Motrudiy
Motrudiy
Ash'ariy
Ash'ariy
Ta'limotlarda farqlari
100

Abu Mansur Al-Motrudiy nechinchi yil qayerda tug`ulib va qachon vafot etgan?

870-yil Samarqandni Motrud qishlog`ida tug`ilgan,  944-yil Samarqand (Chokardiza qabristoni)

100

Moturidiy nasablari kimga borib taqaladi va u inson bilan bog`liq qanday voqea sodir bo`lgan?

Imom Abu Mansur al-Moturidiy Abu Ayyub Xolid ibn Zayd ibn Kulayb al-Ansoriy borib taqaladi Rosululloh sallollohu alayxi vasallam Madinaga borganlarida Abu Ayyub al-Ansoriyning uyiga tushib, u yerda 17oy yashaganlar

100

Abul Xasan al-Ash'ariyning toʻliq ismi qanday?

Abul Xasan Ali ibn Ismoil ibn Isxoq ibn Solim ibn Abdulloh ibn Muso ibn Bilol ibn Bai Burda ibn Abi Muso al-Ash'ariy

100

Abul Xasan al-Ash'ariy nechinchi yil qayerda tug`ilib va nechinchi yil vafot etgan?

260/873-yil Basrada tugʻilgan, 324/936-yil Bagʻdodda dafn qilinganligi haqida ham maʼlumotlar bor

100

Moturidiy va Ashʼariy aqidaviy qarashlarida umumiy asosiy farq nimada?

Moturidiy ham naqliy ham aqliy dalillar bilan misollar keltirib, isbotlab bergan.

Ashʼariy koʻroq naqliy dalillarga tayanib moʻtaziliylarning aqidaviy qarashlariga qarshi turgan.

200

Imom Motrudiymimg Tavsir yo'nalishida yozilgan asari qaysilar?

''Ta`vilot axli sunna" yoki "Ta`vilot  al-Qur`on al-karim"

200

Imom Motrudiy qaysi mazhabda edilar?

Ahli sunna val jamoa (Hanafiy)

200

Ash'ariy dastlab qaysi talimoda bo'lgan?

Mo'taziliyalar taʼlimotida

200

Ashʼariy  qaysi shaharga koʻchib ketadi va qaysi sulola qoʻl ostida oʻz faoliyatini davom ettiradi?

Ashʼariy oʻz shahridan Bagʻdodga koʻchib ketadi va Saljuqiylar sulolasi davrida koʻproq naqlga tayangan aqidaviy qarashlari keng yoyiladi

200

Tojiddin Subkiy Moturidiy va Ashʼariy oʻrtasidagi asosiy farqlar nechta va qanday turlarga boʻlgan?

Asosiy farqlari 13ta 

7ta lavziy, 6ta ma'naviy farqlarga boʻlgan

300

Ulamolar orasida Imom al-Moturidiyni qanday nomlar bilan tanilgan?

"Imom al-xuda", "Imom al-mutakallimin", "Rais axli sunna val jamoa", "al-Imom az-zoxid", "Musaxxix axli sunna val jamoa"

300

Moturidiyning asl ismini to'liq bayon qiling?

Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Maxmud Xanafiy Moturidiy Samarqandiy


300

Ash'ariy qaysi asarida mo'taziliyadan chiqqani haqida yozadi.

«ал-Ибона ан усул ад-диёна» («Дин асосларининг баёни»)

300

Ash'ariyning mo'taziliya talimotidagi ustozi kim?

 Абу Али Жубоъий

300

Lavziy farqi - Imonda istisno masalasi undagi qarashlarni ajratib bering.

Moturidiy - Men haqiqatda moʻminman deydi sababi bunda imonda putur yetkazmaslik masalasi turadi.

Ashʼariy - Men InshaAlloh moʻminman deydi sababi Alloh hali jonini olmugunicha u qolgan umri davomida qanday vafot etishini bilmaydi.

400

Imim Motrudiyning ustozlari kimlar?

Ishoq Juzjoniy,

Abbos Iyoziy

Nusayr ibn yahyo Balhiy

Muhammad ibn Muqotil Roziy

400

Imom Motrudiyning shogirtlari kim?

.Абул-Қосим Исҳоқ ибн Муҳаммад ал-Ҳаким ас-Самарқандий 

Абул-Ҳасан Али ибн Саид ар-Рустуғфаний ас-Самарқандий.

.Абу Муҳаммад Абдул-Карим ибн Мусо ибн Исо ал-Паздавий

.Абу Аҳмад ибн Аби Наср Аҳмад ибн ал-Аббос ал-Иёзий

.Абу Абурраҳмон ибн Аби-Лайс ал-Бухорий


400

Abul Xasan al-Ash'ariyni Mo'taziliyalar taʼlimotidan chiqishiga sabab va qanday voqea bilan bogʻliq toʻliq yoritib gapirib bering.

