Narx nima?
Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o‘zlarining namoyon bo‘lishini narxda topadi.
Dotatsion narxlar nima?
Davlat byudjeti hisobidan arzonlashtirilgan narxlar.
Bozor narxi qachon muvozanatli bo‘ladi?
Talab va taklif teng bo‘lganda.
Marshall narxni qanday tushuntiradi?
Narxni ishlab chiqarish xarajatlari, so‘nggi naflilik va talab-taklif nisbatining puldagi ifodasi deb qaraydi.
Narxning iqtisodiyotni tartibga solish vazifasi nimada?
Narx o‘zgarishi orqali ishlab chiqaruvchilar faoliyatini yo‘naltiradi.
Klassiklar va marjinalistlar narxni qanday izohlaydi?
Klassiklar narx asosini qiymat bilan, marjinalistlar esa so‘nggi qo‘shilgan naflilik bilan bog‘laydi.
Narx diskriminasiyasi?
Narxni kamayish deb ham atalib,u narxlardagi farq ishlab chiqarish xarajatlaridagi farqlardan kelib chiqmaganda ro'y beradi?
Narx pariteti?
Narxni nisbati deb ham atalib,u o'zaro bog'liq bo'lgan va bir birini yuzaga chiqaradigan narxlarni bildiradi
Narx dipazoni?
Turli narxlar oralig'ining puldagi ifodasi
Oligopoliyada nega narxlar tez-tez o‘zgarmaydi?
Firmalar bir-birining harakatini kuzatib, ehtiyotkorlik bilan qaror qabul qiladi.
Narxlarni tez erkinlashtirish nega xavfli?
Narxlar keskin oshib, aholining real daromadi kamayadi.
“Narxlar qaychisi” qaysi tarmoqlarga xos?
Qayta ishlovchi va undirma sanoat tarmoqlariga.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx qaysi vazifalarni bajaradi?(Asosiy 7)
1.Qiymatni o'lchash.
2.Hisob-kitobni amalga oshirish
3.Muvozonatni ta'minlash
4.Tartibga solish
5.Taqsimlash
6.Raqobat vositasi
7.Ijtimoiy himoya
Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra narxlar qaysi turlarga ajratiladi?(Asosiy 7)
1.Ulgurji narxlar
2.Chakana narxlar
3.Xarid narxlar
4.Dotatsion narxlar
5.Demping narxlar
6.Nufuzli narxlar
7.Ta'riflar
1)''Tartibga solinish darajasiga'' ko'ra hamda 2)''Amal qilish doirasiga'' (bozor ko'lami) ko'ra narxlar qanday turlarga ajraladi
'Tartibga solinish darajasiga'' ko'ra:
1.Qa'tiy belgilangan
2.Erkin narxlar
3.Tartibga solinadigan
4.Shartnoma
''Amal qilish doirasiga'' (bozor ko'lami) ko'ra:
1.Hududiy
2.Milliy
3.Jahon