Motsart
Betxoven
Shopen
Glinka
Simfoniya
100

Motsartning otasi Leopold o‘g‘lidagi iste’dodni yoshligidan rivojlantirgan. Sizningcha, iste’dod rivojlanishi uchun faqat tug‘ma qobiliyat yetarlimi?

Yo‘q. Iste’dod bilan birga mehnat, tarbiya va to‘g‘ri yo‘naltirish ham muhim.

100

Betxovenning otasi Iogann o‘g‘lining musiqiy iste’dodini payqab qolgach, undan kim kabi buyuk bastakor tayyorlamoqchi bo‘lgan va shu orqali boyib ketishni ko‘zlagan?

Motsartga (Ikkinchi Motsart)

100

Shopen o‘z zamonasining o‘ta yuqori mahoratga erishgan, cholg‘uni mukammal egallagan musiqachisi edi. Uning bunday mohir pianinochi ekanligi qaysi professional musiqiy termin bilan ta’riflangan?

Virtuoz.

100

Mixail Glinkaning bolaligidanoq musiqaga qiziqqani aytilgan. U yoshligida qaysi guruh ijro etgan kuylarni tinglab, skripka, fleyta va fortepiano chalishni o‘rgana boshlagan?

Dehqonlar orkestri.

100

"Simfoniya" so‘zi yunon tilidan olingan bo‘lib, qanday ma’noni anglatadi?

Ohangdoshlik.

200

Motsart 8 yoshida murakkab kuylarni eshitib xatosiz takrorlagan. Bu uning qaysi qobiliyati nihoyatda kuchli bo‘lganini bildiradi?

Musiqiy eshitish va xotira qobiliyati.

200

Lyudvig van Betxoven necha yoshida ilk bor jamoat oldida konsert berib chiqqan va bu voqea qaysi yilda yuz bergan?

1778-yilda, 8 yoshida.

200

Yosh Shopenning ijodiy va ijrochilik qobiliyati juda vaqtli uyg‘ongan. Matnga ko‘ra, u necha yoshida o‘zining ilk asarini bastalagan va necha yoshdan boshlab oilaviy hamda jamoat yig‘inlarida konsert bera boshlagan?

7 yoshida birinchi asarini bastalagan, 8 yoshidan konsertlarda qatnashgan. 

200

1817-yilda Glinka Peterburgga ko‘chib keladi va Blagorodniy pansionida tahsil oladi. Pansionni bitirgach, uning ijodkor sifatidagi dunyoqarashi va ijodining shakllanishiga o‘sha davrning qaysi buyuk adib va shoirlari bilan bo‘lgan muloqoti juda katta ta’sir ko‘rsatgan? (Uchalasini ham ayting).

Pushkin, Griboyedov, Jukovshkiylar.


200

Simfoniya, odatda, to‘rt qismdan iborat bo‘ladi. Ulardan qaysi qismi lirik xarakterli, vazmin sur’atda ijro etiladi?

II qism.

300

Motsartning birinchi kitobi necha yoshida va qayerda bosilib chiqdi?

8 yoshida Parijda

300

Betxovenning asosiy o‘qituvchisi va qadrdon do‘stiga aylangan organ ijrochisi (organchi) kim edi?

Nefe (Organchi Nefe).

300

Shopen asarlarining tinglovchi qalbiga chuqur kirib boruvchi o‘ziga xosligi va asosiy xususiyatlari qaysi jihatlarda namoyon bo‘ladi? (Kamida 3 ta xususiyatini ayting).

Asarlarining milliyligi, g‘oyaviy obrazliligi va his-tuyg‘ularga boy nozik ruhiyati.

300

Glinka 1834-yilda Rossiyaga qaytgach, o‘zining mashhur "Ivan Susanin" operasini yozishga kirishadi. Ushbu operaning birinchi ijrosi qaysi yili va aniq qaysi sanada bo‘lib o‘tib, katta muvaffaqiyat qozongan?

