Mualliflik huquqi asoslari
Mulkiy huquqlar va muddatlar
Turdosh huquqlar
Hammualliflik va maxsus asarlar
Huquqlarni himoya qilish
100

Mualliflik huquqi ob’ekti bo‘lishi uchun asar qanday shaklda bo‘lishi kerak?

byektiv shaklda: yozma, og‘zaki, ovozli yoki video yozuv va h.k. - 1042-modda

100

Muallifning asardan har qanday shaklda va usulda foydalanishga bo‘lgan mutlaq huquqi nima deb ataladi?

Mulkiy huquq - 1053-modda

100

Turdosh huquqlarning uchta asosiy ob’ektini ayting.

Ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv beruvchi tashkilotlarning eshittirishlari - 1064-modda

100

Ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati bilan yaratilgan asar nima deyiladi?

Hammualliflikdagi asar - 1046-modda

100

Mualliflik huquqini buzgan shaxsdan zararni qoplash o‘rniga nima talab qilish mumkin?

Tovon (kompensatsiya) to‘lashni - 1073-modda

200

Mualliflik huquqi yuzaga kelishi uchun asarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki boshqa rasmiyatchiliklarga rioya etish talab qilinadimi?

Yo‘q, talab qilinmaydi. Mualliflik huquqi asar yaratilgan paytdan boshlanadi - 1045-modda

200

Mualliflik huquqi (mulkiy qismi) muallifning butun hayoti davomida va vafotidan keyin necha yil davomida amal qiladi?

70 yil davomida - 1060-modda

200

Ijrochining ijrodan foydalanishga bo‘lgan mutlaq huquqi ijro birinchi marta amalga oshirilgan paytdan boshlab necha yil amal qiladi?

50 yil davomida - 1079-modda

200

Hammualliflikning qaysi turi bo‘laklarga bo‘linmaydigan yaxlit asarni anglatadi?

Bo‘linmas hammualliflik

200

Asardan muallifning ruxsatisiz va haq to‘lamasdan faqat qanday maqsadda foydalanishga yo‘l qo‘yiladi?

Shaxsiy maqsadlarda (ba’zi istisnolardan tashqari) - 1058-modda

300

Asar yaratishda ko‘rsatilgan qanday yordam (masalan: maslahat berish, texnik yordam) shaxsni muallif deb tan olinishiga asos bo‘lmaydi?

Intellektual ijodiy hissa qo‘shmagan yordam - 1046-modda

300

Hammualliflikda yaratilgan asarga nisbatan mualliflik huquqi oxirgi hammuallif vafotidan keyin necha yil amal qiladi?

70 yil davomida - 1060-modda

300

Fonogrammani tayyorlovchining huquqi fonogramma birinchi marta chop etilganidan keyin necha yil amal qiladi?

50 yil davomida - 1079-modda

300

Xizmat vazifasini bajarish tartibida yaratilgan asarga nisbatan mulkiy huquqlar, agar shartnomada boshqacha qoida bo‘lmasa, kimga tegishli bo‘ladi?

Ish beruvchiga - 1059-modda

300

 Mualliflik huquqi ob’ekti hisoblanmaydigan hujjatlarga misol keltiring

Rasmiy hujjatlar, qonunlar, sud qarorlari, davlat ramzlari - 1041-modda

400

Muallifning o‘z asaridan haqiqiy ismi yoki taxallusi ostida yoxud ismini ko‘rsatmagan holda foydalanish huquqi nima deyiladi?

Muallifning ismi-sharifiga bo‘lgan huquqi - 1051-modda

400

Mualliflik huquqining amal qilish muddati tugaganidan keyin asar qanday maqomga ega bo‘ladi?

Ijtimoiy mulk bo‘lib qoladi - 1062-modda

400

Turdosh huquqlar yuzaga kelishi uchun majburiy shart bormi?

Yo‘q, ijro etish yoki yozib olish faktining o‘zi yetarli - 1065-modda

400

 Audio-vizual asarning (kino) asosiy mualliflaridan biri kim?

Sahnalashtiruvchi rejissyor, ssenariy muallifi yoki maxsus yaratilgan musiqa muallifi - 1047-modda

400

Intellektual mulk ob’ektlaridan foydalanish uchun haq to‘lanishini kimlar nazorat qiladi?

Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar

500

Asarga o‘zgartishlar kiritish, muallifning ruxsatisiz unga illyustratsiyalar yoki so‘zboshi qo‘shishni taqiqlash huquqi qanday nomlanadi?

Asar daxlsizligi huquqi - 1051-modda

500

Mualliflik shartnomasi bo‘yicha topshirilayotgan huquqlar nima deb ataladi?

Litsenziya yoki huquqdan voz kechish - 1054-modda

500

Turdosh huquqlarni belgilashda qo‘llaniladigan maxsus belgi qaysi va u nimani anglatadi?

P harfi aylananing ichida (℗) - 1065-modda

500

Jamoat mulki bo‘lgan asarlardan foydalanganlik uchun kimga to‘lov qilinadi?

Hech kimga, lekin asarning daxlsizligi va muallif nomi saqlanishi shart - 1062-modda

500

Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari (mualliflik nomi, daxlsizlik) qancha vaqt himoya qilinadi?

Muddatsiz - 1060-modda