Abul Xasan al-Ash'ariy bir kuni ustoziga 3 aku uka taqdiri toʻgʻrisida savol beradi. Ustozi oxirgi bergan savoliga javob berolmaganidan soʻng moʻtaziliya taʼlimotida voz kechadi. Bir necha kunlab namozga ham chiqmay qoʻyadi. Taxajjud namozini oʻqigani turib duo qiladi. "Allohdan koʻnglidagi gʻashlikni daf qilishini va uni oʻz xidoyatiga boshlashini" soʻrab duo qiladi. Shunda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam tushlariga kirib, "sening najot topishing faqat mening sunnatimni mahkam tutishing bilan amalga oshadi" deb javob beradilar. ........

400

Мотуридийлик ва ашъарийлик ўртасидаги фарқлар борасида ёзилган илмий асарлар....

1. Тожиддин Субкий - «Қасида ан-нуния ли Тажиддин Субкий» (13 фарқ); 2. Ҳасан ибн Абдулмуҳсин Абу Азба - «ар-Равзату-л-бахия фима байнал-ашъария ва-л-матуридия» (13 фарқ) 3. Абдураҳим ибн Али Шахир - «Назму-л-фараид ва жамъу-л-фаваид фи баяни-л-масаил аллати вақаа фиха-л-ихтилаф байна-л-матуридия ва-лашъария фи-л-акид» (40 фарқ); 4. Камолиддин Баёзий - «Ишарату-л-маром мин ибарату-л-Имом» (50 фарқ).

400

 Kofirning mukofotlanishi (neʼmatlanishi) haqidagi farqlarni aytib bering.

Moturidiy - Kofirlarni bu dunyoda dunyoviy neʼmatlar bilan mukofotlanishi mumkin deydi. Masalan hozirgi kunda koʻplab millioner insonlarning hammasi ham musulmon emas.

Ashʼariy - Kofir na bu dunyoda na oxiratda hech qanday neʼmatlar bilan mukofotlanmaydi. Bunda koʻproq naqliy dalilga tayanib va oʻsha davr nuqtai nazardan kelib chiqib keltirgan.

500

Moturidiya ta`limotinig mashhur vakili Abul muin an-Nasafiy "Tabsirat al-adilla" asarida Moturidiy qalamiga mansub qaysi asarlarni ko`rsatib o`tgan?

"Kitob at -tavxid", "Ta`vilot al-Qur`on al-karim", "Kitob al-maqolat", "Kitob radd al-avoil al-adilla lil Ka`biy", "Kitob radd taxzib al-jadal lil Ka`biy", "Kitob bayon vaxm al-mo`tazila", "Kitob fir radd alal qaromita", "Radd vaid al-fussoq lil Ka`biy", "Radd kitob al-imoma li ba`z ar-ravofiz", "Radd al-usul al-xamsa li Abi Umar al-Boxiliy", "Sharx al-jomi` as-sag`ir", "Kitob al-jadal fi usul al-fiqx", "Ma`haz ash-sharia fi usul al-fiqx".

500

Qaysi asari 1953-yilda Anarada chop etilgan?

«Рисола фил-ақида».

500

 Ash'ariyni qaysi asarlarini sanab bering?

"al-Umda fir-Ruya", "al-Fusul fir radd alal mulxidin", "al-Mujaz", " Imoma Abi Bakr as-Siddiq", "Holq al-a'mol", "al-Istitoa", "as-Sifat", "ar-Ru'ya", al-Asmo val axkom", "al-Radd alal mujassama", "al-Izox", "al-Lumaʼ as-sagʻir", "al-Lumaʼ al-kabir", "ash-Sharx vat tafsil", "al-Muqaddama", "an-Naqs alal Jubboiy", "an-Naqs alal Balhiy", "Maqolat al-mulxidiy"

500

Ash'ariy asarlarini kimni asarlarida sanab o'tilgan?

 As-Subkiy "Tabaqot ash-shofi'iya al-kubro" nomli asarida

500

Maʼnaviy farqlar. Allohni tanish masalasida qanday ajratamiz?

Moturidiy - Allohni tanish sharʼan ham aqlan ham vojibdir. Chunki har bir insonga idrok berilgan va u aqlini ishlatib, yaratilgan narsalarga boqib ham Allohni tavfiqi bilan imonli boʻladi

Ashʼariy - Allohni tanish faqat shar'an vojibdir. Bunda koʻproq Ashʼariy naqlga tayanib, Alloh tavfiq bersagina inson imonga keladi deyishadi