Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasi
Aholi turmush darajasini oshirish
Harakatlar strategiyasi va yangi islohotlar
Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy siyosat
Korrupsiyaga qarshi kurash
100

Savol: Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning asosiy tamoyili sifatida qanday model tanlangan?

Javob: Kuchli ijtimoiy siyosat modeli

100

Savol: Mustaqillikdan keyin ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda qanday asosiy yo‘nalishlar belgilangan?

Javob: Aholi daromadlarini oshirish, ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish va ijtimoiy himoyani kuchaytirish.

100

Savol: 2017–2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan strategik hujjat qanday nomlanadi?

Javob: Harakatlar strategiyasi.

100

Savol: 2023-yilda qabul qilingan yangi Konstitutsiyada O‘zbekiston qanday davlat sifatida belgilangan?

Javob: Ijtimoiy davlat.

100

Savol: O‘zbekistonda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun qachon qabul qilingan?

Javob: 2017-yil 3-yanvar.

200

Savol: O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning asosiy maqsadi qanday ikki yo‘nalishni qamrab oladi?

Javob: Aholining turmush darajasini oshirish va ijtimoiy himoyani ta’minlash.

200

Savol: O‘zbekiston ijtimoiy siyosatida muhtoj qatlamlarga yordam berishda qanday tizim qo‘llanilgan?

Javob: Manzilli ijtimoiy yordam tizimi.

200

Savol: Harakatlar strategiyasining qaysi ustuvor yo‘nalishi ijtimoiy sohani rivojlantirishga bag‘ishlangan?

Javob: To‘rtinchi ustuvor yo‘nalish.

200

Savol: 2023-yilda ijtimoiy himoya tizimini isloh qilish maqsadida qaysi yangi davlat organi tashkil etilgan?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi.

200

Savol: “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun nechta moddadan iborat?

Javob: 34 moddadan.

300

Savol: O‘zbekiston modelining besh tamoyilidan biri sifatida kuchli ijtimoiy siyosat qaysi asarda nazariy jihatdan asoslab berilgan?

Javob: I. Karimovning “O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” asarida.

300

Savol: 2017-yilda O‘zbekistonda eng kam oylik ish haqi miqdori qancha bo‘lgan? 

Javob: 172 240 so‘m.

300

Savol: Harakatlar strategiyasi doirasida tibbiyot oliy ta’lim muassasalari soni qanday o‘zgargan?

Javob: 7 tadan 9 tagacha ko‘paygan.

300

Savol: Ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishda qanday uch bosqichli tizim joriy etilgan?

Javob:

  1. Inson markazi

  2. Sektor rahbari

  3. Tuman hokimi

300

Savol: Korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy prinsiplari qaysilar?

Javob:

  • qonuniylik

  • ochiqlik va shaffoflik

  • tizimlilik

  • davlat va fuqarolik jamiyati hamkorligi

  • javobgarlikning muqarrarligi

400

Savol: O‘zbek modelida kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda davlat budjetining asosiy yo‘nalishi nimaga qaratilgan?

Javob: Ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan xarajatlarni ustuvor ravishda moliyalashtirishga.

400

Savol: 2010–2017 yillar oralig‘ida aholi daromadlari tarkibida ish haqining ulushi qanday o‘zgargan?

Javob: 45 % dan 34,3 % gacha kamaygan.

400

Savol: Harakatlar strategiyasi davrida oliy ta’lim yo‘nalishlari soni qanday o‘zgargan?

Javob: 41 tadan 51 tagacha ko‘paygan.

400

Savol: Nogironlar huquqlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston qaysi xalqaro hujjatga qo‘shilgan?

Javob: Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi BMT Konvensiyasi.

400

Savol: O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda asosiy davlat organlari qaysilar?

Javob:

  • Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi

  • Bosh prokuratura

  • Davlat xavfsizlik xizmati

  • Ichki ishlar vazirligi

  • Adliya vazirligi

500

Savol: O‘tish davrida kuchli ijtimoiy siyosat olib borilmagan taqdirda jamiyatda qanday iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlar yuzaga kelishi mumkinligi ma’ruzada ta’kidlangan?

Javob: Aholining kambag‘allashuvi, ijtimoiy tabaqalanishning keskin kuchayishi va ijtimoiy barqarorlikning buzilishi.

500

Savol: Mustaqillik davrida ijtimoiy himoya tizimida qanday muhim tamoyil shakllangan?

Javob: Aholining muhtoj qatlamlariga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy yordam berish tamoyili.

500

Savol: O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimida qaysi ilmiy darajalar tizimi joriy etilgan?

Javob: Doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) tizimi.

500

Savol: Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini raqamlashtirish va samaradorligini oshirish uchun qanday yondashuv joriy etilgan?

Javob: Bosqichma-bosqich ijtimoiy xizmatlarni elektron tizim orqali ko‘rsatish.

500

Savol: O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qaysi muhim Farmon 2020-yilda qabul qilingan?

Javob: "Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-6013-sonli Farmon (2020-yil 29-iyun).