1
2
3
4
5
100

Moliya nima?

Turli darajada markazlashgan pul fondlarini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish bo‘yicha iqtisodiy munosabatlar.

100

Soliq nima?

Sof daromadning bir qismini byudjetga jalb qilish shakli.

100

Moliya tizimiga nimalar kiradi?

Davlat byudjeti, korxona moliyasi, ijtimoiy sug‘urta va turli fondlar.

100

Moliyaning asosiy vazifalaridan birini ayting.

Nazorat qilish.

100

Moliyaning rag‘batlantirish vazifasi nima orqali amalga oshadi?

Foizli daromadlar va qiymat taqsimoti orqali.

200

Moliyaviy munosabatlarning subyektlari kimlar?

Korxonalar, uy xo‘jaliklari va davlat.

200

Fiskal so‘zi qanday ma’noni bildiradi?

“Xazina” ma’nosini bildiradi.

200

Davlat byudjeti nima?

Davlat xarajatlari va ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasi.

200

Moliya qanday iqtisodiy munosabat hisoblanadi?

Pul daromadlarini tashkil etish va taqsimlash munosabati.

200

Moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini nima?

Davlat byudjeti

300

Moliyaning taqsimlash vazifasi nimada namoyon bo‘ladi?

Milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi.

300

Fiskal siyosat nimaga qaratiladi?

Davlat daromadlari va xarajatlari orqali iqtisodiyotga ta’sir qilishga.

300

Davlat byudjeti iqtisodiy kategoriya sifatida nimani bildiradi?

Markazlashgan fondlarni shakllantirish, taqsimlash va foydalanish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni.

300

Moliya iqtisodiy jarayonlarda qanday vazifa bajaradi?

Turli tadbirlarni moliyalashtirish vazifasini bajaradi.

300

Moliyaviy nazorat qanday amalga oshiriladi?

Soliqlar undirish, mablag‘ bilan ta’minlash va moliya intizomi orqali.

400

Moliyaviy nazorat qanday amalga oshiriladi?

Soliqlar undirish, mablag‘ bilan ta’minlash tizimi va moliya intizomiga rioya qilish orqali. 

400

Diskretsion fiskal siyosatning asosiy dastaklari qaysilar?

Davlat xarajatlari, davlat investitsiyalari va soliqlarni boshqarish. 

400

Davlat byudjeti xarajatlarining asosiy yo‘nalishlaridan ikkitasini ayting.

Ishlab chiqarishga investitsiyalar va ijtimoiy sohalarni moliyalashtirish.

400

Davlat fiskal siyosatining turg‘un turi nima maqsadga ega?

Iqtisodiyotning “qizib ketishi”ni bartaraf etish.

400

Moliyaning taqsimlash vazifasi iqtisodiyotda qanday ahamiyatga ega?

Milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash orqali iqtisodiy muvozanatni ta’minlaydi.

500

Moliya orqali ijtimoiy himoyalash qanday amalga oshiriladi?

Davlat moliyasi va maxsus fondlar orqali qariyalar, nogironlar va kam daromadli oilalarni moliyaviy kafolatlash yo‘li bilan.

500

Diskretsion fiskal siyosatning asosiy maqsadi nima?

Bandlikni ushlab turish, inflyatsiyani nazorat qilish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash.

500

Quyi hokimiyat organlari byudjeti daromadlari qayerdan shakllanadi?

Korxonalar daromadi, soliqlar, mulk soliqlari va subsidiyalar orqali

500

Nima uchun fiskal siyosat iqtisodiyotni tartibga solish vositasi hisoblanadi?

Chunki davlat soliqlar va xarajatlar orqali milliy iqtisodiyotga ta’sir qiladi.

500

Keyns fikricha fiskal siyosat nimani rag‘batlantirishda namoyon bo‘ladi?

Investitsiyalarni rag‘batlantirishda.