1
2
3
4
5
100

Oltin O‘rda qaysi ulus hududida tashkil topgan?

Jo‘ji ulusi hududida.

100

Davlatni boshqargan oliy hukmdor qanday unvon bilan atalgan?

Xon.

100

Oltin O‘rdaning birinchi poytaxti qaysi shahar edi?

Saroy Botu.

100

Oltin O‘rdaning ilk davrlarida Mo‘g‘ullar imperiyasi markazi qaysi shahar edi?

Qoraqurum.

100

Oltin O‘rdada islom dinini davlat dini deb e’lon qilgan xon kim?

O‘zbekxon.

200

Oltin O‘rda davlatiga kim asos solgan?

Botuxon.

200

Xonni saylash masalasi qaysi yig‘inda hal etilgan?

Qurultoy.

200

"Suyurg‘ol" so‘zi mo‘g‘ulchada qanday ma’noni anglatadi?

In’om, sovg‘a.

200

Rus knyazlari Oltin O‘rdaga qaram bo‘lib, nima to‘lab turishgan?

Soliq (o‘lpon).

200

To‘xtamishxon 1380-1395 yillarda kimning yordami bilan taxtga chiqdi?

Amir Temur yordami bilan.

300

"O‘rda" so‘zi qanday ma’noni anglatadi?

Qarorgoh, chodir.

300

Ijro hokimiyati boshlig‘i va davlat ishlarini yurituvchi shaxs qanday atalgan?

Beklarbegi.

300

Oltin O‘rdaning iqtisodiy rivojlanishi asosini nima tashkil etgan?

Soliqlar va xalqaro savdo.

300

Oltin O‘rda hududi orqali qaysi buyuk savdo yo‘lining tarmog‘i o‘tgan?

Buyuk Ipak yo‘li.

300

Oltin O‘rda qaysi yilda va qaysi xon tomonidan butunlay mag‘lub etilib, parchalanib ketdi?

1502-yilda, Qrim xoni Mengli Garay tomonidan. 

400

Botuxon 1237-1242 yillarda qaysi hududlarga juda katta istilolarni amalga oshirdi?

Rus va Sharqiy Yevropa (Polsha, Serbiya, Bolgariya, Vengriya).

400

Qo‘shinning asosiy kuchi nima edi va u qanday ta’riflangan?

Otliqlar; "yurishda yengil, zarbada og‘ir".

400

Berka xon davrida poytaxt Volga daryosining chap sohilidagi qaysi shaharga ko‘chirildi?

Yangi Saroy (Saroy Berka).

400

Qaysi hukmdor davrida Oltin O‘rda Mo‘g‘ullar imperiyasidan rasman mustaqil bo‘ldi?

Mangu Temur (1266-1282).

400

Oltin O‘rda parchalanib ketgach, uning o‘rnida vujudga kelgan eng yirik xonliklardan 3 tasini ayting.

Astraxan, Qozon, Qozoq, Qrim, Sibir xonliklari va No‘g‘ay O‘rdasi.

500

Oltin O‘rda davlati rus va sharq manbalarida qanday nomlangan?

Rus manbalarida "Oltin O‘rda", sharq manbalarida "Jo‘ji ulusi".

500

Harbiy qudrat eng yuqori cho‘qqisiga chiqqanda (O‘zbekxon davrida) qo‘shin soni qanchaga yetgan?

300 ming jangchidan oshgan.

500

Ibn Battuta ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekxonning taxti nima bilan qoplangan edi?

Oltin bilan.

500

Oltin O‘rda Kavkazorti hududlari uchun qaysi davlat bilan raqobatlashgan?

Erondagi Hulokuylar davlati bilan.

500

Rus yerlarida mo‘g‘ullar hukmronligi qachon va qaysi voqea bilan yakun topdi?

1480-yilda, Ivan III ning bo‘ysundirishga bo‘lgan urinishi muvaffaqiyatsiz tugagach.