1. Qaysi xarajat muhim (relevant) xarajat hisoblanadi?
A) Oldin to‘langan va qaytarib bo‘lmaydigan xarajat
B) Qarorga bog‘liq holda kelajakda yuz beradigan pul chiqimi
C) Moliyaviy hisobotda ko‘rsatilgan amortizatsiya
D) Allaqachon shartnoma bilan majbur qilib qo‘yilgan xarajat
B) Qarorga bog‘liq holda kelajakda yuz beradigan pul chiqimi
CVP tahlili asosan nimani o‘rganadi?
A) Umumiy xarajatlar va foyda o‘rtasidagi bog‘liqlikni
B) Savdo hajmi va foyda o‘rtasidagi bog‘liqlikni
C) Xarajatlar, savdo hajmi va foyda o‘rtasidagi bog‘liqlikni
D) Sotuv narxi va xarajatlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni
Xarajatlar, savdo hajmi va foyda o‘rtasidagi bog‘liqlikni
Cheklovchi omil ( bottleneck) tushunchasiga berilgan eng to‘g‘ri ta’rif
A) Mahsulot tannarxini oshirib yuboradigan asosiy xarajat elementi.
B) Tashkilot faoliyati va sotuv hajmini cheklab qo‘yadigan har qanday resurs yoki omil.
C) Faqatgina ishlab chiqarish jarayonida yetishmaydigan xomashyo turi.
D) Moliyaviy hisobotda ko‘rsatiladigan o‘zgarmas xarajatlar yig‘indisi.
Tashkilot faoliyati va sotuv hajmini cheklab qo‘yadigan har qanday resurs yoki omil.
“Yuqori narx bilan kirish” (price skimming) strategiyasi samarali bo‘lishi uchun quyidagi shartlardan qaysi biri bajarilishi kerak?
A) Mavjud mahsulotning nufuzini oshirish maqsadida uning narxi ataylab ko‘tarilgan holatda.
B) Mahsulotning bozordagi hayotiy sikli (life-cycle) uzoq muddatli bo‘lgan holatda.
C) Mahsulotning bozordagi hayotiy sikli (life-cycle) qisqa muddatli bo‘lgan holatda.
D) Mahsulotni yaratish va ishlab chiqish xarajatlari (development costs) juda past bo‘lgan holatda.
Mahsulotning bozordagi hayotiy sikli (life-cycle) qisqa muddatli bo‘lgan holatda.
"Sotib olish yoki ishlab chiqarish" (Make or Buy) qarorini qabul qilishda, agar korxonada bo‘sh quvvatlar (spare capacity) mavjud bo‘lsa, qaysi xarajatlar tahlil qilinishi kerak?
A) Faqat umumiy o‘zgarmas xarajatlar.
B) Faqat o‘zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlari.
Faqat o‘zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlari.
Quyidagilardan qaysi biri qaror qabul qilishda hisobga olinmasligi kerak?
A) Maxsus buyurtma uchun qo‘shimcha xomashyo xarajati
B) Qaror natijasida ortadigan elektr energiyasi xarajati
C) Ishlab chiqarish uchun qo‘shimcha ishchi haqi
D) Qaror qabul qilinishidan oldin to‘langan tadqiqot xarajati
D) Qaror qabul qilinishidan oldin to‘langan tadqiqot xarajati
Zararsizlik nuqtasi qaysi holatni ifodalaydi?
A) Foyda maksimal bo‘lgan savdo hajmini
B) Jami daromad va jami xarajatlar teng bo‘lgan nuqtani
C) Doimiy xarajatlar qoplanadigan savdo hajmini
D) Davr bo’yicha eng past savdo hajmini
Jami daromad va jami xarajatlar teng bo‘lgan nuqtani
2. Quyidagilardan qaysi biri ko‘pincha cheklovchi omil bo‘lib xizmat qiladi?
A) Amortizatsiya xarajatlari
B) Buxgalteriya siyosati
C) Tarixiy xarajatlar
D) Xomashyo yetishmasligi
Xomashyo yetishmasligi
Narx diskriminatsiyasi strategiyasi samarali bo‘lishi uchun quyidagi shartlardan qaysi biri to‘g‘ri bo‘lishi shart?
A) Har ikkala bozor segmentida mijozlarning xarid qobiliyati o‘xshash bo‘lishi kerak.
B) Tovarlar bozor segmentlari o‘rtasida erkin harakatlana olmasligi kerak.
