Moliyaviy tizim deganda nima tushuniladi?
Bu iqtisodiyotda mavjud bo'lgan barcha moliyaviy institutlar, bozorlar, vositalar va mexanizmlarning o'zaro bog'langan majmuasidir.
Xalqaro moliya tizimi nimani anglatadi?
Davlatlar, markaziy banklar, korporatsiyalar va xalqaro institutlar o'rtasidagi global kapital oqimlarini boshqaruvchi bozorlar, vositalar va infratuzilma majmuasi.
Fintex kompaniyalari qanday faoliyat yuritadi?
Texnologiyalar yordamida moliyaviy xizmatlar ko'rsatadi.Masalan, onlayn to‘lovlar, mobil banking, raqamli kreditlar, investitsiya ilovalari.
Islom moliya tizimining eng asosiy mohiyati nimada namoyon bo‘ladi?
Islom moliya tizimining asosi — foiz (ribo) man etilganidir. Ya’ni, daromad faqat haqiqiy iqtisodiy faoliyat (ishlab chiqarish, savdo, xizmat) orqali olinadi.
Buyuk Depressiya qachon boshlangan deb hisoblanadi?
1929-yil 24 oktyabrdagi AQSH fon bozori qulashi bilan boshlangan.
Moliyaviy tizimning asosiy maqsadi nimadan iborat?
Iqtisodiyotda moliyaviy barqarorlikni ta'minlash va resurslarni samarali taqsimlash.
Bretton-Vuds tizimi qachon tashkil etilgan?
1944-yilda,1-22 iyul kunlari AQShning Bretton-Vuds shahrida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada.
Blokcheyn texnologiyasi nimani bildiradi?
Bu ma’lumotlar zanjiri shaklida saqlanadigan, markazlashmagan va o‘zgartirib bo‘lmaydigan tizim.
“Murabaha” bitimi qanday iqtisodiy mohiyatga ega?
Bu bank tovarni o‘zi xarid qilib, mijozga ustama bilan sotadigan bitimdir.
Buyuk Depressiya boshlangan “Qora seshanba” voqeasi nimani anglatadi?
Bu 1929-yil 29-oktabr kuni AQSh fond bozorining keskin qulagan kuni.
“Vositachilik” funksiyasi qanday mazmunga ega?
Ortiqcha mablag'ga ega subyektlar bilan mablag'ga muhtoj subyektlarni bog'laydi. Masalan:banklar-vositachi sifatida ishlaydi.
Bretton-Vuds tizimi natijasida qaysi tashkilotlar tuzilgan?
Xalqaro valyuta jamg'armasi (XVJ)
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTRB)
Smart-kontraktlar qanday bitim turi hisoblanadi?
Bu avtomatik bajariladigan raqamli shartnoma. Unda shartlar blokcheynda yoziladi va ular bajarilganda tizim avtomatik tarzda bitimni amalga oshiradi.
Mushoraka shartnomasi qanday tamoyil asosida ishlaydi?
Ikki yoki undan ortiq tomon kapital qo'yib, biznesni birgalikda boshqaradi.Foyda va zarar sheriklar o'rtasida bo'linadi.
2008-yilgi jahon moliyaviy inqirozining asosiy sababi nimada edi?
2008-yilgi global moliyaviy inqirozning sababi — xavfli ipoteka kreditlarining (subprime mortgage) haddan tashqari ko‘payishi.
“Risklarni boshqarish” funksiyasi qanday amalga oshiriladi?
Diversifikatsiya, sug'urta va hedjing orqali tavakkalchilikni kamaytirish yo'li bilan.
SDR (Special Drawing Rights) nima?
Bu Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi tomonidan yaratilgan xalqaro zaxira aktividir.
U milliy valyuta emas, balki a’zolar o‘rtasida hisob-kitob qilish uchun yaratilgan sun’iy valyuta birligi.
Uning qiymati dollor, yevro, yuan, iyena va funt sterling asosida belgilanadi.
“Big Data” texnologiyasi moliya sohasida nimani anglatadi?
“Big Data” — bu juda katta hajmdagi ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va undan foydali qarorlar chiqarish texnologiyasi.
Moliya sohasida "Big Data" mijozlarning xatti-harakatlarini tahlil qilib, riskni baholash, firibgarlikni aniqlash va xizmatni shaxsiylashtirish uchun ishlatiladi.
“Takaful” tizimi qanday prinsipga asoslanadi?
Bu o‘zaro yordam va hamkorlik tamoyiliga asoslangan islomiy sug‘urta tizimi.
1973-yilda yuz bergan birinchi neft inqiroziga nima sabab bo‘ldi?
1973-yilda Yaqin Sharqdagi siyosiy mojarolar (Isroil–Arab urushi) sababli neft eksport qiluvchi davlatlar (OPEK) neft eksportini cheklab, narxni 4 baravar oshirdi.
“Monitoring” funksiyasi nimani anglatadi?
Moliyaviy tizimdagi subyektlarning faoliyatini nazorat qilish va baholash jarayoni.
Global moliyaviy integratsiya qanday natija beradi?
Kapital oqimlarini tezlashtiradi va davlatlar iqtisodiyotini o'zaro bog'laydi
Kiberxavfsizlik moliya tizimida qanday ahamiyatga ega?
Kiberxavfsizlik moliya tizimidagi ma’lumotlar va onlayn tranzaksiyalarni himoya qilish uchun zarur.
“Maqasid al-shariah” tamoyili Islom moliya tizimida nima uchun muhim?
“Maqasid al-shariah” — bu islom huquqining asosiy maqsadlarini bildiradi: inson hayoti, din, aql, mol-mulk va avlodni himoya qilish.
Moliya sohasida bu tamoyil halollik, adolat va barqarorlikni ta’minlash uchun muhim hisoblanadi.
1980-yillarda “Yo‘qotilgan o‘n yillik” atamasi qaysi mintaqaga tegishli?
Lotin Amerikasi mamlakatlariga tegishli.