1
2
3
4
5
100

Naqd pulsiz hisob-kitoblar qaysi nizom asosida amalga oshiriladi?

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 3229-raqamli nizomi (2020 yil 13 aprel) asosida amalga oshiriladi.

100

Naqd pulsiz hisob-kitoblarda qanday to'lov hujjatlaridan foydalaniladi?

Naqd pulsiz hisob-kitoblarda memorial order, to'lov topshiriqnomasi, to'lov talabnomalari, inkasso topshiriqnomalari va akkreditivga ariza kabi to'lov hujjatlaridan foydalaniladi.

100

Memorial order nima?

Memorial order — bank ichki naqd pulsiz hisob-kitob hujjat turi bo'lib, bir bank hisobvarag'idan boshqa bank hisobvarag'iga to'lovlar naqd pul ishlatmasdan o'tkaziladi.

100

To'lov topshiriqnomasi qanday hujjat?

To'lov topshiriqnomasi — mijozning unga xizmat ko'rsatuvchi bankka o'z hisobvarag'idan topshiriqnomada belgilangan summani mablag'larni oluvchining hisobvarag'iga o'tkazish to'g'risidagi topshirig'i nazarda tutilgan hisob-kitob hujjati.

100

To'lov talabnomasining ikki turi qaysilar?

To'lov talabnomalari aktseptli (to'lovchi tomonidan tan olingandan so'ng to'lanadigan) va aktseptsiz (to'lovchining roziligidan qat'i nazar to'lanadigan) turlarga bo'linadi.

200

Memorial order kim tomonidan tasdiqlanishi shart, bank mablag'larni to'lovchi bo'lib qatnashganda?

Bank mablag'larni to'lovchi bo'lib qatnashganda va buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatishda, memorial orderlar bank rahbari va bosh buxgalterining imzolari bilan tasdiqlanishi shart.

200

To'lov topshiriqnomasining 'Hujjat sanasi' grafasidagi sana qanday bo'lishi kerak?

To'lov topshiriqnomasining 'Hujjat sanasi' grafasidagi sana u bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo'lishi kerak, ular mos kelmagan taqdirda, to'lov topshiriqnomasi bank tomonidan ijro uchun qabul qilinmaydi.

200

Qog'oz shaklidagi to'lov topshiriqnomalari bankka necha nusxada taqdim qilinadi?

Qog'oz shaklidagi to'lov topshiriqnomalari bankka ikki nusxada taqdim qilinadi.

200

Aktseptli to'lov talabnomasini aktseptlash standart muddati necha kun?

Aktseptli to'lov talabnomasini aktseptlash muddati ular mablag'larni to'lovchiga topshirilgan kundan keyingi kundan boshlab besh operatsiya kunini tashkil qiladi.

200

Inkasso topshiriqnomasini taqdim etish huquqiga ega bo'lgan organlardan ikkitasini ayting

Davlat soliq xizmati organlari

Bojxona organlari

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligi

300

Muddatida to'lanmagan hujjatlar qaysi hisobvaraqqa joylashtiriladi?

Mijozning hisobvarag'ida mablag' bo'lmagan taqdirda, to'lov topshiriqnomasi '2-kartoteka' 90963 balans hisobvarag'iga joylashtiriladi.

300

Akkreditiv ochish uchun qaysi buxgalteriya provodkasi beriladi?

 Akkreditiv ochish uchun arizaga asosан: Debet – 20200 (to'lovchining talаb qilib olingunga saqlanadigan depozit hisobvarag'i), Kredit – 22602 (Mijozlarning akkreditivlar bo'yicha depozitlari).

300

Inkasso topshiriqnomasi qog'oz shaklda necha nusxada taqdim etiladi?

Qog'oz shaklidagi inkasso topshiriqnomasi mablag'larni oluvchi yoki to'lovchining bankiga uch nusxada taqdim qilinadi.

300

Akkreditivning qanday turlari mavjud?

Akkreditiv qoplangan (deponentlangan) va qopланmagan akkreditiv turlariga bo'linadi. Bundan tashqari, ular chaqirib olinadigan va chaqirib olinmaydigan shaklda bo'lishi mumkin.

