Klasifikatsiya va turlar
Funksiyalar va xossalar
Tarkibiy qism tuzilishi bo'yicha
Skelet muskullar
Silliq muskullar
100

Visseral va multiunitar silliq muskullar joylashuvi bo'yicha bir-biridan qanday farqlanadi?

Visseral silliq muskullar barcha ichki a'zolarda, qon va limfa tomirlarida, terida hamda hazm bezlarining chiqaruv yo'llarida uchraydi; multiunitar silliq muskullar esa kipriksimon muskul va ko'zning qorachiq muskulida joylashgan.

100

Skelet va silliq muskullarda tinchlik membranali potensiali hamda harakat potensialining davomiyligi qanchaga teng?

Skelet muskulida tinchlik potensiali -90 mV, harakat potensiali davomiyligi 1-3 ms ga teng; silliq muskulda tinchlik potensiali o'rtacha -50 mV, harakat potensiali davomiyligi 50-250 ms ni tashkil etadi.

100

Muskul tolasining (miofibrillaning) ikkita Z-plastinka orasida joylashgan funksional qisqaruvchi birligi nima deyiladi?

Sarkomer.

100

Motor nerv oxiridan skelet muskuliga qo'zg'alishni o'tkazuvchi asosiy mediator qaysi?

Atsetilxolin

100

Silliq muskullar va skelet muskullari o'rtasidagi asosiy mikroskopik va strukturali farq nimada?

Silliq muskullarda ko'ndalang-targ'illik va T-naychalar bo'lmaydi, aktin va miozin iplari tartibsiz joylashgan.

200

Izotonik va izometrik qisqarishlarning farqi nimada va nega inson organizmida sof izotonik qisqarish uchramaydi?

Izotonik qisqarishda muskul uzunligi o'zgaradi, tarangligi o'zgarmaydi; izometrik qisqarishda esa uzunlik o'zgarmay, taranglik ortadi. Organizmda taranglikning rivojlanishi muskul tolasining uzunligini o'zgartirishi sababli qisqarishlar auksotonik rejimda kechadi.

200

Silliq muskullarga xos bo'lgan "plastiklik" xossasining mohiyati va uning skelet muskulidan farqi nimada?

Plastiklik — muskul cho'zilgandan keyin o'z tarangligini oshirmay saqlay olish qobiliyatidir. Skelet muskuli yuk ostida cho'zilib, yuk olingach darhol dastlabki holatiga qaytadi, silliq muskul esa cho'zilganicha qolaveradi.

200

Sarkomerda yorug'likni ikki marta sindiradigan qorong'i disk va yorug'likni bir xilda sindiradigan yorug' disk qaysi harflar bilan belgilanadi?

Qorong'i disk — A disk (anizotrop), yorug' disk — I disk (izotrop).

200

Bitta motoneyron va u innervatsiya qiladigan barcha muskul tolalari majmuasi nima deb ataladi?

Motor birlik (harakat birligi).

200

Silliq muskullarda troponin oqsili o'rniga Ca2+ ionlarini o'ziga biriktirib oluvchi maxsus oqsil qaysi?

Kalmodulin

300

Muskulning yakka qisqarishi necha davrdan iborat va uning latent davri miografik usulda taxminan necha sekundni tashkil qiladi?

Yakka qisqarish uch davrdan iborat: latent davri, qisqarish davri va bo'shashish davri. Latent davri miografik qayd qilishning oddiy usulida 0,02 sekundni tashkil etadi.

300

Muskul qisqarganda ajraladigan issiqlikning ikkinchi davri (tiklanuvchi issiqlik) qancha vaqt davom etadi va undagi biokimyoviy jarayonlar nisbati qanday?

Tiklanuvchi issiqlik davri bir necha daqiqa davom etadi. Bunda issiqlikning 90% i oksidlanish jarayonida, 10% i esa anaerob jarayonlarida hosil bo'ladi.

300

Sarkoplazmatik retikulum sisternalaridan Ca2+ ionlari chiqishini tezlashtiruvchi fermentativ jarayon va ion konsentratsiyasining o'zgarish miqdori qanday?

