Yusuf Xos Hojib
Ahmad Yugnakiy
Ahmad Yassaviy
Pahlavon Mahmud
Alisher Navoiy
100

Yusuf Xos Hojib "Qutadg'u bilig " asarini qachon va qancha vaqt davomida yozgan?

1069-1070 yillar , 18 oy davomida 

100

Ahmad Yugnakiy nechinchi asrlarda yashagan?

XII asr oxiri - XIII asrning birinchi yarmi 

100

Ahmad Yassaviy kimdan tahsil oladi?

Yusuf Hamadoniy 

100

Pahlavon Mahmud sharqda qanday taxallus bilan tanilgan?

Puryoyvaliy

100

Alisher Navoiyni turk dunyosi nima deb ulug'laydi ?

"Shamsul millat " deb

200

Yusuf Xos Hojib tug'ilgan Quz O'rdu shahrini arg'un lahchasida Quz ulus , o'g'uz lahchasida esa Quz O'rdu deb  yuritilishi haqidagi ma'lumot qaysi asarda yozib o'tilgan ?

Mahmud Koshg'ariy "Devoni lug'ot at-turk"

200

Yugnak shahrining qadimiy nomi ?

Sig'noq 

200

Kim o'z asarida Ahmad Yassaviyni " Turkiston mulkining shayx ul - mashoyixidur " deb ta'riflaydi?

Alisher Navoiy  "Nasoyim ul-Muhabbat"asarida 

200

Pahlavon Mahmud qachon va qayerda tug'ilgan?

1247-yilda Xiva yaqinidagi po'stindo'z oilasida

200

Alisher Navoiy kimdan aruz bo'yicha ta'lim olgan ?

Darvesh Mansurdan

300

"Qutadg'u bilig" asarining Vena nusxasi qachon va qayerda ko'chirilgan?

Milodiy 1439-yil Hirotda , uyg'ur yozuvi bilan ko'chirilgan 

300

"Hibat ul-haqoyiq " asarining ikkinchi bo'limi nima haqida ?

Tilni tiyish va odob-axloq haqida 

300

Kim Ahmad Yassaviy  dafn etilgan joyga muhtasham maqbara qurdirgan?

Amir Temur 

300

Pahlavon Mahmud fors tilida yozgan masnaviy va ko'plab ruboiylar , so'fiyona g'oyalarni bayon etgan asarini nomi ?

"Kanz ul-haqoyiq"

300

Alisher Navoiy qurdirgan madrasalar nomini ayting.

Ixlosiya , Nizomiya , Xusraviya 

400

Yusuf Xos Hojib o'z asarlarida tilni nima deb ataydi va ilmni nimaga qiyoslaydi ?

Tilni "bilim va aql-idrok tarjimoni" deb ataydi , ilmni insonlar yo'lini yorituvchi mash'alga qiyoslaydi .

400

Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyiq" asarini ko'chirtirgan hukmdor kim ?

Arslon Xo'ja Tarxon

400

Ahmad Yassaviy hikmatlarida nimalar qoralangan ?

Jaholat va nodonlik

400

Pahlavon Mahmud dafn etilgan joyni kim ziyoratgohga aylantirgan ?

Muhammad Rahimxon II (Feruz)

400

Alisher Navoiyning Abdurahmon Jomiyga bag'ishlangan  asarining nomi.

"Xamsat ul-mutahayyirin"

500

"Qutadg'u bilig" asaridagi yetakchi qahramonlarni sanang va ular nimalarni ramzi hisoblangan ?

Kuntug'di (adolat ramzi ), Oyto'ldi ( baxt va davlat ramzi), O'g'dulmish ( aql va zakovat ramzi), O'zg'urmish ( qanoat, sog'lomlik ramzi )

500

Asarda "Bir kishida ikki narsa bo'lsa , u kishiga muruvvat yo'li yopiladi " deyilgan . Bu ikki narsa nima?

1.Behuda so'zlar bilan vaysasa 

2. So'zlar yolg'on bo'lsa

500

Ahmad Yassaviy she'rlarida uchraydigan xalq og'zaki ijodi bilan bog'liq holda yuzaga kelgan timsollarni sanang?

O'q ,yo'l , rabot , karvon

500

"Puryoyvaliy" taxallusi haqidagi fikrlar qaysi asarda bayon etilgan?

"G'iyos ul-lug'atda"

500

Alisher Navoiy g'azalnavislikda kimlarni ustoz deb bilgan?

Xusrav Dehlaviy , Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy