"Bandlikning ortishi milliy daromad o‘sishiga olib keladi va u iste’molni belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi" - bu fikr yalpi talab va yalpi taklif modellarining qaysi biriga tegishli?
Keynscha model
... – bu isteʼmolchilar maʼlum davr mobaynida turli narxlarda sotib olishga tayyor va qodir boʻlgan tovar miqdoridir
Talab
... – bu ishlab chiqaruvchilar taqdim etishga tayyor boʻlgan tovar yoki xizmat
Taklif
Unumdorlik nima?
Unumdorlik milliy ishlab chiqarish real hajmining iqtisodiy harajatlar birligiga to‘g‘ri keladigan miqdoridir.
Yalpi taklif xajmiga ta’sir kursatuvchi omillar qaysilar?
Yalpi taklif xajmiga ta’sir kursatuvchi omillar:
Narx darajasi
Resurslar narxining o‘zgarishi
Yalpi taklif egri chizig‘ida "Tik yoki klassik kesma" nimani ifodalaydi?
Iqtisodiyot to‘liq bandlikka erishganligini bildiradi.
Yalpi taklif egri chizig‘ida "Oraliq yoki yuqorilab boruvchi kesma" nimani ifodalaydi?
Milliy ishlab chiqarish real hajmining o‘zgarishi narx darajasining o‘zgarishi bilan birga borishini aks ettiradi.
Yalpi taklif egri chizig‘ida "Yotiq yoki Keynscha kesma" nimani ifodalaydi?
Milliy iqtisodiyot krizis yoki turg‘unlik holatida joylashganligini, ishlab chiqarish hajmi o‘zgarganda ham narx darajasi doimiy bo‘lib qolishini ko‘rsatadi.
Yalpi taklif egri chizig‘i nimani ifodalaydi?
Yalpi taklif egri chizig‘i – iqtisodiyotda narxning turli darajasida ishlab chiqaruvchilar tomonidan qay hajmda mahsulot taklif etilishi mumkinligini ko‘rsatadi.
"Pulning harakati va YaMM o‘sishi sur’ati o‘rtasida muqarrar uzviy bog‘liqlik mavjud bo‘ladi: pul massasi ko‘payishi bilan narxlar o‘sishi ro‘y beradi, bu esa ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantiradi" - bu fikr yalpi talab va yalpi taklif modellarining qaysi biriga tegishli?
Muvozanatli monetaristik model
Unumdorlik formulasi ayting
Unumdorlik = Ishlab chiqarish real xajmi / Iqtisodiy harajatlar
Yalpi talab va yalpi taklif modellarini ayting:
Yalpi talab va yalpi taklif modellari:
Klassik model (yondashuv)
Keynscha model (yondashuv)
Muvozanatli monetaristik model
Unumdorlikning o‘sishi va pasayishi yalpi taklifga qanday ta'sir qiladi?
Unumdorlikning o‘sishi yalpi taklifni oshiradi, uning pasayishi, ya’ni harajat birligi hisobiga mahsulot chiqarishning kamayishi yalpi taklifning qisqarishiga olib keladi.
Milliy iqtisodiyotda narxlarning o‘sishi (chet ellardagi narxlarga nisbatan) import va eksportga qanday ta'sir qiladi?
importning ko‘payishi va eksportning qisqarishiga olib keladi
Yalpi talab va yalpi taklif egri chiziqlarining kesishish nuqtasi nimani ifodalaydi?
Yalpi talab va yalpi taklif egri chiziqlarining kesishish nuqtasi iqtisodiyotda mahsulot chiqarishning muvozanatli hajmini va narxning muvozanatli darajasini ko‘rsatadi.
Aholining iste’molchilik sarflardagi o‘zgarishlarga sabab bo'luvchi omillar qaysilar?
Aholining iste’molchilik sarflardagi o‘zgarishlarga sabab bo'luvchi omillar:
aholi jamg‘argan boylik;
iste’molchi turmush faravonligining o‘zgarishi;
iste’molchilik tovarlari narxi va daromadlar darajasi o‘zgarishining kutilishi;
iste’molchi qarzlari darajasi;
aromad va mulk soliqlari darajasi (stavkasi)ning o‘zgarishi.
Yalpi talab hajmiga qaysi omillar ta’sir qiladi?
Yalpi talab hajmiga ta’sir qiluvchi omillar:
Narxlarning umumiy darajasi
Pul taklifi va ularning aylanish tezligi
Yalpi talab egri chizig‘i nimani ifodalaydi?
Yalpi talab egri chizig‘i narxning o‘rtacha darajasi bilan milliy ishlab chiqarishning real hajmi o‘rtasidagi teskari bog‘lanishni ifodalaydi.
Yalpi talab nima?
Yalpi talab – bu barcha iste’molchilar,(uy xo‘ja-liklari, korxonalar davlat va chet elliklar) narxlarning o‘rtacha darajasida sotib olishi mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmini, yoki milliy iqtisodiyotdagi yalpi sarflar miqdorini bildiradi.
Yalpi talabning tarkibiga nimalar kiradi?
Yalpi talabning tarkibiga quyidagilar kiradi:
Uy xo‘jaliklarining iste’mol tovarlari va xizmatlarga sarflari
Korxonalarning investi-sion tovarlarga sarflari
Davlatning iste’molchilik va investision tovarlarga sarflari.
Chet elliklarning eksport tovarlarga sarflari (sof eksport)
Investision sarflardagi o‘zgarishlarga sabab bo'luvchi omillar qaysilar?
Investision sarflardagi o‘zgarishlarga sabab bo'luvchi omillar:
foiz stavkalari;
investisiyalardan kutiladigan foyda;
korxonadan olinadigan soliqlar;
texnologiya.
Narxlarning mavjud darajasida, milliy mahsulotda davlat xaridining ko‘payishi qayday o'zgarishga olib keladi?
yalpi talabning o‘sishiga olib keladi
Davlat sarflarining kamayishi qayday o'zgarishga olib keladi?
yalpi talabning qisqarishiga olib keladi
Yalpi taklif nima?
Yalpi taklif – bu mamlakatda narxlarning turli darajasidagi ishlab chiqarishning real hajmi, boshqacha aytganda iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlarning umumiy miqdori(qiymat ifodasidagi)dir.
Yalpi taklif egri chizig‘ida uchta kesmani ajratib tahlil qilish mumkin. Bu chiziqlar nomi nima?
Yalpi taklif egri chizig‘ida uchta kesmani ajratib tahlil qilish mumkin:
Yotiq yoki Keynscha kesma;
Oraliq yoki yuqorilab boruvchi kesma;
Tik yoki klassik kesma.