Jinoyat tushunchasi
Ayb shakllari
Tamom bo‘lmagan jinoyat
Ishtirokchilik
Bir nechta jinoyat
100

Jinoyat kodeksida taqiqlangan ijtimoiy xavfli aybli qilmish nima deb ataladi?

Jinoyat

100

Jinoyatda ayb qanday shakllarda bo‘ladi?

Qasd va ehtiyotsizlik.

100

Jinoyat sodir etish uchun vositalar tayyorlash yoki sharoit yaratish qanday bosqich hisoblanadi?

Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish.

100

Jinoyatni bevosita sodir etgan shaxs qanday ataladi?

Bajaruvchi

100

Bir shaxs bir xil jinoyatni ikki yoki undan ortiq marta sodir etsa bu nima deyiladi?

Takroran jinoyat.

200

Jinoyatlar ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?

Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar

Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar

Og‘ir jinoyatlar

O‘ta og‘ir jinoyatlar

200

To‘g‘ri qasd qanday holatda mavjud bo‘ladi?

Shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli ekanligini anglab, uning oqibatlarini oldindan bilib va shu oqibatlarning yuz berishini istab harakat qilganida.

200

Jinoyat boshlanib, lekin oxiriga yetkazilmasa qanday huquqiy tushuncha qo‘llanadi?

Jinoyatga suiqasd.

200

Jinoyat sodir etishga boshqalarni undagan shaxs qanday ataladi?

Dalolatchi.

200

Turli moddalarda nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyat sodir etish qanday ataladi?

Jinoyatlar majmui.

300

Umumiy qoida bo‘yicha shaxs nechchi yoshdan jinoiy javobgarlikka tortiladi?

16 yoshga to‘lgan aqli raso shaxs.

300

Egri qasd qanday holatda yuzaga keladi?

Shaxs oqibat yuz berishini bilib turib, uning yuz berishiga ongli ravishda yo‘l qo‘yganida.

300

Jinoyatdan ixtiyoriy qaytish nima?

Shaxs jinoyatni oxiriga yetkazish imkoniyati bo‘lsa ham o‘z ixtiyori bilan jinoyat sodir etishni to‘xtatishi yoki uning oqibatlarini oldini olishidir.

300

Jinoyat sodir etishga vosita, maslahat yoki boshqa yordam ko‘rsatgan shaxs qanday ataladi?

Yordamchi.

300

Shaxs ilgari qasddan jinoyat sodir etgani uchun sudlanganidan keyin yana qasddan jinoyat sodir etsa bu nima deyiladi?

Retsidiv jinoyat.

400

Jinoyat deb topilishi uchun qilmishda qanday asosiy huquqiy belgilar bo‘lishi kerak?

Ijtimoiy xavflilik

Ayblilik

Qonunga xiloflik

Jazoga sazovorlik

400

O‘z-o‘ziga ishonish orqali ehtiyotsizlik qanday holatda bo‘ladi?

Shaxs ijtimoiy xavfli oqibat yuz berishi mumkinligini oldindan bilib turib, u yuz bermaydi deb asossiz ravishda umid qilganida.

400

Jinoyatga tayyorgarlik uchun javobgarlik qaysi turdagi jinoyatlar uchun belgilanadi?

Og‘ir jinoyatlar va o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun.

400

Jinoyat sodir etishni tashkil qilgan yoki boshqargan shaxs qanday ataladi?

Tashkilotchi

400

Xavfli retsidiv qachon yuzaga keladi?

Shaxs ilgari og‘ir jinoyat sodir etgani uchun sudlanganidan keyin yana og‘ir jinoyat sodir etsa.

500

Agar qilmish ijtimoiy xavfli bo‘lsa, lekin Jinoyat kodeksida nazarda tutilmagan bo‘lsa, u jinoyat hisoblanadimi?

Yo‘q, chunki jinoyat faqat Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.

500

Beparvolik orqali ehtiyotsizlik qanday holatda yuzaga keladi?

Shaxs ijtimoiy xavfli oqibat yuz berishini oldindan ko‘rmagan, lekin zarur ehtiyot choralarini ko‘rishi va uni oldindan ko‘ra olishi kerak bo‘lganida.

500

Jinoyatdan ixtiyoriy qaytgan shaxs qachon jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi?

Agar u jinoyatni oxiriga yetkazishdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan bo‘lsa va ijtimoiy xavfli oqibatlarning yuz berishini oldini olgan bo‘lsa.

500

Jinoyatda ishtirokchilar kimlar hisoblanadi?

Tashkilotchi, bajaruvchi, dalolatchi va yordamchi.

500

O‘ta xavfli retsidiv qachon yuzaga keladi?

Shaxs ilgari o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgani uchun sudlanganidan keyin yana o‘ta og‘ir jinoyat sodir etsa.