IQ
Zakovot
Nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash tizimi
Voyaga yetmagan bolalarni himoya qilish
Umumiy fan bo'yicha
101

Bir poyga jarayonida siz ikkinchi o‘rinda ketayotgan yuguruvchini quvib o‘tdingiz. Hozir siz nechanchi o‘rindasiz?

Javob: Ikkinchi o‘rinda

101

Keniyaning Nayrobi shaxridagi hayvonot bog'idagi timsohlar bor basseyni yonida shunday yozuvlar bitilgan:

"Iltimos, timsohlarga narsa tashlamang. Aks xxoldda........" Marhamat qilib jumlani to'ldiring.

J

Javob: "Iltimos, timsohlarga narsa tashlamang. Aks xolda o'zingiz olib chiqasiz"

101

Nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qonun qachon qabul qilingan.

Javob:2025-yil 8-maydagi PF-85-son Farmoni

101

Bola tug‘ilgandan keyin uning qaysi huquqlari darhol va so‘zsiz ta’minlanishi shart?


Javob: Har bir bola tug‘ilganidan keyin ism, familiya olish va fuqarolikka ega bo‘lish, shuningdek, o‘z ota-onasini bilish va ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish huquqiga ega.

101

Nogironligi bo‘lgan shaxs ishga joylashsa, unga to‘lanayotgan nogironlik nafaqasi to‘xtatiladimi?


Javob: Yo‘q, to‘xtatilmaydi. U ham ish haqini, ham nafaqani baravar olish huquqiga ega.

200

Savol: Quyidagi sonlar ketma-ketligida bo‘sh qolgan joyni to‘ldiring: 2, 5, 11, 23, ...?

Javob: 47.

200

Nemis kimyogarlari Gans Tropsh va Frants Fisher 1924 yilda uglerod oksidi va vodorod aralashmasidan past bosim ostida uni sanoat miqiyosida olishning yangi usulini

ochdilar. Nimaning?


Javob: Benzin.

200

Nogironlikning "Tibbiy modeli" va "Ijtimoiy modeli" orasidagi asosiy farq nimada?

javob:

Tibbiy model: Muammoni insonda deb ko‘radi va uni "davolash" yoki "tuzatish"ga e’tibor qaratadi.

Ijtimoiy model: Muammoni inson tanasida emas, balki jamiyat yaratgan to‘siqlarda (pandus yo‘qligi, noto‘g‘ri munosabat) deb biladi. Ya’ni, jamiyat o‘zgarishi kerak, inson emas.

200

Savol: Ish beruvchi necha yoshdan boshlab bolani ishga qabul qilishi mumkin va buning uchun qanday majburiy shart bajarilishi kerak?


Javob: Asosan 16 yoshdan. Istisno tariqasida, bolani sog‘lig‘iga zarar yetkazmaydigan yengil ishlarga o‘qishdan bo‘sh vaqtida 15 yoshdan (ota-onasining yozma roziligi bilan) olish mumkin.


200

Ijtimoiy ishda "Keys-menejment" jarayonining 5 ta asosiy bosqichini ketma-ketlikda ayting.

Javob:

  1. Aniqlash (Intake): Mijozni ro'yxatga olish va muammoni aniqlash.

  2. Baholash (Assessment): Mijozning ehtiyojlari va resurslarini tahlil qilish.

  3. Rejalashtirish (Planning): Yordam ko'rsatish rejasini tuzish.

  4. Amalga oshirish (Intervention): Reja asosida amaliy choralar ko'rish.

  5. Monitoring va yakunlash (Evaluation): Natijani tekshirish va keysni yopish.

300

Qafasda 3 ta quyon bor edi. Uchta qizcha ularga bittadan quyon berishlarini so’rashdi. Ularga so’raganlaridek bittadan quyon berildi. Lekin baribir qafasda bitta quyon qoldi. Buni qanday tushuntirish mumkin?

Qizchalarning biriga quyon qafasi bilan birga berilgan.

300

 Amerika shifokorlari televizorning insonlarga salbiy ta'siri to'g'risida tajribalaro'tkazdi. Ularning aniqlashicha televizor yonida ko'p o'tirish ko'z kasalliklarini keltirib chiqara ekan. Ular bu holat yana bir mintagaga xos bo'lgan kasallikni keltiribchiqarmoqda deya ma'lumot berishdi. Bu qanday kasallik?


Javob: Semizlik

300

 "Inklyuziv ta'lim" tushunchasining asosiy qoidasi nima va u ixtisoslashtirilgan maktab-internatlardan nima bilan farq qiladi?

Javob: Inklyuziv ta'limda nogironligi bo‘lgan bola o‘z yashash joyidagi oddiy maktabda, sog‘lom tengdoshlari bilan birga o‘qiydi.

Farqi: Maktab-internat bolani jamiyatdan ajratib qo‘ysa, inklyuziv ta'lim uni jamiyatga erta moslashtiradi.

300

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, necha yoshga to‘lmagan shaxslar "bola" (voyaga yetmagan shaxs) hisoblanadi.

Javob: 18 yoshga to‘lmagan barcha shaxslar bola hisoblanadi.

300

Ijtimoiy xodimning (Social worker) ijtimoiy yordamchidan (Social assistant) asosiy farqi nimada?

Javob: Ijtimoiy xodim nafaqat moddiy yoki jismoniy yordam ko'rsatadi, balki muammoning ildizini tahlil qiladi, mijozning ruhiy-ijtimoiy holatini baholaydi va uni ijtimoiy muhitga moslashtirish (reabilitatsiya) bilan shug‘ullanadi. U ko'pincha "Keys-menejer" (Vaziyat boshqaruvchisi) sifatida ishlaydi.

400

Yengil yoki og’ir bo’lishi mumkin. Lekin vaznga ega emas.
Tez va asta bo’ladi, ammo yugurishga, uchishga, suzishga ham qodir emas.
U nima?

Musiqa.

400

 U mustahkamligi jihatidan po'lat simga o'xshaydi. Uni uzish qiyin bo'lib, 1

kvadrat millimetrini uzish uchun 50 kg kuch kerak. U nima?


Javob: Ipak.

400

O'zbekiston "Nogironlar huquqlari to‘g‘risida"gi Xalqaro Konvensiyani (BMT)  qachon ratifikatsiya qildi?

Javob:2021-yil 7-iyunda

400

Bola huquqlarini kafolatlash to'g'risidagi qomum qachon kuchga kirgan?

Javob:07.01.2008

400

Tajribali ijtimoiy xodimning yosh mutaxassisga murabbiylik qilishi, uning ish sifatini nazorat qilishi va professional qo‘llab-quvvatlashi qanday ataladi?


Javob: Superviziya.

500

U sizga tegishli, ammo boshqalar undan sizga nisbatan ancha ko’proq foydalanishadi. U nima?

Sizning ismingiz.

500

16-savol. Temuriylar davrida Samarqand bozorlarida osiyoiy, zargaron, sedana

payvand kabi turlari bilan mashhur qanday mahsulot sotilgan?


Javob: Non.

500

Oʻzbekiston Respublikasida  "Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida"gi  yangi tahrirdagi qonun qachon qabul qilingan.

Javob:2008-yil 11-iyul:

500

("Bolalar mehnatining eng yomon shakllarini taqiqlash to'g'risida") XMTning nechnchi konventsiyasida keltirilgan.

Javob:182-sonli Konvensiyasi

500

 Mijozning tashqi dunyo (maktab, ish, do‘stlar, shifoxona) bilan bo‘lgan ijtimoiy aloqalari va munosabatlari sifatini grafik tasvirlash usuli nima?


Javob: Eko-xarita.