“Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi qaysi yilda tashkil etilgan?
1994-yil
Navro‘z umumxalq bayrami sifatida qachondan nishonlana boshlandi?
1991-yil 21-mart
“Shaytanat” asari muallifi kim?
Tohir Malik
“O‘zbekkino” davlat aksionerlik kompaniyasi qaysi yilda tashkil etilgan?
1996-yil
O‘zbekiston Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga qachon a’zo bo‘lgan?
1993-yil
“Oyna.uz” elektron portali qaysi markaz huzurida faoliyat yuritadi?
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
Qur’oni Karimni ilk bor o‘zbek tiliga tarjima qilgan shaxs kim?
Alouddin Mansur
“Yosh kitobxon” tanlovi qaysi yildan boshlab o‘tkazila boshlandi?
2017-yildan
“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali qaysi shaharda o‘tkaziladi?
Samarqandda
Mustaqil O‘zbekistonning Olimpiadadagi ilk medalini qo‘lga kiritgan sportchi kim?
Lina Cheryazova
UNESCO tomonidan “Amir Temur yili” deb e’lon qilingan yil qaysi?
1996-yil
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun ilk bor qachon qabul qilingan?
1991-yil 14-iyun
2020-yilda Toshkentda barpo etilgan mashhur adabiy maskan nomini ayting.
Adiblar xiyoboni
UNESCO tomonidan nomoddiy madaniy meros sifatida tan olingan milliy musiqa turi qaysi?
Shashmaqom
1998-yilda Toshkentda qaysi xalqaro sport tashkiloti tuzilgan?
Kurash xalqaro assotsiatsiyasi
2017-yilda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qaysi ikki markaz birlashuvi asosida tashkil etilgan?
Ma’naviyat targ‘ibot markazi va Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi
Quyidagi diniy tashkilotlarni tashkil topgan yillari bilan moslashtiring: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Movarounnahr musulmonlari idorasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita — 1992-yil; Movarounnahr musulmonlari idorasi — 1993-yil; O‘zbekiston musulmonlari idorasi — 1995-yil
1998-yilda tashkil etilgan muzeylar tashkiloti va 1999-yilda tashkil etilgan jurnal nomini ayting.
O‘zbekmuzey tashkiloti; “Moziydan sado” jurnali
UNESCO nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga Shashmaqom, Askiya san’ati va Palov madaniyati qaysi yillarda kiritilganini ayting.
Shashmaqom — 2008-yil; Askiya san’ati — 2014-yil; Palov madaniyati — 2016-yil
Quyidagi sportchilarni sport turlari bilan moslashtiring: Oksana Chusovitina, Hasanboy Do‘stmatov, Denis Istomin.
Oksana Chusovitina — sport gimnastikasi
Hasanboy Do‘stmatov — boks
Denis Istomin — tennis
UNESCO miqyosida nishonlangan Mirzo Ulug‘bek va Amir Temur yubileylarining yili hamda necha yilligi nishonlanganini ayting.
Mirzo Ulug‘bek — 1994-yil, 600 yilligi; Amir Temur — 1996-yil, 660 yilligi
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun 1998 va 2021-yillarda necha moddadan iborat bo‘lganini ayting.
1998-yil — 23 modda; 2021-yil — 35 modda
Quyidagi asarlarni mualliflari bilan moslashtiring: “Shaytanat”, “To‘rt tomon qibla”, “Chayon yili”.
“Shaytanat” — Tohir Malik
“To‘rt tomon qibla” — Omon Muxtor
“Chayon yili” — Uchqun Nazarov
Quyidagi madaniy tadbirlarni o‘tkaziladigan joylari bilan moslashtiring: “Sharq taronalari”, Baxshichilik festivali, Maqom festivali.
“Sharq taronalari” — Samarqand
Baxshichilik festivali — Termiz
Maqom festivali — Shahrisabz
Quyidagi sportchilarni ularning mashhur yutuqlari bilan moslashtiring: Oksana Chusovitina, Hasanboy Do‘stmatov, Rustam Qosimjonov, Muhammadqodir Abdullayev.
Oksana Chusovitina — 7 Olimpiada qatnashchisi, Ginnes rekordchisi
Hasanboy Do‘stmatov — Rio–2016 ning eng yaxshi bokschisi
Rustam Qosimjonov — 2004-yil shaxmat bo‘yicha jahon chempioni
Muhammadqodir Abdullayev — Sidney–2000 Olimpiadasidagi ilk oltin medal sohibi