1836-yil 27-noyabrda.

300

Simfoniyaning IV qismi rondo shaklida yoziladi. Bu qism odatda qanday xarakterga ega bo‘ladi va undagi musiqa qanday tartibda ijro etiladi?

Tantanavor va jo‘shqin xarakterga ega bo‘ladi; ayrim bir bo‘lak qo‘shiqning naqarotiga o‘xshab har gal qayta chalinadi.

400

Motsart 36 yoshida vafot etgan bo‘lsa-da, nega hozirgacha klassik musiqaning eng buyuk namoyandalaridan biri hisoblanadi?

Chunki qisqa umrida 600 dan ortiq mukammal asarlar yaratib, opera va simfoniya rivojiga katta hissa qo‘shgan.

400

Oilasining kambag‘alligi va nochor ahvoli sababli Betxoven yoshligidan saroy kapellasida qanday vazifada ishlashga majbur bo‘lgan?

Organ chaluvchining yordamchisi bo‘lib.

400

Shopen 1830-yilda Parijga safar qiladi va taqdir taqozosi bilan umrining oxirigacha vataniga qayta olmaydi. Uning Polshaga qaytolmasligiga va ijodiy faoliyatini chet elda o‘tkazishiga sabab bo‘lgan tarixiy va siyosiy voqea nima edi?

1831-yilda Polshada inqilobiy kurashga chek qo‘yiladi va vatan mustaqilligi uchun kurashganlar (Shopen safida bo‘lgan do‘stlari/vatanparvarlar) qatl qilinadi.


400

Glinka tomonidan yaratilgan ikkita yirik fantaziya asari yozgan. Ulardan biri 1846-yilda "Aragonskaya xota" bo‘lsa, hayotining oxirgi 9 yilida qayta ishlab chiqilgan ikkinchi simfonik fantaziyasi qanday nomlanadi?

Kamarinskaya

400

Simfoniya janrining o‘zbek musiqasidagi ilk namunalarini yaratgan ko‘plab bastakorlar nomi keltirilgan. Ulardan kamida 4 tasining ismini ayting.

M. Ashrafiy, I. Akbarov, T. Qurbonov, S. Jalil, M. Tojiyev, B. Lutfullayev, M. Bafoyev (shulardan ixtiyoriy 4 tasi)

500

Motsartning kuchli musiqiy xotirasini isbotlagan tarixiy voqea qaysi?

“Miserere”ni bir marta eshitib yozib olgani

500

Betxovenning hayoti shuni ko‘rsatadiki, insonning muvaffaqiyatida qiyinchiliklar to‘siqmi yoki motivatsiyami? Javobingizni Betxoven hayoti bilan izohlang.

Betxoven qiyinchiliklarga qaramay ijod qilishda davom etgan. Hatto eshitmay qolsa ham buyuk asarlar yaratgan. Demak, qiyinchiliklar uni yanada kuchli qilgan va motivatsiya bo‘lib xizmat qilgan.

500

Shopenning fortepiano uchun yaratgan va pianinochilarning "Oltin meros"iga aylangan asarlari soni aniq keltirilgan. Ayting-chi, Shopen nechta konsert, nechta pyesa, nechta sonata, nechta ballada, nechta polonez, taxminan nechta mazurka, nechta vals va nechta etyud yozgan? (Barcha janrlarning sonini aniq aytib bering).

4 ta pyesa, 3 ta sonata, 4 ta ballada, 76 ta polonez

60 ga yaqin mazurka, 17 ta vals, 27 ta etyud

500

Xronologik va geografik savol: Glinka 1845-yilda Ispaniyaga boradi va ijodiy yutuqlarga erishadi. Matnga ko‘ra, u 1846-yilda Ispaniyaning qaysi shahrida bo‘lganida o‘zining mashhur "Aragonskaya xota" fantaziyasini yaratadi?

Madridda.

500

Simfoniya odatda qayerda ijro etiladi?

Simfonik orkestrda