A
B
C
D
E
100

Soliq nima va u davlat budjetiga nima maqsadda yig`iladi???

Soliq-bu yuridik va jismoniy shaxslardan davlat va mahalliy ehtiyojlarni qondirish uchun majburiy tartibda undiriladigan to`lov. U davlat budjetini shakllantirish, ta`lim,tibbiyot,mudofaa va ijtimoiy himoya kabi xarajatlarni moliyalashtirish uchun xizmat qiladi.

100

O`zbekiston Respublikasining amaldagi Soliq kodeksiga ko`ra, mamlakatimizda soliqlar asosan necha guruhga bo`linadi???

Respublika(Umumdavlat soliqlari) soliqlari va mahalliy soliqlar 

100

Jismoniy shaxs tomonidan xususiy ko`chmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromad soliqqa tortilayotganda amalda hisoblangan ijara haqqi shartnomada belgilangan summadan emas, qaysi ko`rsatkichdan kam bo`lmagan miqdorda soliq bazasi sifatida olinadi???

Har yili Davlat budjeti to`g`risidagi qonun bilan belgilanadigan jismoniy shaxslar uchun ijaraga berishning eng kam stavkalari bo`yicha hisoblangan summadan kam bo`lmasligi kerak

100

Fuqaro o`z oylik maoshidan ushlanadigan JSHDS  va xarid qilgan kiyim-kechak yoki oziq ovqat narxi ichida to`laydigan QQS o`rtasidagi tub iqtisodiy farq nima???

JSHDS bevosita soliq bo`lib, bevosita fuqarolarning daromadidan ushlanadi. QQS esa bilvosita soliq bo`lib, tovar narxiga qoshiladi va u mahsulot sotib olinganda to`lanadi.

100

O`zbekiston Respublikasida Soliqlar bo`yicha barcha qoidalar,stavkalar va tartiblarni belgilovchi hamda barcha uchun majburiy bo`lgan asosiy qonun hujjati qanday nomlanadi???

O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi

200

Soliqlar iqtisodiy mohiyatiga ko`ra qaysi turlarga bo`linadi va ularning asosiy farqi nimada???

Bevosita va bilvosita. Farqi shundaki, bevosita soliqlar to`g`ridan-to`gri daromad yoki mulkdan olinadi. Bilvosita soliqlar esa tovar va xizmatlar narxiga qo`shilib, uni yakuniy istemolchi to`laydi. 

200

O`zbekistonda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ining asosiy stavkasi necha foiz qilib belgilangan???

12 foiz

200

Jismoniy shaxs aksiya yoki kapitaldagi ulushini sotganda olingan divident yoki kapitalning o`sishidan olingan daromadlar O`zbekiston rezidentlari ucun umumiy holda necha foizlik soliq stavkasi qo`llaniladi??? 

Dividentlar va foiz ko`rinishidagi daromadlarga 5% miqdorda soliq stavkasi qo`llaniladi

200

Soliq kodeksiga ko`ra jismoniy shaxsning ish haqqidan ushlab qolinadigan JSHDS summasi qaysi organga emas balki qayerga yo`naltiriladi va u kim tomonidan o`tkaziladi???

Soliq summasi sih beruvchi (korxona/bank) tomonidan soliq agenti sifatida hisoblanib, Davlat budjetiga o`tkaziladi

200

Inflyatsiyaning yuqori bo‘lishi qanday natijaga olib kelishi mumkin?

Pulning xarid qobiliyati pasayishiga

300

Mashhur iqtisodchi Adam Smit o`zining "Xalqlarning boyligi" asarida Soliqqa tortishning qaysi 4 ta prinsipini ilgari surgan???

1. Adolatlilik prinsipi

2. Aniqlilik prinsipi

3. Qulaylik prinsipi

4. Arzonlik (Tejamkorlik) prinsipi

300

O`zbekiston Respublikasi Soliq tizimida mahalliy soliqlar jumlasiga qaysi soliq turlari kiradi???

Mulk solig`i va Yer solig`i

300

Tashkilot o`z xodimiga xizmat mashinasi, bepul turar joy berdi yoki xodimning shaxsiy kommunal xarajatlarini to`lab berdi. Bu turdagi daromadlar jismoniy shaxslarning daromadi tarkibida qanday nomlanadi va u soliqqa tortiladimi???

"Moddiy naf tarzidagi daromadlar" deb ataladi va JSHDS 12% boyicha umumiy tartibda soliqqa tortiladi

300

Tijorat banki o`z xodimiga bayram munosabati bilan moddiy yordam va qimmatbaho sovg`a berdi. ushbu sovg`a yoki moddiy yordam jismoniy shaxsning daromadi sifatida soliqqa tortiladimi hamda izoh???

