Moliya
Davlat byudjeti
Soliqlar
Sug'urta
Soliq 2
100

Moliyaviy munosabatlarga ta'rif bering

Bu pul mablag‘larining harakati bilan bog‘liq ravishda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.

100

Davlat byudjeti o'zi nima?

Bu pul mablag‘larining asosiy markazlashgan fondi bo‘lib, davlat xarajatlari va ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasi sifatida chiqadi.

100

 Soliqlar nima?

-Moliyaning tarkibiy qismi bo‘lib, jamiyatda vujudga keltirilgan sof daromad bir qismining byudjetga jalb qilinish shaklidir. Boshqacha aytganda, soliqlar jismoniy va huquqiy shaxslar daromadlarining bir qismining qonuniy ravishda, belgilangan miqdor va muddatlarda, byudjet fondlarini tashkil qilish maqsadida davlat ixtiyoriga olinishidir.

100

 Ijtimoiy sug'urta, mulkiy sug'urta va aholi mol-mulki sug'urtalari qaysi sug'urta turiga kiradi

Sug'urtalash tarziga ko'ra majburiy sug'urta turiga

100

Ilgari eng kam oylik ish haqining 5 baravaridan 10baravarigacha bo'lgan miqdori uchun necha foiz daromad solig'i olingan

16,5%

200

Moliyaning vazifalari nechta va ularni sanab bering

1) Moliyaviy ta'minlash
2) Taqsimlash
3) Rag'batlantirish
4) Nazorat qilish
5) Ijtimoiy himoya

200

Davlat qarz majburiyatlarini to‘lash muddatini kechiktirish uchun qanday usullarni qo'llaydi

1) qisqa muddatli majburiyatlarini, o‘rta va uzoq muddatli zayomlarga almashtirish
2) qisqa muddatli majburiyatlarini ancha yuqori foiz bo‘yicha yangi, uzoq muddatli zayomlar chiqarish hisobiga sotib olish.

200

Daromadlar ortishi bilan soliqlarning o'rtacha stafkasi ham oshib borishi bu soliqning qaysi turiga kiradi?

Progressiv soliqlar

200

 "Sug'urta" iqtisodiy kategoriyasiga ta'rif bering

Mol-mulk, kapital, mehnat va
hayotni kutilmagan
hodisalardan kafolatlash
maqsadida sug'urtalovchi (sug‘urta kompaniyasi) va sug'urta qildiruvchi o‘rtasida ma’lum to‘lovlar, ya’ni sug‘urta badallari evaziga maxsus pul fondlarini tashkil etish jarayonini

200

Fiskal siyosatning asosiy maqsadi nima

-Циклли tebranishlarni yumshatish
-iqtisodiy o'sish suratlarini barqarorlashtirish
-yuqori bandlik darajasiga erishish

300

Moliyaning ijtimoiy ximoya vazifasi nimadan iborat

Moliyaning bu vazifasi jamiyat a’zolarining yordamga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.

300

Byudjet taqchilligi sabablari

-davlatning jamiyat hayotidagi
rolining o‘sib borishi, uning
iqtisodiy va ijtimoiy
vazifalari kengayishi

-milliy va jahon bozori
kon’yukturalaridagi davriy
tebranishlar

-iqtisodiy inqirozlar

-davlatning iqtisodiy
siyosatidagi o‘zgarishlar

300

Regressiv soliqlar turini tushuntirib bering

Daromadlar ortib borishi bilan soliqlarning o'rtacha stafkasi pasayib borishi

300

Ixtiyoriy sug'urta turini tushuntirib bering

Bunda kishilarning sog'lig'i, hayoti va turli xil mol-mulklari sug'urtalanadi

300

Iqtisodiyot nazariyasi va amaliy hayotda fiskal siyosatning turi nechta va qaysilar

2ta; diskretsion va nodiskretsion

400

 Ijtimoiy, siyosiy va ma’rifiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi tashkilot, muassasa va jamiyatlarga nimalar kiradi, kamida 4 tasini sanab bering

1) kasaba uyushmalari
2) siyosiy partiyalar
3) yoshlar uyushmalari
4) xotin-qizlar tashkiloti
5) faxriylar kengashi
6) diniy tashkilotlar
7) ijodiy uyushmalar
7) sport jamiyatlari
8) ilmiy-ma’rifiy jamiyatlar

