2025-yil holatiga ko‘ra O‘zbekistonda nechta tijorat banki faoliyat yuritmoqda?
36 dan ortiq tijorat banki.
Tijorat banki va mikromoliyaviy tashkilot o‘rtasidagi asosiy farq nima?
Banklar keng ko‘lamli moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadi, mikromoliya esa kichik kreditlarga ixtisoslashgan
Diversifikatsiya nimani anglatadi?
Riskni kamaytirish uchun mablag‘ni turli aktivlarga taqsimlash
Investitsiya fondlari asosan qayerga mablag‘ yo‘naltiradi?
Aksiyalar va obligatsiyalarga
Lizing va bank krediti o‘rtasidagi asosiy farq nimada?
Lizingda mulk lizing kompaniyasi nomida qoladi
2024-yilda bank aktivlarining YAIMga nisbati taxminan necha foizni tashkil qilgan?
46%
Bank vositachiligining asosiy mohiyati nimada?
Jamg‘arma egalari va qarz oluvchilar o‘rtasida vositachilik qilish
Agar sug‘urta kompaniyalari bo‘lmasa, tadbirkorlik faoliyatiga qanday ta’sir bo‘ladi?
Risk oshadi va investitsiya kamayadi
Investitsiya fondlarining asosiy afzalligi nimada?
Kichik investorlar mablag‘larini birlashtiradi
O‘zbekistonda 2020–2025 yillarga mo‘ljallangan bank tizimini isloh qilish strategiyasining asosiy maqsadlaridan kamida bittasini ayting.
Banklarni xususiylashtirish
Davlat ulushini kamaytirish
Raqobatni oshirish
Xalqaro moliyaviy standartlarni joriy etish
Bank xizmatlarini raqamlashtirish
2021–2025 yillarda tijorat banklarining jami kapitali doimiy ravishda oshib borgan.
Bu o‘sish asosan nimani anglatadi?
Banklarning risklarni qoplash imkoniyati oshgan
Tijorat banklari va ipoteka banklari o‘rtasidagi asosiy farq nimada?
Tijorat banklari universal xizmat ko‘rsatadi, ipoteka banklari esa asosan uy-joy kreditiga ixtisoslashgan
Sug‘urta kompaniyalari yig‘ilgan sug‘urta badallarini faqat saqlab turmaydi. Ular bu mablag‘larni investitsiya qiladi. Buning asosiy sababi nima?
Qo‘shimcha daromad olish va to‘lov qobiliyatini oshirish
Agar investitsiya fondiga ko‘proq mablag‘ jalb qilinsa, bu kapital bozori uchun qanday natijaga olib keladi?
A) Kompaniyalar kredit olishga majbur bo‘ladi
B) Kapital jalb qilish imkoniyati kengayadi
C) Bank depozitlari avtomatik oshadi
D) Sug‘urta bozori qisqaradi
B) Kapital jalb qilish imkoniyati kengayadi
Moliyaviy vositachilar mavjud bo‘lishi iqtisodiyotda qaysi ikki muammoni kamaytiradi?
A) Soliq va inflyatsiyani
B) Axborot assimetriyasi va tranzaksiya xarajatlarini
C) Subsidiyalar va budjet taqchilligini
D) Narx nazoratini
B) Axborot assimetriyasi va tranzaksiya xarajatlarini
Agar bank aktivlari YAIMning 46% ini tashkil qilsa,
bu quyidagilardan qaysi biriga eng yaqin xulosani beradi?
A) Iqtisodiyotda bank sektorining ulushi deyarli yarmiga teng
B) Banklar YAIMdan katta
C) YAIM banklardan ko‘p
D) Bank tizimi kichik rol o‘ynaydi
A) Iqtisodiyotda bank sektorining ulushi deyarli yarmiga teng
Aholi banklarga omonat qo‘yadi, bank esa bu mablag‘ni tadbirkorlarga kredit sifatida beradi.
Bu jarayon bank vositachiligining qaysi funksiyasini eng to‘g‘ri ifodalaydi?
Kapitalni taqsimlash funksiyasi
Nima sababdan sug‘urta mavjud bo‘lgan iqtisodiyotda investitsiya faolligi yuqoriroq bo‘ladi?
Risk kamaygani sababli investorlar ishonchi oshadi
Agar investitsiya fondiga ko‘proq investorlar qo‘shilsa, fondning asosiy ustunligi nimada oshadi?
Mablag‘ hajmi ortadi va ko‘proq aktivlarga investitsiya qilish imkoniyati paydo bo‘ladi
Qaysi moliyaviy vositachi uzoq muddatli jamg‘armalarni yig‘ib, ularni investitsiyaga yo‘naltiradi va kelajakdagi to‘lovlar (masalan, pensiya) uchun mablag‘ shakllantiradi?
Pensiya fondi
Agar depozitlar 28% ga oshgan bo‘lsa va o‘tgan yili ular 100 trln so‘m bo‘lgan bo‘lsa,
joriy yildagi depozitlar hajmi taxminan nechaga teng bo‘ladi?
128 trln
Nima sababdan banklar bir vaqtning o‘zida barcha omonatlarni naqd shaklda saqlab turmaydi?
Chunki mablag‘larning bir qismi kredit sifatida iqtisodiyotga yo‘naltiriladi
Agar sug‘urta bozori mukammal ishlamasa va ko‘plab yuqori riskli mijozlar sug‘urtaga kirib, past risklilar chiqib ketsa, uzoq muddatda sug‘urta kompaniyasida qanday holat yuzaga keladi?
Badallar oshadi yoki bozor qisqaradi
Agar investitsiya fondi asosan obligatsiyalarga mablag‘ yo‘naltirsa, uning risk darajasi odatda qanday bo‘ladi? A) Juda yuqori
B) O‘rtacha
C) Nisbatan past
D) Umuman risk bo‘lmaydi
C) Nisbatan past
Bir iqtisodiyotda:
Banklar kredit bermayapti
Sug‘urta tizimi rivojlanmagan
Investitsiya fondlari yo‘q
Natijada investorlar mablag‘ni ishlab chiqarishga kiritmayapti.
Savol: bu holatda iqtisodiyotda qaysi 2 ta asosiy muammo kuchayadi?
Risk darajasi oshadi
Kapital yetishmovchiligi yuzaga keladi
(yoki: investitsiya pasayadi / iqtisodiy o‘sish sekinlashadi)