300

Bank kartalari bo'yicha 4 ta asosiy hisobvaraq ichida qaysi kod pensionerlarniki?

22617 — Pensionerlarning bank kartalari bo'yicha majburiyatlar hisobvarag'i.

400

Aktseptsiz to'lov amalga oshirilganda, to'lov talabnomasining old qismiga qanday yozuv kiritiladi?

Mablag'larni to'lovchining banki aktseptsiz to'lov talabnomalari asosida mablag'larni hisobdan chiqarganda, to'lov talabnomasining old qismining yuqori o'ng burchagiga 'Aktseptsiz' degan yozuv kiritadi.

400

Xo'jalik yurituvchi subyektning 2-son kartotekasi paydo bo'lganda, kechiktirib bo'lmaydigan ehtiyojlar uchun to'lovlar o'tgan oy tushumining necha foizigacha amalga oshirilishi mumkin?

Kechiktirib bo'lmaydigan ehtiyojlar uchun to'lovlar o'tgan oy davomida asosiy hisobvarag'iga kelиb tushgan jami tushumlarning 5 foizi miqdoriga qadar amalga oshiriladi (maxsus ob'ektlar uchun 6 foiz).

400

Chaqirib olinmaydigan akkreditiv qachon o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin?

Chaqirib olinmaydigan akkreditiv mablag'larni oluvchining roziligisiz o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.  

400

Aktseptli to'lov talabnomasini aktseptlash uchun kengaytirilgan muddat (mijozning arizasiga ko'ra) necha kun?

Mablag'larni to'lovchining arizasiga asosan aktseptli to'lov talabnomalari ular topshirilgan kundan keyingi kundan boshlab o'n operatsiya kuni ichida aktseptlanishi mumkin.  

400

To'lov talabnomasini tuzish uchun qanday hujjat bankka taqdim etiladi?

To'lov talabnoması mablag'larni oluvchi tomonidan ikki nusxada tuzilgan Reestr bilan birga unga xizmat ko'rsatuvchi bankka taqdim qilinadi.

500

Xo'jalik yurituvchi subyektning mablag'lari yetarli bo'lmaganda 1-navbat to'lovlari qanday tartibda amalga oshiriladi?

Birinchi navbatda mablag'lar mutanosib ravishda byudjetga to'lovlar, davlat maqsadli jamg'armalarga to'lovlar hamda ish haqi to'lash uchun pul mablag'lari berilishini nazarda tutuvchi hujjatlar bo'yicha taqsimlanadi.

500

Misolda jami qarz 9350 ming so'm, hisobvaraqdagi mablag' 5000 ming so'm bo'lsa, mablag'larni taqsimlash nisbati qancha?

5000 × 100 / 9350 = 53,476%. Ushbu nisbat har bir majburiyat uchun mablag'larni mutanosib taqsimlashda qo'llaniladi.

500

Plastik kartochkalar orqali amalga oshiriladigan hisob-kitoblar uchun qaysi hisobvaraq yuridik shaxslarning korporativ plastik kartalarini ifodalaydi?

90404 — Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yuridik shaxslarning korporativ plastik kartalari hisobvarag'i.

500

Akkreditiv bo'yicha to'lov amalga oshirilganda (ijrochi bankda) qaysi buxgalteriya provodkasi beriladi?

Mablag'larni oluvchi barcha shartlarni bajarganida: Debet – 22602 (Mijozlarning akkreditivlar bo'yicha depozitlari), Kredit – 20200 (Mablag'lar oluvchining talаb qilib olingunga saqlanadigan depozit hisobvarag'i).

500

Xo'jalik yurituvchi subyektning milliy valyutadagi hisobvaraqlari yetarli bo'lmasa, bank qanday harakat qiladi?

Xizmat ko'rsatuvchi bank soliq organlarining topshirig'iga asosan mablag' yurituvchi subyektning chet el valyutasidagi hisobvarag'idagi mablag'ning yetarli qismini keyingi ish kunidan kechiktirmay belgilangan kursda sotadi.