harajatlar tahlili
O‘tmishda sarflangan va qaytarib bo‘lmaydigan xarajat nima?
Sunk cost
Tushum = jami xarajat nuqtasi?
Zararsizlik nuqtasi
Korxona ishlab chiqarishni oshirmoqchi, lekin bitta resurs yetishmasligi sababli hajm oshmayapti. Bu holat qanday iqtisodiy tushuncha bilan izohlanadi?
cheklovchi omil
Mahsulot yoki xizmatning puldagi ifodasi, talab va taklif o‘zaro ta’siri natijasida shakllanadi.
narx
Bozorga past narx bilan kirib, tezda katta mijoz bazasini shakllantirish strategiyasi qanday nomlanadi?
penetratsiya narxi strategiyasi
Hajm oshsa oshadigan xarajat turi?
O‘zgaruvchan xarajat
Zararsizlik nuqtasida foyda qancha?
Nol
Agar bitta resurs cheklangan bo‘lsa, mahsulot tanlashda qaysi ko‘rsatkich asosiy mezon bo‘ladi?
cheklangan resurs birligiga to‘g‘ri keladigan foyda hissasi
Narxning uchta asosiy funksiyasi mavjud: axborot, rag‘batlantiruvchi va yana bir funksiya. Qaysi?
taqsimlovchi funksiya
Mahsulot avval yuqori narxda sotiladi, keyin esa bosqichma-bosqich tushiriladi. Bu qanday strategiya?
skimming
Qarorga ta’sir qiladigan kelajak xarajati nima?
Muhim xarajat
Sotuv kamaymoqda, lekin BEP o‘zgarmadi. Qaysi xarajat o‘zgarmagan?
Doimiy xarajat
Tizim samaradorligini oshirish uchun eng zaif bo‘g‘inni aniqlash va uni kuchaytirish kerakligini ta’kidlovchi nazariya qanday nomlanadi?
Cheklovlar nazariyasi (TOC)
Davlat non narxini maksimal darajada cheklasa va natijada bozorda mahsulot yetishmovchiligi yuzaga kelsa, bu qanday iqtisodiy holat?
tanqislik (defitsit)
Bir xil mahsulot turli mijozlarga turli narxda sotiladi (masalan, talabalar uchun arzonroq). Bu qanday narxlash turi?
narx diskriminatsiyasi
Resurs cheklangan bo‘lsa, mahsulot qaysi mezon asosida tanlanadi?
Foyda hissasi
Narx oshirildi, lekin talab kamaydi. Qaysi ko‘rsatkich xavf ostida?
Xavfsizlik chegarasi
Ishlab chiqarish quvvati yetarli, ammo mahsulotga talab yo‘q. Bu qanday turdagi cheklov hisoblanadi?
bozor cheklovi
Davlat narxni to‘g‘ridan-to‘g‘ri belgilaydi yoki cheklaydi. Bu qanday aralashuv turi?
bevosita aralashuv
Agar mahsulot narxi sun’iy ravishda juda past belgilansa va yashirin savdo paydo bo‘lsa, bu qanday bozor hodisasi?
qora bozor
Yangi loyiha uchun uskuna sotishdan olinadigan sof tushumdan voz kechildi. Bu qanday xarajat?
Imkoniyat xarajati
Narx oshsa, BEP qanday o‘zgaradi?
Kamayadi
Agar tizimda 2 yoki undan ortiq cheklov mavjud bo‘lsa, optimal yechim topish uchun qaysi usul qo‘llaniladi?
Chiziqli dasturlash (Linear Programming)?
Davlat soliqni oshiradi va natijada ishlab chiqarish xarajatlari ortadi. Narxga ta’sir qilishning bu turi qanday ataladi?
bilvosita aralashuv
Narx belgilashda asosiy 3 ta “C” mavjud: Cost (xarajat), Competition (raqobat) va yana biri. Qaysi?
customers (mijozlar)