400

Moliya siyosatini amalga oshirish dastaklarini sanab bering

-Soliklar, uning turlari, solik stavkalari
-Byudjet xarajatlari va uning sarflanish yo‘nalishlari
-Davlat kreditlari va investitsiyalari
-Davlat subsidiyalari va dotatsiyalari
-G‘ashki ta’rifli va ta’rifsiz usullari
-Jadallashgan amortizatsiya ajratmalari
-Davlatning maqsadli iqtisodiy dasturlari

400

 A. Lafferning soliq stafkasi va davlat byudjeti daromadlari o'rtasidagi bog'liqlik haqidagi mulohazasini tushuntirib bering

-Korporatsiyalar daromadiga solik stavkasini haddan tashqari oshirish, ularning kapital qo'yilmalariga rag‘batini susaytiradi, fan-texnika taraqqiyotini va iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi hamda ular oxir-oqibatda davlat byudjetiga tushumlarni kamaytiradi.
Aksincha, soliq stavkalarini pasaytirish jamg‘armalar, investitsiyalar va bandlikning ortishi orqali soliq undiriladigan daromad hajmining o‘sishini ta’minlaydi.

400

Sug'urtalanadigan xavf-xatar toifasiga ko'ra necha turga bo'linadi va qaysilar

-Yong‘in va boshqa tabiiy ofatlardan sug‘urtalash (mol-mulklarni)
-Qurg‘oqchilik va boshqa tabiiy xavf-xatarlardan sug‘urtalash (qishloq xo‘jalik ekinlarini)
-O'g‘rilik, avariya va boshqa favqulodda holatlardan sug‘urtalash (asosan transport
vositalarini)
-Turli xil epidemiyalar (o"lat va boshqalar.)dan sug‘urtalash (chorva mollarini)

400

 Nodiskretsion fiskal siyosatini izohlang

-Soliq tizimining mustaqil
barqarorlashtiruvchi bir qator layoqatlari, ya’ni uning mamlakatdagi iqtisodiy
faoliyatni qandaydir boshqaruvchi organlarning bevosita aralashuvisiz
tartibga solish imkonini beruvchi ayrim xususiyatlari tushuniladi.

500

Moliyaviy munosabatlar turlarini sanab bering

( hammasi bo'lishi shart, bu 500lik savol! )

Davlat bilan turli mulkchilikka asoslangan korxonalar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar

Davlat bilan aholining turli qatlamlari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar

Korxonalar bilan korxonalar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar

Korxonalar bilan uning xodimlari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar

Davlat bilan ijtimoiy, jamoat va xayriya tashkilotlari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar

500

Qo'shimcha pul emissiyasi nima va u qanday maqsadda qo'llaniladi?

-Bunda Markaziy bank muomalaga tovar hajmining
ko‘payishi bilan qoplanmagan qo‘shimcha pul massasini chiqaradi. Pul massasining o‘sishi jamiyat real boyligining ko‘payishi bilan birga bormasligi tufayli inflatsion jarayon kuchayadi

Byudjet taqchilligini qoplash maqsadida

500

Soliq solishning umumiy 3ta prinsipi mavjud. Shularni har biriga ta'rif bering

Naflilik tamoyili — Har xil soliq to‘lovchilardan, ularning soliqlar hisobiga moliyalashtiriladigan
dastur mablag‘laridan foydalanish darajasiga qarab turlicha soliq undirilishi kerakligini bildiradi

To‘lovga layoqatlilik tamoyili – soliq miqdori soliq to‘lovchining boyligi va daromadlari darajasiga mos kelishi, ya’ni daromadlarning adolatli taqsimlanishini ta’minlashi zarur.

Adolatlilik tamoyili – teng miqdorda daromad oluvchilar
bir xil miqdorda soliq to‘lashi lozim.

500

Sug'urtaning vazifalarini sanab bering

-Kutilmagan hodisalardan keltirilgan moddiy zararlarni
moliyaviy qoplash vazifasi
-Kutilmagan hodisalarning oqibatlarini oldindan
ogohlantirish vazifasi
-Sug‘urtalash maqsadidagi pul mablag‘larini jamg‘arish vazifasi
-Sug‘urta fondlarini tashkil qilish va ularning ishlatilishi
ustidan nazorat qilish vazifasi
-Sug‘urta fondi mablag‘lari hisobiga aholini ijtimoiy
himoyalash vazifasi

500

Diskretsion fiskal siyosatning dastaklarini sanab bering

(Hammasi bo'lishi shart!!!)

-Davlat sarflari bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy ishlar va boshqa dasturlari
-Davlat buyurtma va xaridlari
-Davlat investitsiyalari
-Transfert yoki qayta taqsimlash turidagi xarajatlarni o‘zgartirish
-Soliqlarni boshqarish