C) Tovarlar bozor segmentlari o‘rtasida erkin harakatlana olishi kerak.
D) Har bir bozordagi talab egri chiziqlari (demand curves) bir xil bo‘lishi kerak.
Tovarlar bozor segmentlari o‘rtasida erkin harakatlana olmasligi kerak
Mahsulot sifatini nazorat qilish imkoniyatining yo‘qolishi.
3. Korxona bo‘sh turgan ishlab chiqarish quvvatidan foydalanib yangi mahsulot ishlab chiqarmoqchi. Qaysi xarajat muhim (relevant) xarajat hisoblanadi?
Yangi mahsulot uchun qo‘shimcha xomashyo xarajati
Haqiqiy savdoning zararsizlik nuqtasidan oshgan qismi
Cheklovchi omil mavjud bo‘lgan holatda, ishlab chiqarish rejasini tuzishda doimiy xarajatlar qanday rol o‘ynaydi?
Qaror qabul qilishda hisobga olinmaydi
"QuickTranslate" nomli yangi mobil tarjima ilovasi bozorga chiqdi. Bu bozorda allaqachon bir nechta kuchli raqobatchilar mavjud. Ilova yaratuvchisi o‘z mahsulotini bozorda tez tanitish, katta foydalanuvchilar bazasini yig‘ish va shu orqali raqobatchilardan ustunlikka erishishni maqsad qilgan. Ushbu maqsadlarga erishish uchun qaysi narx belgilash strategiyasidan foydalanish eng to‘g‘ri hisoblanadi?
Penetratsiya narxi strategiyasi
O'zida ishlab chiqarish kerak, chunki bu $0.20 tejash imkonini beradi.
"imkoniyatli xarajat" (opportunity cost) tushunchasini eng aniq tavsifi
Muayyan harakat yo‘nalishi tanlanganda, voz kechilgan keyingi eng yaxshi muqobil variantdan olinishi mumkin bo‘lgan naqd pul oqimi.
yalpi foyda (contribution) ning to‘g‘ri ta’rifi nima
Savdo daromadi va o‘zgaruvchan xarajatlar o‘rtasidagi farq
Chiziqli dasturlash (Linear Programming) usuli qachon qo‘llaniladi?
Korxonada ikki yoki undan ortiq resurslar cheklangan bo‘lganda.
"KinoMax" kinoteatri narx siyosatida quyidagilarni qo‘llaydi:
Kattalar uchun chipta narxi – 3 $.
Maktab o‘quvchilari va talabalar uchun chipta narxi – 2 $
Hafta kunlari kunduzgi seanslar chiptasi kechki seanslarga qaraganda arzonroq.
Bu yondashuv qaysi narx belgilash strategiyasini anglatadi?
Narx diskriminatsiyasi
Foyda har bir dona uchun $1 ga ko'payadi.
Korxona o‘ziga tegishli bo‘lgan bo‘sh binoda yangi ishlab chiqarish loyihasini boshlashni rejalashtirmoqda. Ushbu binoni tashqi ijarachiga oyiga $5,000 evaziga ijaraga berish imkoniyati mavjud. Loyiha tahlilida ushbu $5,000 summasi qanday baholanishi kerak?
Bu summa loyihaning umumiy xarajatlariga "Opportunity cost" (imkoniyatli xarajat) sifatida qo‘shiladi, chunki ijaradan kelishi mumkin bo‘lgan tushum yo‘qotiladi.
A) Savdo narxlari o‘zgaruvchan bo‘lishi
Optimal ishlab chiqarish rejasini tuzishda birinchi navbatda qaysi mahsulot ishlab chiqariladi?
Cheklovchi omil birligiga nisbatan eng yuqori marjinal foyda keltiruvchi mahsulot.
Ko‘p yillar davomida bozorda faoliyat yuritib kelayotgan ikkita yirik avtomobil yonilg‘i shoxobchasi (AYOQSH) deyarli bir xil narx siyosatini olib boradi. Agar bir AYOQSH narxni 0.5 $ ga oshirsa, ikkinchisi ham xuddi shunday qiladi, va aksincha. Bu holatda qaysi narx belgilash strategiyasi qo‘llanilmoqda?
Raqobatga asoslangan narx belgilash
Agar korxona faoliyatini tashqi pudratchiga topshirish (outsourcing) haqida qaror qabul qilayotgan bo‘lsa, quyidagi omillardan qaysi biri qaror qabul qilishda eng muhim moliyaviy omil hisoblanadi?
Tegishli va imkoniyatli xarajatlar