Turdosh otlar nechiga bo‘linadi?
Aniq va mavhum
Ravish tuzilishiga ko‘ra necha turga bo‘linadi?
To‘rt turga
Qo‘shma ravishlar qanday tuziladi?
Ikki so‘z asosining birikishi orqali
Umumiy o’rta ta’lim necha bosqichda amalga oshiriladi?
Ikki bosqichda
Maqol janriga xos xususiyatlarni sanab bering.
Fikr aniq, xulosa tugal, ifoda lo‘nda bo‘ladi
Birinchi marta chinakam milliy asoslardagi maktab adabiyot dasturi qachon tuzilgan?
1991-yil
O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va uning qo’llanishiga oid asosiy talablar O’zbekiston Respublikasi asosiy Qonuning qaysi moddasida o’z ifodasini topgan?
75-moddasida
"O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir" jumlasi Konstitutsiyaning nechanchi moddasida berilgan
4-moddasida
"Optimallashtirish" so’zining lug’aviy ma’nosi nima?
eng yaxshi, eng qulay
Sillabik she’r tizimi nimaga asoslanadi?
bo‘g‘inlar miqdoriga
Lirik turga oid janrlar.....?
G’azal, ballada, qasida, masnaviy.
Inversiya bu ...?
Gap bo‘laklari tartibining o`zgarishi
Drama necha elementdan tashkil topadi?
4 elementdan: syujet, kompozitsiya, so‘z va harakat
Badiiy asar tahlilini undan kuzatilgan maqsadiga ko’ra necha turga bo’linadi?
Ikki turga: filologik, didaktik.
Filologik (ilmiy) tahlil deb nimaga aytiladi?
Adabiy asarning mantig’i va estetik xosligini anglashga yo’naltirilgan kuchli hissiy-intellektual faoliyatdir.
Chinor romani (Asqad Muxtor) qahramonlari to’g’ri berilgan javobni toping?
Ochil buva, Azimjon, Akbarali, Bektemir.
Sillabo-tonik she’r tizimi deb nimaga aytiladi?
Urg’uli, urg’usiz bo’g’inlarning ma’lum tartibda kelishiga asoslanadi.
Uyg’ur yozuvida bitilgan va bizgacha yozma tarzda etib kelgan qadimiy afsona bu...?
“O‘g‘uznoma”
Tasavvufning to’rt bosqichini tartibi bilan keltiring.
Shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat
Klassik she’riyatda “soqiy” obrazi asosan nimani anglatadi?
Piri murshid yoki Muhammad Payg‘ambarni