaziy bankda saqlashi shart bo'lgan, kreditga berib yuborish taqiqlangan pul qismi nima deb ataladi?

Majburiy rezervlar

500

Jek Madan keyin Alibaba Group boshqaruviga kelgan hozirgi rahbar (CEO) kim?

Eddi Vu (Eddie Wu)

500

Biror narsani tanlash natijasida voz kechilgan eng yaxshi alternativ imkoniyatning qiymati nima deyiladi?

Muqobil xarajat (Opportunity cost)