Ha, soliqqa tortiladi. U Soliq kodeksiga "Moddiy naf tarzidagi daromad" yoki "Boshqa daromadlar" deb ataladi va belgilangan meyordan oshgan qismi (yoki umumiy tartibda) 12% stavkada soliqqa tortiladi


300

O`zbekiston hududida joylashgan turar joy binosi yoki avtomobil uchun to`lanadigan mol mulk va yer soliqlari Davlat budjetining qaysi qismiga kelib tushadi???

Mahalliy budjetlarga kelib tushadigan mahalliy soliqlardir

400

Iqtisodiyot nazariyasida soliq stavkalari oshishi bilan budjet tushumlari ma`lum bir nuqtagacha ko`tarilib, so`ngra pasayib ketishini tushuntiruvchi mashhur qonun yoki egri chiziq qanday nomlanadi???

Laffer egri chizig`i. Unga ko`ra soliq stavkasi 100% ga yetkazilsa, iqtisodiy faoliyat to`xtab, budjetga tushadigan tushum 0 ga tushib qoladi.

400

O`zbekistonda kichik biznes subyektlari yoki yuridik shaxslar uchun foyda solig`idan tashqari, tovarlari realizatsiya qilish hajmidan qatiy qatnov asosida to`lanadigan soliq turi qanday nomlanadi va uning bazaviy stavkasi necha foiz???

Aylanmadan olinadigan soliq, uning bazaviy stavkasi- 4%

400

Jismoniy shaxs yil davomida asosiy ish joyidan tashqari qo`shimcha manbaalardan (masalan, mulkni ijaraga berishdan yoki xorijdan) daromad olgan bo`lsa, u qaysi sanadan kechikmay Davlat soliq xizmati organiga Jami yillik daromadlari to`g`risidagi deklaratsiyani topshirishi shart???

Hisobot yilidan keyingi yilning 1-apreliga qadar (Soliqni to`lash esa 1-iyungacha amalga oshiriladi)

400
Nima uchun davlat tamaki, spirtli ichimliklar yoki ma`lum turdagi qimmatvaho avtomobillarga yuqori stavkadagi aksiz solig`i joriy etadi? Buning iqtisodiy va ijtimoiy sababi nimada???

Aksiz solig`i nafaqat budjet tushumini oshirish, balki jamiyat uchun zararli bo`lgan tovarlar iste`molini cheklash hamda hashamatli buyumlarga qo`shimcha soliq solish orqali ijtimoiy adolatni ta`minlash uchun qo`llaniladi

400

Fuqaro o`ziga tegishli yengil avtomobilini xarid qilganidan 3 oy o`tib sotdi. U ushbu sotuvdan daromad solig`i to`laydimi???

Yo`q to`lamaydi. Amaldagi tartibga ko`ra jismoniy shaxslarning shaxsiy avtotransport vositalarini sotishdan olgan daromadlari (mulkni egalik qilish muddatidan qatiy nazar) JSHDS dan ozod qilingan (agar bu tijorat/tadbirkorlik faoliyati deb topilmasa). 

500

Soliq yukining oshishi iqtisodiy agentlarning rag`batini pasaytirib, yashirin iqtisodiyotni yuzaga keltirishi, shuningdek soliq to`lovchilar o`z daromadlarini qonuniy va qonunga xilof ravishda soliqdan qochirishga urinishini anglatuvchi tushuncha qanday ataladi???

Soliq yukining og`irlik effekti

500

O`zbekiston Respublikasining amaldagi Soliq kodeksiga binoan, bir nechta o`zaro bog`liq tashkilotlar o`z soliq majburiyatlarini yagona guruh sifatida birlashtirib bajarishga ruxsat beruvchi maxsus institut qanday ataladi???

Soliq to`lovchilarning konsolidatsiyalashgan

500

Soliq kodeksiga ko`ra Jismoniy shaxs O`zbekistonda doimiy yashash joyiga ega bo`lmasa ham, ketma ket keladigan istalgan 12 oylik davrda 183 kundan kam vaqt bo`lsada qaysi maxsus mezon bajarilganda u O`zbekiston Respublikasi Soliq rezidenti deb etirof etilishi mumkin???

Agar uning hayotiy manfaatlar markazi O`zbekistonda joylashgan bo`lsa (ya`ni uning oilasi, doimiy uy-joyi, shuningdek asosiy shaxsiy hamda iqtisdoiy manfaatlari O`zbekiston bilan chambarchas bog`liq bo`lsa

500

Agar bank xodimi chet elda malaka oshirishda bo`lib, u yerda olgan sutkalik va turar joy xarajatlari Soliq kodeksida belgilangan normadan ortiqcha berildi. Ushbu normadan ortiqcha to`langan summa xodim uchun qanday daromad hisoblanadi?

Normadan ortiqcha to`langan xizmat safari xarajatlari xodimning kompensatsiya tarzidagi daromadi hisoblanadi va unga umumiy tartibda 12% JSHDS hisoblanadi

500

Bonus. Toshnazarova Lola Shuxratillayevna dan savol

Bonus