OT
SIFAT
SON
FE'L
100

Ot so'z turkumining so'roqlarini ayting

Kim?, nima? , qayer?

100

Sifat so'z turkumi qoidasini ayting .

Shaxs va narslarning belgilarini qanday aytilgan? qanaqa? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar sifat deyiladi.

100

Son deb nimaga aytiladi? 

Shaxs va narsalarning sanog'ini bildirib nechta? , qancha? so'roqlariga javob bo'lgan sozlar son deyiladi.

100

Fe'l deb nimaga aytiladi?

Shaxs va narsalarning harakatini bildirib nima qildi?, nima qiladi?, nima qilyapti? so'roqlariga javob bo'gan so'zlar fe'l deyiladi

200

Otlarning ko'plik shakli bormi? Qanday yasaladi

Ha bor . Ko'plik shakli -lar qo'shimchasi bilan yasaladi

200

Sifatlar gapda qaysi so'z turkumiga bog'lanadi? 

 so'z birikma misol keltiring.

Sifat gapda otga bog'lanadi. 

qizil olma

200

Sanoq sonlarga -inchi qo'shimchasi qo'shilib qanday son hosil bo'ladi?

Tartib sonlar

200

Yaqin ma'noli fe'llarga misol keltiring.

ishladi, mehnat qildi, ter to'kdi.

300

Ot so'z turkumi qaysi so'z turkumiga bog'lanadi?

Fe'l so'z turkumiga

300

Sifatlarning ma'no turlarini sanang

Rang, maza, hajm, shakl  va  xil-xususiyat 

300

Tartib son deb nimaga aytiladi?

Narsalarning ketma-ket tartibini bildirgan sonlar tartib son deyiladi.

300

Meva sabzavotlar inson uchun juda muhim ozuqa ... 

Nuqtalar o'rniga kerakli fe'lni toping,

hisoblanadi.

400

Shaxs ma'nosini bildirgan ot yasovchi qo'shimchalarni sanang 

-chi,  -kor , -dosh

400

Sifat yasovchi qo'shimchalarni sanang 

-li , -siz, -dor ,be-, ser- ba- 

400

XXIV ushbu rim raqamini arab raqamiga aylantiring

24

400

Fe'l so'z turkumi gapda qanday vazifani bajaradi va tagiga qanday chiziq chiziladi.

Fe'l gapda bosh bo'lak ya'ni kesim vazifasini bajaradi va tagiga ikki to'g'ri chiziq chiziladi.

500

Olar gapda qaysi bo'lak bo'lib keladi va tagiga qanday chiziq chiziladi? 

Gapda bosh bo'lak ya'ni ega bo'lib keladi, tagiga to'g'ri chiziq chiziladi.

500

Sifatlar qanday yoziladi? 

3 xil yoziladi: 1.Chiziqcha bilan  2.Qo'shib  3.Ajratib

500

Sonlar yozuvda necha xil ifodalanadi.

3 xil ifodalanadi. 1.Harfiy ifoda  2.Arab raqamlari 3.Rim raqamlari

500

Bo'lishli va bo'lishsiz fe'llar haqida ma'lumot bering

Harakatni bajarilganini bildirgan  fe'llar bo'lishli fe'llar, harakatni bajarilmaganini bildirgan fe'llar bo'lishsiz fe'l deyiladi.  Bo'lishli fe'lga  -ma qo'shimchasini qo'shish bilan bo'lishsiz fe'l hosil qilinadi.