Inozitoltrifosfat hosil bo'lishi fermentlarning faollashuvi va Ca2+ chiqishini tezlashtiradi. Natijada Ca2+ konsentratsiyasi 10^-7 dan 10^-5 M gacha ortadi.

300

Silliq tetanus va tishli tetanus hosil bo'lishidagi asosiy farq nimada?

Tishli tetanusda takroriy impuls muskulning bo'shashish davriga, silliq tetanusda esa qisqarish davriga to'g'ri keladi

300

Visseral silliq muskul hujayralari orasida qo'zg'alishni bir hujayradan ikkinchisiga tez o'tkazuvchi past qarshilikli kontaktlar nima deyiladi?

Neksuslar

400

Tishli va silliq tetanus qanday sharoitda hosil bo'ladi hamda tetaniq ta'sirotdan keyingi qoldiq bo'shashmaslik holati nima deyiladi?

Takroriy impuls muskulning bo'shashish davriga tushsa — tishli tetanus, qisqarish davriga tushsa — silliq tetanus hosil bo'ladi. Tetanik ta'sirotdan keyingi qoldiq bo'shashmaslik holati kontraktura deb ataladi.

400

Muskul qisqarishi jarayonida ajralib chiqadigan boshlang'ich issiqlik qaysi uchta fazaga bo'linadi?

Faollashish issiqligi, qisqarish issiqligi va bo'shashish issiqligi.

400

Ko'ndalang ko'prikchalarning to'rtinchi va beshinchi bosqichlarida Ca2+ ionlari ishtirokida miozin va aktin o'rtasida qanday jarayon kechadi?

To'rtinchi bosqichda Ca2+ ionlari troponin bilan birikadi; beshinchi bosqichda miozin boshchasi o'z o'qi atrofida aylana boshlaydi, aktinning aktiv markazlari bilan birikadi va aktin filamentini ichkariga tortadi.

400

Uzoq vaqt ishlaganda muskul charchashining rivojlanishiga olib keluvchi metabolik sabablar qaysilar?

ATF va glikogen zaxirasining kamayishi hamda modda almashinuvi mahsulotlari (sut kislota va b.) to'planishi.

400

Organizmdan ajratib olingan silliq muskul bo'lagi Ringer-Lokk eritmasida o'z-o'zidan qisqarishi qanday tabiatga ega deb tushuntiriladi?

Silliq muskullarning avtomatiyasi yurak muskullari avtomatiyasiga o'xshash bo'lib, uning tabiati myogen xarakterga ega.

500

Muskul kuchini aniqlashda maksimal yuk qaysi ko'rsatkichga bo'linadi va odamda eng katta kuchga ega muskul qaysi?

Muskul kuchi uning fiziologik ko'ndalang kesimining kvadrat santimetrlari soniga bo'linadi (kg/sm2). Odamda eng katta kuchga chaynov muskuli ega bo'lib, 10kg/sm2 ga teng.

500

Ichki a'zolarda (masalan, siydik pufagi yoki oshqozonda) silliq muskullarning plastiklik xossasi qanday fiziologik ahamiyatga ega?

A'zo oziq-ovqat yoki suyuqlik bilan to'lib hajmi kattalashganda devordagi bosim va tonus birdaniga oshib ketmasligini ta'minlaydi.

500

skelet va silliq muskullarning tola diametri, T-naychalar va neksuslar mavjudligi bo'yicha farqlar?

Skelet muskulida: tola diametri 100 mkm, T-naychalar bor, neksuslar yo'q. Silliq muskulda: tola diametri 5 mkm, T-naychalar yo'q, neksuslar bor.

500

H. Xaksli va A. Xakslilarning "sirpanish nazariyasi"ga ko'ra muskul qisqarganda sarkomerning qaysi zonasi o'zgarmaydi va qaysi zonalari qisqaradi (torayadi)?

A disk uzunligi o'zgarmaydi; I disk, H-zona va sarkomerning umumiy uzunligi kichrayadi.

500

Silliq muskullarning cho'zilishiga javoban adekvat qisqarish mexanizmi qanday yuzaga keladi?

Cho'zilish hujayra membranasi potensialini kamaytiradi (depolyarizatsiya qiladi), harakat potensiali chastotasini oshiradi va oxir-oqibat muskul tonusini oshirib, adekvat qisqarishga olib keladi