ZAKOVAT
KINO
TARIX
ADABIYOT
BILASIZMI?
100

Bir mashhur rassom o‘z asarida osmonni, yulduzlarni va kichik qishloqni tasvirlagan. Qizig‘i, u bu asarni ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan paytida yaratgan. Bu mashhur asarning nomini ayting.

(The Starry Night), Vinsent van Gog.

100

The Lion King filmida Simbaning otasi kim?

Musafa

100

1919-yilda Germaniya va Birinchi jahon urushida g‘olib bo‘lgan davlatlar o‘rtasida imzolangan tinchlik shartnomasining nomi nima?

Versal shartnomasi

100

“Kichkina shahzoda” o’z sayyorasida qaysi gulni parvarish qiladi?

Atirgul

100

Qaysi davlatda dunyodagi eng kichik mustaqil davlat joylashgan?

Italiya davlatida

200

Bir davlatning bayrog‘ida ajdarho tasvirlangan. Bu ajdarho shunchaki afsonaviy mavjudot emas, balki mamlakat madaniyatida baxt, farovonlik va himoya ramzi hisoblanadi. Bu qaysi davlat?

Butan

200

The Godfather filmida Michal Corleone rolini kim ijro etgan?

Al Pacino

200

1324-yilda Makkaga haj safariga borib, yo‘li davomida shunchalik ko‘p oltin tarqatganki, ayrim hududlarda oltinning qiymatiga ta’sir ko‘rsatgan Mali imperatori kim edi?

Mansa Muso.

200

Graf Monte-Kristo romanida bosh qahramonning asl ismi nima?

Edmont Dantes

200

Perudagi mashhur inklar shahri qanday nomlanadi?

Machu Pikchu

300

Bir mamlakat nomi «past yerlar» ma’nosini anglatadi. Mamlakat hududining katta qismi dengiz sathiga yaqin yoki undan pastda joylashgan. Bu qaysi mamlakat?

Niderlandiya

300

Doctor Strange filmida bosh qahramon oldin qaysi kasb egasi bo’lgan?

Nevro jarroh

300

1571-yilda Usmonli imperiyasi va Muqaddas Liga floti o‘rtasida bo‘lib o‘tgan, Usmonli dengiz kuchlariga jiddiy zarba berilgan mashhur dengiz jangi qanday nomlanadi?

Lepanto jangi.

300

Raskolnikov ismli talaba jinoyat sodir etadigan mashhur roman muallifi kim?

Dostoyevskiy

300

Meksikada joylashgan, mayyalar sivilizatsiyasiga tegishli mashhur qadimiy shahar qanday nomlanadi?

Chichen-Ica

400

RB Leypzig jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann 1987-yilda tug‘ilgan. Shu sababdan klubdagi Nagelsmanndan biroz kichik aksariyat futbolchilar uni SHUNDAY deb atashadi. Boshqa bir SHUNDAY esa kapitalizm va totalitarizmni  yoqtirmaganini yaxshi bilamiz. 

Diqqat savol: SHUNDAY o‘rnidagi javobni ikki so‘zda ayting? 

Javob: Katta og‘a 

Izoh: "1984" asarida Katta og‘a laqabli mustabid AQSH kapitalizimi hamda  SSSR totalitarizmini fosh qilgani aytiladi. Nagelsmannni ham yoshi birozgina katta bo‘lgani uchun ayrim futbolchilar "Katta og‘a" deb chaqirishgan.

400

Tush ichidagi tush nazariyasi qaysi filmda namoyon bo’lgan?

Inception (Muqaddima) 

400

1868-yilda Yaponiyada syogunat boshqaruvining tugashi va imperator hokimiyatining tiklanishi bilan bog‘liq siyosiy o‘zgarish qanday ataladi?

Meydzi restavratsiyasi

400

Kapitan Axab ulkan oq kitni ovlashga intiladigan mashhur romanning nomi nima?

Mobi Dik

400

Dunyodagi eng uzun davlat qaysi?

Chili

500

Britaniyalik olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, soʻngi besh yil ichida  ovqatlanish ratsionida spirtli ichimliklar va keraksiz oziq-ovqatlar koʻpayganligi tufayli ayollardagi oʻrtacha IKS miqdori bittaga koʻpaygani aniqlandi. Amerikaliklar esa Ozodlik haykalidagi IKS 879 ga teng deb hisoblashadi.

Savol: IKSni ayting? 

Oyoq o'lchami

500

2023-yilda suratga olingan atom bombasi yaratilishi haqidagi film rejissiyori kim?

Chritopher Nolan

500

XV asr oxiri — XVI asr boshlarida Ispaniyada musulmonlarga xristianlikni qabul qilish yoki mamlakatni tark etish talabi qo‘yildi. Xristianlikni qabul qilgan musulmonlar tarixda qanday nom bilan atalgan?

Moriskolar.

500

Aleksandr Dyumaning Uch mushketyor romanida mushketyorlar bilan birga sarguzashtlarga kirishadigan yosh gaskoniyalik qahramon kim?

D’Artanyan

500

Dunyodagi eng katta orol qaysi?

Grenlandiya